„Ruhlar isyoni“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov bengal shoiri Nazrul Islom haqida yozgan doston. Doston bir necha rivoyatdan iborat boʻlib, ularda turli tarixiy va tarixiy boʻlmagan shaxslar haqida soʻz yuritiladi. „Ruhlar isyoni“ Vohidovning eng yaxshi tanilgan dostonlaridan biri boʻlib, adabiy tandiqchilar tomonidan yuqori baholanib keladi. Ibrohim Gʻofurov doston haqida „Menga u koʻp jihatlardan bugungi oʻzbek sheʼriy tafakkurining – lirik tafakkurining choʻqqisi boʻlib koʻrinadi“, deb yozgan.

Vohidov „Ruhlar isyoni“ dostonini 1978–1979-yillarda yozgan. Doston ilk bor „Sharq yulduzi“ jurnalida chop etilgan. Kitob oʻlaroq birinchi marta 1980-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.

Dostonni Aleksandr Faynberg rus tiliga tarjima qilgan. Ruscha nashr 1983-yil Moskva shahrida „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida chop etilgan. Doston keyinchalik Vohidovning bir necha sheʼriy toʻplamiga, jumladan, „Sharqiy qirgʻoq“ (1980), „Sadoqatnoma“ (1986), „V minutu pesni ne porvis, struna...“ (1986), „Sheʼr dunyosi“ (2001) hamda „Zamin sayyorasi“ (2014) toʻplamlariga kiritilgan. Bundan tashqari, dostondagi rivoyatlar „Qumursqalar jangi“ (1993) toʻplamidan ham oʻrin olgan.

Yozilishi Vohidov dostonning 1979-yilning 20-martida Hindistonning Dehli shahrida yozib tugatgan. Shoir dostonning yaratilishi haqida shunday degan:

Manbalar

Havolalar