Pridnestroviya Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi, Pridnestroviya Moldaviya SSR (; ) — Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning biri. 1990–1991-yillarda mavjud boʻlgan. Respublikani 1990-yilda Moldaviya SSR SSSRdan ajralib chiqishini anglab yetib, bunga qarshi chiqqan sovetparast ayirmachilar tuzgan. Pridnestroviya Moldaviya SSRni na Moskva, na Kishinyov rasman sovet respublikasi oʻlaroq tan olmagan.

1991-yil Pridnestroviya Moldaviya SSR oʻrnida Pridnestroviya Moldaviya Respublikasi tuzilgan. Pridnestroviya Moldaviya SSR ayrim manbalarda Sovet Pridnestroviyasi yoki shunchaki Pridnestroviya deb yuritiladi.

Turkum:Pridnestroviya Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi Turkum:Sovet Ittifoqi respublikalari Turkum:Sobiq sotsialistik respublikalar