Kersti Kalyulayd (; 30-dekabr 1969-yil, Tartu, Estoniya, SSSR) – estoniyalik siyosatchi, 2016-2021-yillarda Estoniyaning beshinchi prezidenti boʻlgan va mamlakat 1918-yilda mustaqillikni eʼlon qilganidan beri birinchi va yagona ayol davlat rahbariFormer European auditor Kersti Kaljulaid elected president of Estonia Estonian World, 2 October 2016. Retrieved 3 October 2016.. U saylangan paytda 46 yoshda boʻlgan va bu bilan eng yosh prezident ham hisoblanadi{url=https://www.riigikogu.ee/en/agenda/election-of-the-president-of-the-republic/|title=Alar Karis was elected President of the Republic|publisher=www.riigikogu.ee|date=2021-10-11}.

Yevropa Auditorlar sudida Estoniya vakili boʻlib ishlagan Kaljulaid 2016-yilgi Estoniya prezidentligi saylovi poygasiga avvalgi beshta muvaffaqiyatsiz urinishdan soʻng oltinchi turda kirdi. 2016-yil 30-sentyabrda koʻpchilik parlament partiyalari tomonidan prezidentlikka qoʻshma nomzod va oltinchi turga yagona rasmiy nomzod sifatida koʻrsatilgan. Kaljulaid 2016-yil 3-oktyabrda 81 ovoz va 17 betaraf ovoz bilan prezidentlikka saylangan ediKersti Kaljulaid sai 81 häälega uueks Eesti presidendiks ERR, 3 October 2016 (in Estonian). Retrieved 3 October 2016.

Biografiyasi 1987-yilda Tallindagi 44-oʻrta maktabni tamomlaganTallinna Mustamäe Gümnaasiumi vilistlased (in Estonian). Retrieved 30 September 2016.. Oʻqish paytida ornitologiya boʻyicha ixtisoslashgan Talabalar ilmiy uyushmasining aʼzosi ediKaljulaid, K. (1986) Vainurästa (Turdus ilacius) pesitsusbioloogiast Eestis. In: Eesti NSV Õpilaste Teadusliku Ühingu VI teaduskonverentsi teesid, Tallinn, p. 24 (in Estonian). 1992-yilda Tartu universitetini biolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlaganKersti Kaljulaid. „The improvement of the management system of state-founded foundations“ in ETIS, the Database of Estonian Science (in Estonian) Accessed on 30 September 2016.. Estoniya talaba qizlar birlashmasi aʼzosi boʻlgan. 2001-yilda Tartu universitetini biznes menejmenti boʻyicha diplomi bilan tamomlagan. Uning dissertatsiyasi „Davlat asos solgan fondlarni boshqarish tizimini takomillashtirish“ deb nomlanganProshla v damki. Kak Estoniya vnezapno cherez pyat nedel vibrala sebe prezidentaTallinna Mustamäe Gümnaasiumi vilistlased .

1996-yildan 1997-yilgacha davlatga tegishli Eesti Telefon telekom kompaniyasida savdo menejeri va 1997-yildan 1998-yilgacha Hoiupanga Investeeringute AS kompaniyasida loyiha menejeri boʻlganKersti Kaljulaid. „The improvement of the management system of state-founded foundations“ in ETIS, the Database of Estonian Science (in Estonian) Accessed on 30 September 2016.. 1999-yilgacha Hansabankning Hansabank Markets investitsiya banki boʻlimida ishlagan . 1999-yildan 2002-yilgacha Kaljulayd Estoniya Bosh vaziri Mart Laarning iqtisodiy maslahatchisi boʻlib ishlagan. 2002-yildan 2004 yilgacha Eesti Energia davlat energetika kompaniyasining shoʻba korxonasi Iru Power Plant direktori boʻlganETIS (in Estonian). Estoniyada elektr stansiyasini boshqargan birinchi ayol ediFormer European auditor Kersti Kaljulaid elected president of Estonia Estonian World, 2 October 2016. Retrieved 3 October 2016..

2004-yilda, Estoniya Yevropa Ittifoqiga qoʻshilgach, Kalyulayd mamlakatning Yevropa auditorlik sudidagi vakili etib tayinlandiFormer European auditor Kersti Kaljulaid elected president of Estonia Estonian World, 2 October 2016. Retrieved 3 October 2016.. 2011-yildan buyon Kaljulaid Tartu universiteti boshqaruvi raisi hisoblanadiTartu Ülikooli nõukogu esimeheks sai Kersti Kaljulaid, University of Tartu’s press release, 2011 (in Estonian). Retrieved 30 September 2016..

2004-yildan 2016-yilgacha Yevropa hisob palatasi aʼzosi. 2016-yildan rivojlanishni monitoring qilish kengashi raisi. 2016-yil 27-sentyabr kuni prezidentlikka nomzod boʻldi. 3-oktyabrda prezident etib saylandi. 10-oktyabrda president sifatida qasamyod qildi. Forbes jurnalining Dunyoning eng qudratli ayollari roʻyxatida 78-oʻrinni egallaganhttp://rus.delfi.ee/daily/estonia/kalyulajd-stala-pervoj-estonkoj-v-spiske-samyh-vliyatelnyh-zhenschin-mira-po-versii-forbes?id=80040290.

2021-yilda Kaljulaid Jahon bankining Jahon taraqqiyoti hisoboti uchun maslahat kengashida ishlaganWDR 2021 World Bank.. 2022-yildan boshlab Keyt J. Krach bilan birgalikda Atlantika kengashi va Purdue universiteti qoshidagi Krach Texnik diplomatiya instituti tomonidan birgalikda tashkil etilgan texnologik avtoritarizmdan ozodlikni himoya qilish boʻyicha Global Texnik xavfsizlik komissiyasiga hamraislik qilmoqdaAtlantic Council and Krach Institute for Tech Diplomacy at Purdue Launch Global Tech Security Commission Atlantic Council, press release of 26 May 2022..

Manbalar

Havolalar Ofitsialniy sayt Prezidenta Estonskoy Respubliki Biografiya Kersti Kalyulayd SMI opublikovali foto Kersti Kalyulayd tridsatiletney davnosti

Turkum:Ayol prezidentlar Turkum:Yashayotgan insonlar