„Jonli shlyapa“ () — rus yozuvchisi Nikolay Nosov qalamiga mansub hikoya. Muallif hikoyani 1938-yil yozgan. Asar bir necha tilga, jumladan, oʻzbek tiliga tarjima qilingan, Hikoya asosida film va multfilm suratga olingan.

Hikoyani oʻzbek tiliga Sh. Boʻtayev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1988-yil Toshkent shahrida „Yulduzcha“ nashriyotida chop etilgan.

Syujeti Hikoyada Vaska ismli mushukcha va Vova va Vadik ismli ikki doʻst haqida hikoya qilinadi. Vova va Vadik rasm chizayotib qandaydir shovqin boʻlayotganini eshitadilar. Tepada turgan shlyapa qulab tushadi. Ikki doʻst shlyapaga yaqinlashmoqchi boʻlishsa, u harakatga keladi.

Bolalar qoʻrqib ketadilar. Shlyapaga kartoshka uloqtirib koʻradilar. Pirovardida qulagan shlyapa ostida mushukcha qolganini anglab yetadilar.

Qahramonlari Vova – bosh qahramon Vadik – bosh qahramon, Vovaning doʻsti Vaska – mushukcha

Oʻzbekcha tarjimasi Asarni rus tilidan oʻzbek tiliga Sh. Boʻtayev tarjima qilgan. Oʻzbekcha nashr 1988-yil Toshkent shahrida „Yulduzcha“ nashriyotida chop etilgan. Kitob rasmlarini G. Li chizgan.

Boshqa tillarga tarjimalari „Jonli shlyapa“ hikoyasi yana polyak () (1954), eston () (1958), olmon () (1962), frasuz () (1967), ingliz () (1971), fin () (1985), malagasi () (1985) hamda irland () (1988) tillariga tarjima qilingan.

Manbalar

Havolalar „Jonli shlyapa“ hikoyasining qisqartirilgan versiyasi Kitob.uz saytida

Turkum:Hikoya kitoblar