Mehmet III, Mehmed III (1568-1603) Usmonlilar imperiyasi sultonihttps://books.google.ru/books?id=potpAAAAMAAJ.

Biografiyasi 1595-1603-yillarda hukmronlik qilgan. Murod IIIning katta oʻgʻli. Taxtga chiqishi bilan 19 nafar aka-ukalarini qatl ettirgan. Bu qoʻrqoq sulton sulolasining boshqa vakillarini boshqaruvdan chetlatib, ularni maxsus „Qafas“ nomli joyda tutqunlikda saqlagan. U otasining siyosatini davom ettirib, Avstriya bilan kurash olib bordi. Avstriyaliklarning Dunaydagi gʻalabasi yanicharlarning gʻalayoniga sabab boʻldi. 1596-yilda sulton Krestesha jangida avstro-venger qoʻshinini tor-mor keltirdi. Sulton gʻalabadan foydalanmay Istanbulga qaytdi. Urush Usmoniylarni ham Avstriyani ham holdan toydirdi. Mehmed (Muhammad) III Istanbulga qaytgach, koʻp oʻtmay vafot etdi. Taxtga uning oʻgʻli Ahmad I chiqdi. Oilasi Ismi Tavallud sanasi Vafot etgan sanasi Onasi Fatma Sulton 1584 1626 Handan Sulton Shahzoda Selim 1585 1597 Handan Sulton Shahzoda Sulaymon 1586 1602 Handan Sulton Shahzoda Mahmut 1587 1603 Halima Sulton Oysha Sulton 1587 1616 Handan Sulton Hadicha Sulton 1588 1614 Halima Sulton Humoshoh Sulton 1589 1651 Handan Sulton Sulton Ahmet 1590 1617 Handan Sulton Beyhan Sulton 1593 1647 Şahrazad Hatun Shoh Sulton 1594 1623 Halima Sulton Ummugulsum Sulton 1595 1649 Handan Sulton Shahzoda Usmon 1596 1597 Abileyal Sulton Mehrishoh Sulton 1597 1638 Halima Sulton Shahzoda Jahongir 1597 1601 Abileyal Sulton Sulton Mustafo 1600 1639 Halima Sulton

Manbalar

Turkum:Usmonlilar imperiyasi hukmdorlari

Turkum:Usmonli sulolasi Turkum:16-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlari Turkum:17-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlari