Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali – muhandislik texnologiyalari, geologiya, iqtisodiyot, texnika sohalarida mutaxassislar tayyorlovchi Toshkent davlat texnika universitetining Fargʻona vodiysidagi ilk va hozircha yagona filialidir.{ "type": "FeatureCollection", "features": [
"type": "Feature", "properties": {}, "geometry": { "type": "Point", "coordinates": [ 70.971428, 40.543081 ]
] }alt=TDTU Kokand logo|thumb|Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali logotipi
Tarixi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filialini tashkil etish toʻgʻrisida“gi 2018-yil 22-sentyabrdagi 754-son qaroriga asosan tashkil qilingan.
Vazifalari Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilangan:
– sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, muhandislik ishi hamda ishlab chiqarish texnologiyalari sohalari uchun, xususan, elektronika va asbobsozlik, materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi, texnologik mashinalar va jihozlar, elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali kadrlarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni taʼminlash;
– iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilgʻor xorijiy texnologiyalarni sinab koʻrish va joriy etishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;
– kadrlar buyurtmachilari takliflari hamda xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarining tajribasini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
– oʻquv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish, taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida ishlab chiqarish va qayta ishlash sohalaridagi respublika va xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikda aloqalarni rivojlantirish;
– respublika va xorijiy oliy taʼlim muassasalari va ilmiy markazlariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktaranturaga muntazam yuborish orqali filialning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish.alt=direktor|thumb|Muzaffar Saminjonovich Maksudov – 2023-yil 26-dekabrdan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Qoʻqon filiali direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi.
Bakalavriat yoʻnalishlari
+№ShifrTaʼlim yoʻnalishining nomiKunduzgiSirtqi160310100Iqtisodiyot + +260411200Menejment + +360711400Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish + +560710100Kimyoviy texnologiya + +660712500Transport vositalari muhandisligi + +760720600Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi + +860711200Elektronika va asbobsozlik + +960712000Elektron apparaturalar ishlab chiqarish texnologiyasi + +1060720700Texnologik mashinalar va jihozlar + +1160710700Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari + +1260722500Geodeziya, kartografiya va kadastr + -1360721200Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi + -
Magistratura yoʻnalishlari +№ShifrTaʼlim yoʻnalishining nomi170710101Kimyoviy texnologiya (Ishlab chiqarish turlari boʻyicha)270721402Texnologiyalar va jihozlar (Turlar boʻyicha)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:Qoʻqon