Stephen William Hawking (; 8-yanvar 1942 — 14-mart 2018) ingliz nazariyotchi fizigi, kosmologi, yozuvchi va Kembrij universiteti Nazariy kosmologiya markazi tadqiqot direktori boʻlgan.„Centre for Theoretical Cosmology: Outreach Stephen Hawking“About Stephen. Stephen Hawking vebsayti. Ilmiy ishlari sirasiga Roger Penrose bilan birga kashf etgan gravitatsiya singularligi teoremalari hamda qora tuynuk nurlanishi (Hawking nurlanishi) hodisasining matematik asosi (prognozi) kiradi. Hawking birinchi boʻlib kosmologiyani umumiy nisbiylik nazariyasi va kvant mexanika bilan izohlovchi nazariya qurishni taklif etdi. U kvant mexanikaning koʻp olamlar talqini tarafdori edi.Gardner, Martin (September/October 2001). „Multiverses and Blackberries“. „Notes of a Fringe-Watcher“. Skeptical Inquirer. Volume 25, No. 5.Price, Michael Clive (February 1995). „THE EVERETT Fanlar akademiyasiQ“ . Department of Physics, Washington University in St. Louis. Retrieved 17-dekabr 2014-yil.

Bundan tashqari, Hawking Qirollik sanʼat jamiyati va Rim papasi fanlar akademiyasi aʼzosi boʻlgan, Amerika Qoʻshma Shtatlari prezidenti tomonidan Ozodlik medali bilan taqdirlangan. 2002-yilda BBC oʻtkazgan „100 eng buyuk britaniyalik“ soʻrovida 25-oʻrin olgan. 1979—2009-yillar orasida ilmiy-ommabop kitoblar yozgan. Ayniqsa uning „A Brief History of Time“ kitobi bir necha bor bestseller boʻlgan.

Hawking kam uchrovchi motor neyron kasalligi bilan ogʻrigan (bu kasallik biqin amiotrofik sklerozi va Lou Gehrig kasalligi nomlari bilan ham maʼlum), shu sababli umrining oxirigacha falaj yashadi. Falajlik ortidan gapirish qobiliyatini yoʻqotgach, u faqatgina nutq sintezatori orqali aloqa qila olar edi. Hawking 2018-yil 14-martida 76 yoshda vafot etdi.„Stephen Hawking Dies at 76; His Mind Roamed the Cosmos“, The New York Times

Manbalar

Havolalar

Turkum:Fiziklar