Shohrux Alisherovich Yoʻldoshev (1985-yil 29-mayda tugʻilgan) — oʻzbek film aktyori va qoʻshiqchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. Tinglovchilari orasida Shohruxxon nomi bilan mashhur. Oʻzbek va rus tillarida qoʻshiq kuylaydi .

Mukofotlari Doʻstlik ordeni(2023) Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2026) „Eʼtirof“ mukofoti — „Yilning estrada xonandasi“ (2017) M&TVA mukofoti — „Yilning eng yaxshi xonandasi“ (2011)

Hayoti Shohrux Yuldashev Alisherovich 1985-yil 29-mayda Toshkentda tugʻilganXonanda Shohruxxon aktrisa Asal Shodiyeva bilan oila qurdidaryo.uz. Shohruxxon bolaligidan Ozodbek Nazarbekovning „Seni koʻrdim qaydan ham“ qoʻshiqlarini kuylab yurgan.

Bahor faslining soʻnggi kunlarida, yaʼni 29-mayda oʻziga xos ijodiy yutuqlarga erishib kelayotgan ham xonanda ham aktyor Shohruxxon oʻzining tavallud ayyomini nishonlaydi. Oʻtayotgan yilda Shohruxxon oʻzining navbatdagi konsert dasturini muhtasham „Istiqlol“ sanʼat saroyida taqdim etdi. Shu bilan birga rejissor Zebo Navroʻzovaning „Quvgʻin“ filmida oʻziga xos obrazni talqin qildi. Shohruxxonning muxlislari uning ijrosidan koʻngillari toʻlganini taʼkidlab oʻtishdi. Yil soʻnggida esa xuddi shu rejissor „Yigitlar“ filmini ham keng ommaga havola etdi. Bu filmda Shohruxxon faqatgina saundtrek yaratish bilan cheklandi…

Oilasi Dadasi: Alisher Yuldashev Onasi: Zebo Navroʻzova Ukasi: Shuhrat Yuldashev Ukasi: Muhammad Ali Navroʻzov Rafiqasi: Asal Shodiyevava Asal Shodiyeva yangi oilaviy fotosuratlarini taqdim etdi (foto)daryo.uzXonanda Shohruxxon aktrisa Asal Shodiyeva bilan oila qurdidaryo.uz Farzandi: Muhammad Yusuf Yuldashev Farzandi: Baxtiyor YuldashevShohruxxon pokazal pervuyu vstrechu s novorojdennim sinom — video uz.sputniknews.ru Shohruxxon pokazal pervuyu vstrechu s ego novorojdennim sinom — videorepost.uz.

Ijodi Ijrochining Apple Music’dagi asosiy yorligʻi — RizaNova; 2025-yil noyabrida albom va singllar katalogi Xon Music yorligʻi ostida qayta chiqarilgan. Apple Music katalogida toʻqqizta studiya albomi (161 trek) va taxminan yetmishta alohida singl mavjud (katalog toʻliq boʻlmasligi mumkin). „Osiyo Plyus“ nashri uni „Markaziy Osiyoning vatanida ham, undan tashqarida ham tanilgan 10 xonandasi“ reytingiga kiritgan (2021): nashr uning lirik va raqsbop kompozitsiyalarini, Oʻzbekiston tashqarisidagi mashhurligini hamda Shahzoda bilan duetlarini, jumladan „Allo“ va „Kel“ qoʻshiqlarini qayd etadi. 2016-yilda xonanda „Vahshiy“ filmi uchun saundtrek ijro etgan. 2026-yil may oxirida „Lola“ qoʻshigʻi va klipi taqdim etilgan. Xonandaning rasmiy YouTube kanali 2013-yil iyulida ochilgan; 2026-yil 18-oktabr holatiga unda 298 ming obunachi, 283 ta video va taxminan 304 million koʻrish mavjud.

Studiya albomlari Yil Nomi Treklar soni 2012 „Moda (Avtobus Bekatda)“ 23 2013 „Sen Ketma“ 21 2014 „Zo'rsan“ 20 2015 „Men Seni Sevaman“ 24 2016 „Yulduzlar“ 19 2017 „Shaydo“ 14 2019 „Yurak“ 13 2021 „Oddiy Bola“ 17 2022 „Ey Yor“ 10 Dastlabki albomlarning chiqish yillari Apple Music maʼlumotlari asosida keltirilgan; birinchi nashrlar ilgariroq boʻlgan boʻlishi mumkin.

Kliplari Yil Qoʻshiq Rejissor2006 „Sms“ „Nigorim“ „Senda edi qalbim“ „Sensiz“ „Moda“2007 „Boʻrilar“ (Shahriyor bilan) „Qalam qoshli“ „Aprel-may…“ „Yana sogʻinay“2008 „Quvgʻin“ (Shahriyor bilan)2009 „Leylam“ „Parvona“2010 „Cancion Del Mariachi (Los Lobos qoʻshigʻiga kaver)“ (Ulugʻbek Rahmatullayev bilan) „Gulilolam“ Nozim Jumayev „Keldim“ „Dajonam“ Nozim Jumayev „Manzillar“ (Dineyra bilan) Nozim Jumayev2011 „Muhabbatnoma“ Nozim Jumayev Narimon Sultonxoʻjayev „Chorla“ Narimon Sultonxoʻjayev „Soʻnggi qoʻngʻiroq“ „Qasos“ (Shahnoz bilan) „Zoʻrsan“ „Alvido“ Nozim Jumayev Nurimon Sultonxoʻjayev2012 „Yigʻlar osmon“(Lola bilan)2013 „Shoshma“ (Shahzoda bilan) Sarvar Isaev2014 „Mening qoʻshigʻim“ Baxtiyor Latifxoʻjayev Rustam Murodov Yolqin Toʻychiyev „Qoʻgʻirchoq“ Yodgor Nosirov „Men seni sevaman“ Timur Primqulov „Mening qoʻshigʻim“2015 „Yulduzlar“ Yodgor Nosirov „Komila qiz“(Muhriddin Xoliqov qoʻshigʻiga kaver) Sarvar Isaev „Arazlama“2016 „Yigʻlama“ „Darak yoʻq“ „Yaxshi koʻraman“ „Allo“ (Shahzoda bilan) Leibniz „Aldamadim“ Rustam Murodov Dilmurod Agzamov2017 „Yigʻlama muhabbat“ (Shahriyor va Jahongir Foziljonov bilan) (Shuhrat Hakimov qoʻshigʻiga kaver) „Parizod“ (Muhriddin Xoliqov qoʻshigʻiga kaver) „Yoningdaman“ Dilmurod Agzamov „Jonim dadam“ „Menga farqi yoʻq“2018"Malikam""Yoningdaman""Ayamay"2020"Unamaydi""Achinmayman""Yurak"2021"Tik-Tok""Devona""Oddiy bola"2022"Telba""Kino"Nurimon Sultonxoʻjayev"Barpo etaman""Qahramon"

Konsert YilKonsert nomiKonsert zaliKunlari2012ZoʻrsanXalqlar doʻstligi saroyi12,13oktabr2014Sen ketma15,16-fevral2015Men seni sevaman15,16,17-fevral2016Yulduzlar23,24,26-may2017"Shaydo"11,12,13-fevral2018Yoningdaman9,10,11,12,13-fevral2019Shou9,10,11,12,13,14-fevral2020SHOU8,9,10,11,12,13-fevral2023"Ey yor"9,10,11,12,13,14-fevral2024"Hello"9,10,11,12,13,14-fevral2026"Love"26,27,28,29,30-mart

Konsertlar haqida qoʻshimcha maʼlumot 2016-yil — yakkaxon konsert (koʻp kunlik dastur, 23-maydan boshlab). 2017-yil oktyabr — paxta terimi mavsumida paxta dalasida konsert. 2023-yil 19-avgust — Samarqanddagi Silk Road Samarkand majmuasida konsert. 2024-yil fevral — Sevishganlar kuniga bagʻishlangan konsertlar, unda xonanda mini-film va yangi qoʻshiqni namoyish etgan. 2025-yil 21-dekabr — Toshkentdagi „Humo Arena“da „Xalq korporativi“ yangi yil shousida ishtirok etgan. Afisha maʼlumotlariga koʻra, Rossiya tomoshabinlari oldida birinchi chiqishi 2017-yilda Moskvada boʻlgan, keyinchalik gastrollar Novosibirsk, Yekaterinburg, Samara va Sankt-Peterburgda oʻtgan.

Filmografiyasi Aktyor + Film Yil Film Rol Izoh2006 Romeo va Julʼetta yoxud laʼnatlangan sevgi Ravshan / Romeo Yarim baxt Shohruxxon Voy dod sumalak Shohruxxon Musiqiy film2007 Aprel-may… Boʻrilar Baxtiyor2008 Quvgʻin Baxtiyor2009 Shaharlik olifta2010 Oxirgi qarz Baxtiyor Ada emas, dada! (Tohir va Zuhra 2 yangi talqin) Shohruxxon Musiqiy film Sogʻinch Ozod2012 Erka kuyov Toshpoʻlat2013 Yor-yor qani? Shohruxxon Sen ketma Shohruxxon2017 Sayl Shohruxxon Musiqiy film

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak qoʻshiqchilar Turkum:1985-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar