Sigmundur Davíð Gunnlaugsson (; 12-mart 1975) – Islandiya davlat va siyosat arbobi. 2017-yildan Markaz partiyasi, 2009-2016-yillarda Taraqqiyot partiyasi raisi. 2009-yildan beri Althing aʼzosi. 2013-yil mayidan 2016-yil apreligacha Islandiya bosh vaziri . .
Biografiyasi 1975 yilda Reykyavikda tugʻilgan. Uning otasi bir necha bor oʻz mamlakati parlamentiga saylangan va turli mamlakatlarda Icelandair aviakompaniyasi vakili sifatida ishlagan. 1982-1985-yillarda AQSh poytaxti Vashingtonda yashagan, otasi Jahon bankida ishlaganVíkingur og vaskur til verka , Morgunblaðið, 7. október 2004 bei: mbl.is.
Maktabni tugatgach, Islandiya universitetida iqtisod boʻyicha tahsil oldi. Moskva va Kopengagenda ishlagan. Oksford universitetida oʻqishni tamomlagan. 2000-2007-yillarda davlat radiostansiyasida ishlagan.
2009 yilgi parlament saylovlarida „Taraqqiyot“ partiyasi magʻlubiyatga uchragach, ushbu partiyani boshqargan. Shimoliy Reykyavik saylov okrugidan Althing uchun saylangansigmundur kjorinn formadur , Artikel von 18.01.2009 bei mbl.is. 2013-yil aprel oyidagi saylovlarda Taraqqiyot partiyasi parlamentda yetakchilik qilgan edi. Mustaqillik partiyasi ham shuncha deputat oldiWahlergebnisse der isländischen Parlamentswahl 2013. bei mbl.isErdrutsch bei Parlamentswahlen, Artikel vom 28.04.2013 bei icelandreview.
2013-yil 30-aprelda Islandiya prezidenti Olavur Ragnar Grimsson Sigmundurga hukumatni tuzish mandatini berdiRegierungsbildung und Parlamentarier , Artikel vom 30.04.2013 bei icelandreview.
2013-yil 23-mayda Islandiya parlamenti mamlakatning yangi bosh vazirini tasdiqladi. Sigmundur dunyodagi eng yosh davlat va hukumat rahbarlaridan biri, mustaqillikka erishganidan beri Islandiyaning eng yosh bosh vaziriga aylandi. 2 haftadan soʻng yangi hukumat qasamyod qildiIceland Review Online: Daily News from Iceland, Current Affairs, Business, Politics, Sports, Culture.
Yangi bosh vazirning birinchi qadamlari Islandiyaning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilishi boʻyicha muzokaralar jarayonini toʻxtatish edi. Uni qayta tiklash masalasi umumxalq referendumidan keyin hal etilishi kerak edi.
2016-yil aprel oyida Panama hujjatlari bilan bogʻliq janjal markazida boʻldi. Maʼlum boʻlishicha, uning rafiqasi Britaniya Virjiniya orollarida roʻyxatdan oʻtgan ofshor kompaniyalari egasi boʻlgan. 2016-yil 4-aprel kuni kechqurun Islandiyada uning isteʼfosi uchun katta mitinglar yigʻildi. 5-aprelda Sigmundur isteʼfoga chiqdi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar