Shahboz Furqatovich Erkinov — oʻzbekistonlik futbolchi. Faoliyati 1986-yilning 16-iyul sanasida Toshkent shahrida tugʻilgan Faoliyatini 2005-yilda Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ klubida boshlagan. 2006-yilda Gʻuzorning „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtgan. 2008-yildan 2009-yilgacha u Eron Pro ligasida PAS Xamadon jamoasida oʻynagan. U 2009-yilda oʻz klubi bilan Koʻrfaz kubogining yarim finaliga chiqdi va Rah Ahan Sorinetga 0:1 hisobida yutqazdi. PAS Xamadon jamoasida ikki mavsum toʻp surgandan soʻng, u „Shoʻrtan“ jamoasiga oʻtdi. 2009-yilgi mavsumda u 9 ta gol urdi va Liga oʻyinlarida eng yaxshi klub toʻpurari boʻldi. U keyingi mavsumda ham 9 ta gol urdi va 10 ta gol bilan Igor Tarandan keyin 2-eng yaxshi toʻpurar boʻldi. Oʻsha yili Oʻzbekistonga qaytib, „Shoʻrtan“ safiga qoʻshildi. Gʻuzor klubida bir yarim mavsum toʻp surgan va 2012-yilda „Paxtakor“ga oʻtgan. 2013-yilgi mavsumni „Olmaliq“da oʻtkazgan. 2014-yildan buyon „Navbahor“ futbolchisi.

2014-yilda Namanganning „Navbahor“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. U 14 gol bilan ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylandi va 2014-yilgi Oliy liga mavsumida xet-trik qildi. Erkinov mavsumda ikkita xet-trik qayd etdi. 2014-yil 26-aprel kuni u Liganing 2014-yilgi mavsumdagi ilk xet-trikini amalga oshirdi, „Navbahor“ — „Soʻgʻdiyona“ uchrashuvida 4:2 hisobida yakunlandi. 2014-yilning 12-sentabr kuni „Soʻgʻdiyona“ga qarshi safarda „Soʻgʻdiyona“ning 5:4 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan oʻyinda u yana uchta gol urdi. 2014-yilgi mavsum yakuniga koʻra Erkinov Ligada 14 ta gol urdi, bu Liga toʻpurari Artur Gevorkyandan atigi 4 taga kam urga holda ikkinchi boʻldi. 2014-yilgi Oʻzbekiston kubogi bahslarida ham u klub safida 3 ta gol urgan.

2015-yilning 16-may kuni Erkinov „Andijon“ klubiga qarshi ligada safarda oʻyinda ajoyib „qaychi“ uslubida golini urdi. Uchrashuvning 76-daqiqasida Predrag Vuyovichning „Andijon“ darvozasiga urgan goli 2:1 dan keyin „Navbahor“ futbolchilari oʻyinni maydon markazidan boshlashlari kerak edi. Erkinov toʻpni qabul qilib oldi va „Andijon“ darvozaboni Genadie Moșneaga oʻz darvozasidan ancha uzoqda turganini payqab, yarim chiziqdan zarba yoʻlladi va toʻp darvozaga suzib ketdi. Uning bu goli 77-daqiqada 2:2 hisobida kiritildi.

2015-yilgi mavsumda Erkinov yana 13 ta gol bilan Ligada jamoaning eng yaxshi toʻpurarga aylandi. 2016-yilgi mavsumda Muborakning „Mashʼal“ klubi safiga oʻtdi. Muborakliklar safidagi yaxshi oʻyinlari natijasida Qarshining „Nasaf“ jamoasi safiga 2016-yilning yozgi transfer oynasida koʻchib oʻtdi. Qarshiliklar safida bir yarim mavsum harakat qildi. 2018-yilgi mavsumda Buxoroning „Buxoro“ klubi safiga oʻtdi. 2019-yil yangi mavsumda Oliy liganing boshqa bir klubi „Qoʻqon 1912“ jamoasi tomonidan futbolchiga qiziqish bildirildi va yangi mavsumni qoʻqonliklar safida boshladi. 2020-yil mavsum boshida Toshkentning „Bunyodkor“ klubi safiga oʻtdi va 2 mavsum davomida qaldirgʻochlar safida toʻp surdi. 2022-yilgi mavsumda „Andijon“ klubi bosh murabbiyi Viktor kumikov tarafidan fiutbolchiga burgutlar safida toʻp surish taklifi berildi va taklifni qabul qilib 2022-yilgi mavsumni „Andijon“ klubi safida oʻtkazdi.

Xalqaro oʻyinlar Shaxboz Erkinov 2004-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida 20 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. U 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlariga saralash oʻyinlarida ishtirok etgan 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi safida ham ishtirok etgan.

U 2009-yilning 28-yanvarida futbol boʻyicha BAA milliy terma jamoasiga qarshi 2011-yilgi Osiyo Kubogi saralash oʻyinida kattalar jamoasi safida debyut qilgan.

Yutuqlar

Klub

Shoʻrtan

Oʻzbekiston kubogi ikkinchi oʻrin;: 2010-yil

Individual

„Navbahor“ning Ligadagi eng yaxshi toʻpurari (2): 2014, 2015

Faoliyat statistikasi

2026-yil 5-iyun holatiga koʻra

+Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha koʻrinish va gollar Klub MavsumLiga Kubok Boshqa Osiyo/Yevropa NatijaDvizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar GollarPaxtakor2003Oʻzbekiston Oliy ligasi1000——102004Oʻzbekiston Oliy ligasi0000——00Soʻgʻdiyona2005Oʻzbekiston Oliy ligasi18540——195Shoʻrtan2006Oʻzbekiston Oliy ligasi20630——236Paxtakor2007Oʻzbekiston Oliy ligasi8123—31103Soʻgʻdiyona2008Oʻzbekiston Oliy ligasi231321——2513PAS Hamedan2008-09Eron Pro ligasi17532 ——2072009-10Eron Pro ligasi142 1 0 ——142Umumiy10132156 —3111939Shoʻrtan2010Oʻzbekiston Oliy ligasi13921 —15102011Oʻzbekiston Oliy ligasi20942—623013Umumiy331863—624523Paxtakor2012Oʻzbekiston Oliy ligasi15241 ——193Olmaliq2013Oʻzbekiston Oliy ligasi15720 ——177Navbahor2014Oʻzbekiston Oliy ligasi251453 ——30172015Oʻzbekiston Oliy ligasi261330 ——2913Umumiy8136144 ——9540Mashʼal2016Oʻzbekiston Oliy ligasi14421——165Nasaf2016Oʻzbekiston Oliy ligasi12740——1972017Oʻzbekiston Oliy ligasi17455—212410Buxoro2018Oʻzbekiston Superligasi24112——253Qoʻqon 19122019Oʻzbekiston Superligasi2461152—309Bunyodkor2020Oʻzbekiston Superligasi23610——2462021Oʻzbekiston Superligasi22251——273Andijon2022Oʻzbekiston Pro ligasi221243——26152023Oʻzbekiston Superligasi11000——110Umumiy169422313—2119456Umumiy faoliyat384128582652114458160 Manbalar

Havolalar Shaxboz Erkinov Soccerwayda Shaxboz Erkinov National-Football-Teams.com saytida FootballFacts.ru Transfermarkt (oʻyinchi) OʻzPFL FBref.com Sportbox.ru teams.by

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Toshkentlik futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Soʻgʻdiyona Jizzax futbolchilari Turkum:Shoʻrtan klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Mashʼal klubi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Buxoro klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:PAS Tehran F.C. futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Erondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar