Futbol doʻstlik uchun () — Futbol doʻstlik uchun (inglizcha Football for Friendship) — „Gazprom“ OAJ tomonidan amalga oshiriladigan yillik xalqaro bolalar ijtimoiy dasturi. Dasturning maqsadi yosh avlodning dolzarb qadriyatlariga va sogʻlom turmush tarziga boʻlgan qiziqishini futbol orqali oshirish. Dastur doirasida dunyoning turli mamlakatlaridan 12 yoshdagi futbolchilar har yili boʻlib oʻtadigan xalqaro bolalar forumida, „Futbol doʻstlik uchun“ jahon chempionatida, Xalqaro futbol va doʻstlik kunidainserbia.info/today/2014/04/gazproms-football-for-friendship-2014 ishtirok etadilar. Dastur FIFA, UEFA, BMT, Olimpiya va Paralimpiya qo'mitalari, turli davlatlarning davlat hukumat va futbol federatsiyalari rahbarlari, Xalqaro hayriya jamg'armalari, jamoat tashkilotlari va futbol yetakchisi, klub sayerasi tomonidan qo'llab quvvatlanadihttps://www.sport-express.ru/football/gazprom/reviews/futbol-dlya-druzhby-2018-obyavleny-imena-uchastnikov-programmy-ot-rossii-1401229/. Global dastur operatori AGT aloqa guruhi (Rossiya)http://www.prnewswire.com/news-releases/young-football-players-from-24-countries-of-europe-and-asia-meet-at-third-international-childrens-football-for-friendship-forum-506472841.html.

Dasturning tarixi

Futbol doʻstlik uchun 2013 2013-yilning 25 may kuni Londonda „Futbol doʻstlik uchun“ birinchi xalqaro bolalar forumi boʻlib oʻtdi. Unda 8 mamlakat: Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gretsiya, Rossiya, Serbiya va Sloveniyadan 670 nafar bolalar ishtirok etdilar. Rossiya nomidan 2018-yilda futbol boʻyicha jahon chempionatida mezbonlik qiladigan Rossiyaning 11 ta shahridan 11 ta futbol jamoasi qatnashdilar. Forumda shuningdek „Zenit“, „Chelsi“, „Shalke 04“, „Tsrvena Zvezda“ klublarining oʻsmirlar jamoalari, „Gazprom“ OAJ bolalar spartakiadasi gʻoliblari, „Fakel“ festivalining gʻoliblari ishtirok etdilarhttps://archive.today/20150515191023/http:/fcbusiness.co.uk/news/article/newsitem=2379/title=franz+beckenbauer+kicks+off+gazprom%92s+%91football+for+friendship%92+campaign.

Forum davomida bolalar boshqa mamlakatlardan kelgan tengdoshlari, taniqli futbolchilar bilan muloqotda boʻlishdi, shuningdek Uembli Stadionida boʻlib oʻtgan UEFA Chempionlar Ligasi 2012/2013-yil finaliga tashrif buyurishdihttp://www.ntv.ru/sport/627113.

Bolalar dasturining sakkizta qadriyati: doʻstlik, tenglik, odillik, sogʻlik, tinchlik, fidokorlik, gʻalaba va anʼanalarni taʼriflab bergan ochiq maktub Forumning yakuni boʻldi. Keyinchalik maktub UEFA, FIFA va XOQ rahbarlariga joʻnatildi. 2013-yilning sentyabr oyida Jozef Blatter Vladimir Putin va Vitaliy Mutko bilan uchrashuvi davomida maktubni olganini tasdiqladi va "Futbol doʻstlik uchun " forumini qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Futbol doʻstlik uchun 2014 "Футбол дўстлик учун " dasturining ikkinchi mavsumi 2014-yilning 23-25 ​​ may kunlari Lissabonda boʻlib oʻtdi va 16 ta davlat: Belarus, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Italiya, Niderlandiya, Polsha, Portugaliya, Rossiya, Serbiya, Sloveniya, Turkiya, Ukraina, Fransiya va Xorvatiyadan kelgan 450 dan ortiq yoshlarni bir joyga toʻpladi. Yosh futbolchilar "Futbol doʻstlik uchun " xalqaro forumi, koʻcha futboli boʻyicha turnirida ishtirok etdilar va UEFA Chempionlar Ligasining 2013/2014-yil finaliga tashrif buyurdilarhttp://www.lazionews.eu/settore-giovanile/oltre-450-ragazzi-riuniti-da-gazprom-in-occasione-del-secondo-forum-internazionale-football-for-friendship/. „Benfika“ (Portugaliya) yoshlar jamoasi 2014-yil koʻcha futboli boʻyicha xalqaro turnir gʻolibi boʻldi.

Dasturning ikkinchi mavsumi „Futbol doʻstlik uchun“ harakati yetakchisini saylash bilan yakunlandi. U Portugaliyalik Filipe Suares boʻldi. 2014-yilning iyun oyida u harakatining yetakchisi sifatida Yuriy Andreevich Morozov xotirasiga toʻqqizinchi xalqaro yoshlar futbol turniriga tashrif buyurdi.

Futbol doʻstlik uchun 2015 "Футбол дўстлик учун " xalqaro ijtimoiy dasturining uchinchi mavsumi 2015-yilning iyun oyida Berlinda boʻlib oʻtdi. Osiyo qitʼasining yosh vakillari — Yaponiya, Xitoy va Qozogʻistondan kelgan bolalar futbol jamoalari dasturning ilk ishtirokchilariga aylandi. Uchinchi mavsumda jami boʻlib 24 mamlakatdan kelgan 24 futbol klubining yoshlar jamoasi ishtirok etdihttp://www.noodls.com/viewNoodl/28582380/oao-gazprom/young-football-players-from-24-countries-of-europe-and-asia-.

Yosh futbolchilar boshqa mamlakatlardan kelgan tengdoshlari va, jahon futboli yulduzlari, jumladan dasturning Global elchisi Frans Bekkenbauer bilan muloqotda boʻldilar, shuningdek, yoshlar jamoalari oʻrtasidagi Xalqaro koʻcha futboli turnirida ishtirok etdilar. 2015-yil koʻcha futboli boʻyicha xalqaro turnirda „Rapid“ (Avstriya) yoshlar jamoasi gʻolib boʻldi.

"Futbol doʻstlik uchun " dasturi uchinchi mavsumining tadbirlari yetakchi jahon ommaviy axborot vositalarining qariyb 200 jurnalistlari, shuningdek, Xalqaro Bolalar matbuot markazi tarkibiga kirgan Yevropa va Osiyolik 24 yosh muxbirlar tomonidan yoritildi.

2015-yilning yakuniy voqeasi „Toʻqqiz qadriyatlar“ kubogining sovrindori boʻlgan „Barselona“ (Ispaniya) futbol klubiga mukofotni topshirish marosimi boʻldi. Gʻolib Forum arafasida 24 ta ishtirokchi mamlakatlarning hammasida oʻtkazilgan global ovoz berishda ishtirok etgan bolalar tomonidan aniqlandi.

Forum yakunida barcha ishtirokchilar anʼanaviy ravishda Berlinda joylashgan Olimpiya stadioniga UEFA Chempionlar Ligasining 2014/2015-yil finaliga tashrif buyurdilar.

Futbol doʻstlik uchun 2016 2016-yilda "Futbol doʻstlik uchun " Xalqaro bolalar ijtimoiy dasturiga ushbu dasturning global elchisi Frans Bekkenbauer ishtirokida Myunxenda 24 mart kuni boʻlib oʻtgan Hangouts onlayn matbuot anjumani doirasida start berildihttp://www.mirror.co.uk/sport/football/news/franz-beckenbauer-reveals-hes-barcelona-7695610.

Toʻrtinchi mavsumda dasturga Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Argentina, Braziliya, Vetnam, Qirgʻiziston va Suriyadan 8 yangi yoshlar jamoalari qoʻshildi, shunday qilib, dasturga ishtirokchilari boʻlgan mamlakatlarning umumiy soni 32 ga etdi.

2016-yilning 5 aprelida noyob sovrin — „Toʻqqizta qadriyatlar“ kubogi uchun ovoz berish boshlandi. Gʻolibni tanlashda butun dunyodagi ishqibozlar ishtirok etishdi, ammo yakuniy qaror ovoz berish yoʻli bilan „Futbol doʻstlik uchun“ dasturi ishtirokchilari tomonidan berildi. „Bavariya“ (Myunxen) futbol klubi Kubok egasi boʻldi. „Futbol doʻstlik uchun“ ishtirokchilari klubning maxsus ehtiyojlari boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatlarini, shuningdek, turli mamlakatlardagi bolalarni davolashga qaratilgan tashabbuslarini va muhtojlarga yordam berishlarini taʼkidladilarrbth.com/sport/2016/06/01/gazprom-brings-soccer-crazy-kids-to-milan-for-uefa-champions-league-final_599353.

2016-yilning 27-28 may kunlari Milan shahrida "Futbol doʻstlik uchun " toʻrtinchi xalqaro bolalar forumi va koʻcha futboli boʻyicha bolalar xalqaro turnirning final oʻyini boʻlib oʻtdi. Turnirning gʻolibi deb Sloveniya „Maribor“ jamoasi eʼtirof etildi. Forum tugagach ishtirokchilar anʼanaviy ravishda UEFA Chempionlar ligasining final uchrashuviga tashrif buyurishdi. Forum tadbirlari dunyoning yetakchi ommaviy axborot vositalarining 200 dan ortiq jurnalistlari hamda dasturda ishtirok etuvchi mamlakatlarning yosh jurnalistlarini qamrab olgan Bolalar Xalqaro Matbuot Markazi tomonidan yoritildihttp://www.prnewswire.co.uk/news-releases/fourth-international-football-for-friendship-forum-brings-together-young-footballers-from-three-continents-581479171.html.

"Futbol doʻstlik uchun " toʻrtinchi mavsumining tadbirlarida „Al-Vaxda“ Suriya klubining yosh futbolchilari ishtirok etdilar va bu misli koʻrilmagan hodisa boʻldi. Suriya jamoasining dastur ishtirokchilari jumlasiga kiritilishi va Suriyalik bolalarning Milandagi tadbirlarga tashrifi mamlakatning gumanitar yakkalanish muammosini hal etish yoʻlida muhim qadam boʻldi. Suriya Futbol Federatsiyasi koʻmagida "Russia Today" xalqaro telekanalining arab sport tahririyati loyihaga ishtirok etgan bolalar haqida „Uch kun urushsiz“ hujjatli filmini tasvirga tushirdi. 2016-yil 14 sentyabr kuni film premyerasiga Damashqda 7 mingdan ziyod kishi tashrif buyurdihttp://www.euronews.com/2016/05/31/football-for-friendship-syrian-youth-team-make-tournament-debut-in-milan.

Futbol doʻstlik uchun 2017 "Футбол дўстлик учун " Xalqaro bolalar ijtimoiy loyihasini oʻtkazish uchun 2017 Sankt-Peterburg (Rossiya) tanlangan edi, yakuniy tadbirlar 26 iyundan 3 iyulgacha shu yerda boʻlib oʻtdi.

2017-yilda ishtirok etuvchi davlatlar soni 32 dan 64 gacha oshdi. Dastur "Futbol doʻstlik uchun " birinchi marta Meksika va AQSh bolalar ishtirok etdi. Shunday qilib, loyiha toʻrtta qitʼadagi yosh futbolchilar — Afrika, Yevroosiyo, Shimoliy Amerika va Janubiy Amerikani birlashtirdifinance.dailyherald.com/dailyherald/news/read/33918303/Fifth_Season_of_Gazprom’s_Football_for_Friendship_International_Childrenʼs_Project_Launched.

Beshinchi mavsumda dastur yangi tamoyilga muvofiq amalga oshirildi: 1 nafardan oʻz mamlakatini ifoda qilayotgan yosh futbolchi tanlandi. Bolalar 12 yoshli oʻgʻil bolalar va qizlar, shu jumladan, nogiron bolalardan tarkib topgan sakkizta baynalmilal „Doʻstlik terma jamoalariga“ birlashdilarhttps://www.merrilledge.com/research/story?stryKey=600-201703161740PR_NEWS_USPRX____enUK201703165338-1.

Ochiq qurʼa tashlash paytida terma jamoalarning mamlakat tarkibi va ishtirokchi mamlakatlar vakillarining oʻyin pozitsiyalari aniqlandi. Qurʼa tashlash internet-konferensiya tartibida oʻtkazildi. Yosh murabbiylar: Rene Lampert (Sloveniya), Stefan Maksimovich (Serbiya), Brendon Shabani (Buyuk Britaniya), Charli Suy (Xitoy), Anatoliy Chentuloev (Rossiya), Bogdan Kroleveskiy (Rossiya), Anton Ivanov (Rossiya), Emme Xenshen (Niderlandiya) sakkiz doʻstlik jamoasiga yetakchilik qildilar. Qurʼa tashlash marosimida shuningdek "Futbol doʻstlik uchun " xalqaro matbuot markazi vakili Liliya Matsumoto (Yaponiya) ishtirok etdi.

Tarkibiga yosh murabbiy Rene Lampert (Sloveniya) va toʻqqiz mamlakatdan kelgan yosh futbolchilar: Xong Jun Marvin Tue (Singapur), Pol Puig I Montana (Ispaniya) , Gabriel Mendosa (Boliviya), Ravan Kazimov (Ozarbayjon), Hrisimir Stanimir Stanchev (Bolgariya), Ivan Agustin Kasko (Argentina), Roman Xorak (Chexiya), Xamzax Yusuf Nuri Alhavvat (Liviya) kiritilgan „toʻq sariq“ jamoa 2017-yilda "Futbol doʻstlik uchun " Jahon chempionatining gʻolibi boʻldi.

„Futbol doʻstlik uchun“ 2017 Xalqaro bolalar Forumigahttp://www.euronews.com/2017/07/06/football-brings-kids-together Viktor Zubkov („Gazprom“ OAJ direktorlar kengashi raisi) , Fatma Samura (FIFA bosh kotibi), Filipp Le Flok (FIFA Bosh Tijorat direktori), Julio Baptista (Braziliya futbolchisi), Ivan Zamorano (chililik hujumchi), Aleksandr Kerjakov (rossiyalik futbolchi) va yosh avlod orasida muhim insoniy qadriyatlarni ilgari surishga daʼvat qilgan boshqa mehmonlar tashrif buyurishdi.

2017-yilda loyiha 600 mingdan ortiq kishini birlashtirdi, Sankt-Peterburgda yakuniy tadbirlarda 64 mamlakatda 1000 dan ortiq bolalar va kattalar ishtirok etdistomp.straitstimes.com/singapore-seen/12-year-old-sporean-messi-wins-global-football-contest-in-russia.

Futbol doʻstlik uchun 2018 2018-yilda „Futbol doʻstlik uchun“ dasturining oltinchi mavsumi 15-fevraldan 15-iyunga qadar davom etdi. Yakuniy tadbirlar 2018-yilgi FIFA jahon kubogi arafasida, Moskvada boʻlib utdi. Dasturga dunening 211 mamlakat va mintakalarini takdim etgan, esh futbolchilar va jurnalistlar tashrif buyurdihttp://www.euronews.com/2018/02/16/football-for-friendship-sets-stage-for-2018-world-cup. 2018-yilgi dasturning rasmiy boshlanishi, ochik uynalgan „Futbol doʻstlik uchun“ jonli efirda boʻlib utdi va natijada 32 Xalqaro dustlik futbol jamoasi guruxlari tashkil kilindi.http://www.thedailystar.net/sports/football/time-defender-bangladesh-1543027

2018-yilda ekologik missiyasi doirasida, Xalqaro dustlik guruxlari noeb va yukolib boraetgan hayvonlar nomi bilan ataladi:

Afrika fili

Komodo echkemari

Kipundji martishkasi