Kalbajar tumani (ozarb. Kəlbəcər rayonu) — Ozarbayjon Respublikasıdagi maʼmuriy hududlardan biri. Maʼmuriy markazi Kalbajar shahridir.

Kalbajar shahri 1930 yil 8 avqustda maʼmuriy rayon maqomini olgan. 1993-yilda Armaniston Respublikası Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol qilingan.Rezolyutsiya Soveta Bezopasnosti OON 853Rezolyutsiya Soveta Bezopasnosti OON 884Rezolyutsii Soveta Bezopasnosti OON 1993 godaGeneral’naya Assambleya OON Rezolyutsiya ot 14 marta 2008 goda № A/RES/62/243 Polozheniye na okkupirovannykh territoriyakh Azerbaydzhana

2020 yil 10-noyabrda imzolangan tinchlik shartnomasiga binoan, 25-noyabr kuni Armaniston qurolli kuchlari Kalbajar tumanini boʻshatib, Ozarbayjon qurolli kuchlariga topshirdi.

2020 yil 15 noyabrda Kalbajar tumani okkupatsiyadan ozod qilindi. Bayonotga koʻra, 15 noyabrda topshirishga qaror qilindi, ammo Armaniston tomonining Rossiya vositasida Ozarbayjondan iltimosiga koʻra bu muddat 25 noyabrgacha uzaytirildi. Buning sababi hudud relyefining murakkabligi, maydonining kattaligi va gumanizmdir. https://apa.az/az/siyasi_xeberler/Ermnistan-Azrbaycan-Prezidentinin-srtlrini-qbul-etdi-v-tslim-oldu-colorredTCILI-SRHcolor-614481 https://oxu.az/war/440855

Magʻlubiyatga rozi boʻla olmagan Armaniston aholisi mintaqada Ozarbayjonga qarshi ekologik terroristik harakatlarni amalga oshirdi, hududni tark etgan armanlar uylar hamda oʻrmonlarni yoqib yuborishdi.

Nihoyat, 2020 yil 25 noyabr kuni 10-noyabrda imzolangan uch tomonlama Bayonotga binoan Kalbajar viloyati ishgʻoldan ozod qilindi, Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari mintaqaga kirib, nazoratni oʻz qoʻliga oldi.

Tarixi 300px|right|thumb|Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari

300px|right|thumb|Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari

„Kalbajar“ toponimining kelib chiqishi qadim turk tilida (dastlab Kalbajar Kevlicher shaklida ishlatilgan) „daryo ustidagi qalʼa“ maʼnosini anglatadi. Kevli „daryoning usti“, çer/car „qalʼa“ maʼnosini anglatadi. Yashash mintaqasi sifatida Tartar daryosi boʻyida chiziq boʻylab qadimiy sunʼiy gʻorlar mavjud boʻlgan. Shunga koʻra mutaxassislar shaharning toponimini kevil/kavl va qadim turk tillaridaki jar (qoya) komponentlari bilan bogʻlaydilar.

Kalbajardagi barcha qabila toponimlarning kelib chiqishi qadim turk tiliga borib taqaladi. Qadimgi turk qabilalarining bir nechta nomi hali ham bu toponimlarda yashab kelmoqda.

Kalbajar eng qadimgi inson yashagan maskanlaridan biridir. Bu hududda ibtidoiy odamlarning paydo boʻlishi toʻrtinchi geologik davriga toʻgʻri keladi. Bu davr esa 4 million yildan ortıq bir tarix demakdir. Kalbajardaki gʻorlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ibtidoiy odam uchun zarur boʻlgan mehnat qurollari ham shu yerda yaratilgan.

Kalbajar hududida 30 ming yildan koʻp tarixni oʻz ichiga olgan qadim yashash maskanlari, 6 ming yil yoshga teng boʻlgan qoya tasvirlari, qadimiy turk alifbosi shakldagi naqshlar topilgan. Bu yerdagi tosh obidalar Shimoliy Ozarbayjonda oʻrta asr turk davri, otashparastligining, xristianlıgining, VII asrdan esa İslomnıng yoyilishi davrlarida yaratilgan.

Kalbajarda „Turk qabristoni“ deb ataladigan bir necha qadim mozorlar bor. Bularnıng eng kattasi Tirkeshavand, Kalbajar, Zar va b. kentlari hududida joylashgan. Qabristonlar turli asrlarga tegishli boʻlib, shakli va hajmi bilan bir-biridan farq qiladi.

İlk inson maskani Hududi 1936 kvadrat kilometr, 60 ming aholisi, 128 kenti boʻlgan Kalbajar rayoni qadimiy tarixi, boy madaniyati, koʻp asrlik tarixiy obidalari bilan nom qozongan. Bu yer armanilar tomonidan ishgʻol qilinganidan soʻng tarixiy obidalarning aksariyati vayron etildi. Bu madaniy obidalar quyidagilar: Vang kenti hududidagi Alban ibodatxonasi, Charakdar kentidagi Alban cherkovi (Hasan Kamol cherkovi), Qanlıkend hududidagi Loʻk qal’ası, Qorachanlı kentidagi Uluxan qal’ası, Tartar daryosining Bulanıq daryosi bilan qoʻshilgan joyida bunyod etilgan Alban cherkovi, Qalaboʻyni kentidagi Qalaboʻyni qal’ası, Jomard kendidagi Jomard qal’ası, Jamıshli kentidagi Keshikchi qal’ası, Kalbajar shahridagi masjid, Bashlıbel kentidgi masjid, Otaqli kentidagi masjid, Soyuqbuloq kentidagi Tartar daryosi ustidagi Toğlıtosh koʻprigi, Kalbajar Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Oshiq Shamshir nomli madaniyat uyi, Sayidli yaylovidagi Seyid Asadulloh ziyoratgohi.

Kalbajarda Zar ochiq hududda olib borilgan arxeologik qazishmalardan shu narsa maʼlum boʻldiki, ibtidoiy odamlar bu yerlarni oʻzlariga makon qilgan. Bu yerlardan qadimgi toshdan yasalgan mehnat qurollari topilgan. Uning qadimiy tarixi eramızdan avvalgi IV mingyillikning oxiri-III mingyillikning boshlariga toʻgʻri kelib, u bronza davri yoki Kur-Araz madaniyati deb nomlanadi. Ushbu madaniyatning asosiy tarkibiy qismi va tarqalishi Kur-Araz tekislikidir. Bu davrda aholi dehqonchilik bilan shugʻullangan, togʻli hududlarda esa chorvachilik ham rivojlangan. Yangi hayvon turlarini qoʻlga oʻrgatildi, ot mehnatidan foydalanila boshlandi. Bu esa mehnat unumdorligini oshishiga muhim ahamiyat kasb etdi. Kur-araz madaniyatidan soʻnggi bosqichida Ozarbayjonning butun togʻli zonalarida (Xoshbuloq qoʻrgʻoni va Xolazak(Kalbajar), Istisu yaylovlaridagi yashash maskanlari) yashash maskanlari barham topdi. Oʻrta bronza davri Ozarbayjonda qadimgi insoniyatning gullab yashnagan davri sifatida eʼtirof etiladi. Bu davrga oid sopol buyumlarga solingan naqshlar buni tasdiqlaydi. Qobuston (Buyuktosh, YAzlitepa), Galinqalʼa va Kalbajarning boshqa hududlarida (Qochdoshda) qoyatosh rasmlaridagi hayvonlar olami tasviri, bazm va ov sahnalari, Magiya (shomonlik) tasvirlangan. Kalbajar eng qadimgi insonlar yashagan maskanlardan biridir. Bu yerlarning ilk insonlarning yashash maskani ekanligidan darak beruvchi belgi va izlar, qoyatosh tasvirlar, qabristonlar armanilar tomonidan oyoqosti qilindi. Kalbajar antik madaniyatning bebaho durdonasidir. Rayonning „Qorakoʻl“ va „Zalxa koʻllari“ sohillarida, „Ayichinqilli“ va „Parichinqilli“ togʻlaridagi qoyalardagi tasvirlar 1968-yildan oʻrganila boshlangan. 1976-yilda Kalbajar qoya tasvirlari joylashgan hudud yaqinidan Ozarbayjondagi ilk yashash maskani turar joy topildi. Uning diametri taxminan 20 metr boʻlib doiraviy shaklga ega. Murakkab tuzilishga ega boʻlgan bu uyning devorlari (qalinligi 2 metrga qadar) qoya parchalaridan va soy toshlaridan bunyod etilgan. Bu yashash maskanidan oʻsha davrga oid, yaʼni miloddan avvalgi 3 ming yillikka doir ashyolar, tosh va temirdan yasalgan pichoqlar va boshqalar topilgan. Bu yerdagi qoyatoshlarga bitilgan tasvirlar bronza davrida yashagan odamlarning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayoti haqida keng tasavvur beradi.

Armaniston Qurolli Kuchlari tomonidan ishgʻol qilinishi Kalbajar 1993 yil 3 aprelda Armaniston qurolli kuchlari tomonidan ishgʻol qilingan.

thumb|left|300px|Ozarbayjoning Kalbajar qochqinlari 1993 yil 23 martdan 3 aprelgacha 10 kundan ortiq davom etgan shiddatli janglarda, 701-harbiy qism, Kalbajar koʻngillilari va vertolyotlari 15 marotaba ustun boʻlgan dushman kuchlari bilan qamal ostida jang qildilar, 450 dan ortiq jangchilarni yoʻqotgan holda 60 ming kalbajarlini evakuasiya qilishga muvaffaq boʻldilar. Urushda halok boʻlgan qahramonlarimiz Kalbajar tuprogʻiga dafn etilganlar.

Kalbajar ishgʻolidan soʻng 3205 raqamli BMT Xavfsizlik kengashining 822-sonli qarori qabul qilindi. Qarorda ishgʻol qiluvchilarning Kalbajar va Ozarbayjonning boshqa bosib olingan hududlaridan chiqib ketishi darhol talab qilingan. Ammo shunday boʻlishiga qaramasdan qaror boʻyicha hech qanday majburiyatlar bajarilmadi.

Kalbajar rayonining aholisi Ozarbayjon Respublikasining 56 rayon va shahrining 707 ta yashash mintaqasida qochqinlikda hayot kechirmoqda. Kalbajar rayoni hududida qolgan 13.000 ta uy-joy, 37.852 gektar oʻrmon talon-toroj qilingan. BMT va ATATning prinsiplariga zid oʻlaroq 1999-yildan Kalyuajar rayoni hududida armanlarning turar-joylarda yashash uchun koʻchib kelishi boshlandi.

1993-yilgi hisob-kitoblarga koʻra Kalbajar iqtisodiy jihatdan 703 milliard 528 million rubl zarar koʻrgan. Ishgʻol natijasida Kalbajardan 53.340 nafar odam chiqarildi, 511 nafar tinch aholi oʻldirildi, 321 nafari esa asirga olindi.

Ozarbayjon Quroli Kuchlari tomonidan ozod etilishi 2020 yil 15 noyabr kuni Kalbajar tumani ishgʻoldan ozod qilindi. Bayonotga koʻra, 15 noyabrda topshirishga qaror qilingan, ammo Armaniston tomonining Rossiya vositasida Ozarbayjondan iltimosiga binoan bu muddat 25 noyabrga qadar uzaytirildi. Buning sababi hudud relyefining murakkabligi, maydonning kattaligi va insonparvarlikdir.

Armaniston aholisi magʻlubiyatga rozi boʻla olmagan holda mintaqada Ozarbayjonga qarshi ekologik terroristik harakatlarni amalga oshirdi, bu erdan chiqib ketayotgan armanlar oʻrmonlar bilan bir qatorda uylarini ham yoqib yuborishdi.

Nihoyat, 2020 yil 25 noyabrda imzolangan uch tomonlama Deklaratsiyaga binoan Kalbajar tumani ishgʻoldan ozod qilindi, Ozarbayjon Respublikasi Qurolli Kuchlari mintaqaga kirib, nazoratni oʻz qoʻliga oldi.

Geografik joylashuvi Relefi togʻli. Murovtogʻ (Gamishtogʻ 3724 m, Buyuk Hinoltogʻ 3367 m), Sharqiy Goʻycha, Mixtoʻkan,Qorabogʻ tizmasining va Qorabogʻ vulqon platosining (Dalitogʻ 3616 m) bir qismi hisoblanadi. Yura, Tabashir, Paleogen, Neogen, Antropogenin choʻkma, vulkonogen- choʻkma va vulqon jinslar keng yoyilgan.

Iqlimi: Hududining baland togʻli qismida qishi quruq, sovuq va togʻ tundra iqlimi ustunlik qiladi. Yanvar oyida oʻrtacha tempiratura −3 °C -dan −10 °C-ga qadar, iyulda 5 °C-dan 20 °C -ni tashkil qiladi. Yillik yogʻin miqdori 700-900 mm.

Daryo va koʻllari: Tartar oʻlkamizning eng katta daryolaridan biri boʻlib, uning yuqori oqim qismi (Levdaryo, Tutqundaryo), Bozordayo, Xachindaryo rayon hududidan boshlanadi. Katta va Kichik Olakoʻllar, Zalxakoʻl va Sarsang suv ombori rayon hududida joylashgan.

Tuproq turlari: chimli, qahvarang va qoʻngʻir, togʻ-oʻrmon tuproq turlari keng tarqalgan.

Oʻsimlik olami: Rayonning markazi va sharqiy qismlarida kichikbargli oʻrmonlar (eman, yongʻoq), oʻrmon-choʻl oʻrmonlari, baland va qisman oʻrta togʻlik hududlarida esa muhitga mos oʻsimliklar keng tarqalgan.

Hayvonot olami: Rayon hududida togʻ echkisi, qoʻngʻir ayiq, choʻl toʻngʻizi, dala, togʻ sharoitida yashovchi qush va hayvonlar keng uchraydi.

Foydali qazilmalari: oltin, simob, qum, shagʻal, ohak toshi, mineral suv va boshqalar

Maʼmuriy-hududiy birligi AzStatning 2013- yilgi bergan maʼlumotlariga qaraganda, rayon hududida 147 ta aholi punktlari, jumladan, 1 shahar, 1 shaharcha, 145 ta qishloq joylashgan. Ular orasida 46 ta maʼmuriy hududlar, jumladan, 1 ta shahar, 1 ta shaharcha va 44 ta qishloq joylari mavjud. Kalbajar respublikadagi beshta mintaqadan biridir (Quba, Sheki, Ismoyilli, Tovuz va Kalbajar).

AzStat tomonidan 2009 yil 13-22 aprel sanasida aholini roʻyxatga olish ishlarining yakunlariga koʻra, doimiy roʻyxatga olinganlar soni 80.769 nafardir.

Aholisi Asosiy maqolalar: Ozarbayjon aholisining roʻyxatga olinishi (1999) va Ozarbayjon aholisining roʻyxatga olinishi (2009)

Aholisi (2020): 77003 nafar. Aholi zichligi (nafar / 1 km²) 39,66 nafar Shahar aholisi: 11 ming 766 nafar. Qishloq aholisi: 65 ming 237 nafar. Erkaklar soni: 38 ming 396 nafar Ayollar soni: 38 ming 607 nafar Maydoni 3054 kv kilometr Qorabogʻ muhorabasi nogironlari soni −75 nafar Shahid oilalari soni − 488 oila Majburiy koʻchkinlar soni — 66985 nafar

Aholisi 1 yanvar 2020 sanasidagi maʼlumatga asosan 77.003 ming nafar, shu jumladan Boku shahrida13,6%, Ganja shahrida 21,7%, Yevlax rayonida 5%, Absheron rayonida 5,4%, Barda rayonida 9,1%, Goranboʻy rayonida 12%, Goʻygoʻl rayonida 7,7%, Tartar rayonida 5,4%, boshqa 46 shahar va rayonda 20% ni tashkil qilgan holda vaqtincha joylashgan.

2019-cu ilin oxiridan boshlab ishgʻol ostidagi Kalbajar rayoni hududida ishgʻolchi davlat — Armaniston tomonidan qayriqonuniy yashash maskani qurilishga boshladi.

Etnik tarkibi thumb|left|Kalbajar tumanining togʻlari|300px