„Uch boʻtaloq va sirli qovoq“ — qirgʻizistonlik oʻzbek shoiri hamda yozuvchisi Tursunboy Adashboyev qalamiga mansub sheʼrlar va ertaklar toʻplami. Toʻplamga bolalar uchun moʻljallangan sheʼrlar va ertaklar kiritilgan. Toʻplamga, shuningdek, bir necha chet ellik shoir sheʼrlari, jumladan, Korney Chukovskiy, Nodar Dumbadze, Yustinas Marsinkyavichyus, Vladimir Danko, Boris Zaxoder, Jan Brzechwa, Walter de la Mare sheʼrlari hamda xorijiy xalqlarning anʼanaviy sheʼrlari tarjimasi ham kiritilgan.

Toʻplam 1990-yil Toshkent shahrida „Choʻlpon“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplam nashrini Adashboyevning oʻzi moliyalashtirgan. „Uch boʻtaloq va sirli qovoq“ Adashboyev sheʼrlarining eng taniqli toʻplami boʻlib, tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan. Xususan, undan oʻrin olgan sheʼrlarda bolalar dunyoqarashi mohirlik bilan va oʻrinli hazillar bilan ochib berilgani olqishlangan.

Manbalar

Turkum:Sheʼriy kitoblar Turkum:Ertaklar toʻplamlari