Rahmon Nabiyevich Nabiyev (; 5-oktyabr 1930 – 11-aprel 1993) – Tojikistonning birinchi prezidenti (1991-1992-yil)Ot Gafurova do Raxmona: Vzglyad na zaslugi pyati rukovoditeley Tadjikistana.

Biografiyasi Sugʻd viloyati Gafurov tumani Shayxburxon qishlogʻida tugʻilgan.

1946-yilda fermer xoʻjaligi ishchisi.

1954-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyasi institutini tugatgan.

1954-1955 – Xoʻjand mashina-traktor stansiyasi (MTS) bosh muhandisi.

1956-1960 – Xoʻjand taʼmirlash-texnik stantsiyasida bosh muhandis, soʻngra 1959-yilda direktor, Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi „Tajikselxozximiya“ uyushmasi raisi.

1961-yildan – Tojikiston Kommunistik partiyasi boshqarma boshligʻi.

1971—1973 —Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi vaziri .

1973—1982 – TSSR Ministrlar Soveti Raisi.

1982—1985 – Tojikiston Kommunistik partiyasi 1-kotibi. 1985-yilda spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgani uchun lavozimidan ozod etildi.

1986-1991 – Tojikiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish jamiyati Markaziy Kengashi Prezidium raisi.

1976-1986 – KPSS Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi.

1990-yil Respublika Oliy Soveti Deputati etib saylandi va 1991-yil sentyabr oyida Oliy Sovet Raisi boʻldi.

1991-yil 24-noyabrda Tojikiston prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyev 56,92% ovoz bilan gʻolib boʻldi. 21-dekabrda Rahmon Nabiyev MDHni tuzish haqidagi Olmota deklaratsiyasiga imzo qoʻydi.

1992-yil 2-mart kuni Tojikiston BMTga aʼzo boʻldi. 15-may kuni Toshkentda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bitimini imzoladi.

1992-yilda mamlakatda boshlangan fuqarolik urushi natijasida muxolif kuchlar Nabiyevga bosim oʻtkazishgan. 11-may kuni muxolifat bosimi ostida, Nabiyev bilan koalitsion hukumat tuzish uchun kelishib olindi. 7-sentyabr kuni Nabiyev isteʼfoga chiqdi.

1993-yil 11-aprelda Xoʻjanddagi uyida yurak xuruji natijasida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti bitiruvchilari Turkum:Tojikiston davlat rahbarlari Turkum:Xoʻjandda dafn etilganlar Turkum:Tojikiston SSR Vazirlar Kengashi raislari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar