Murod Nazarov – oʻzbekistonlik tadbirkor. Murad Buildings qurilish kompaniyasi asoschisiMurod Nazarov: „Hayotim poydevorini yoshlikdan qurganman“.

Biografiyasi Murod Nazarov 16-noyabr 1980-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Murod Nazarov oilada katta oʻgʻil boʻlib,1994-yil otasidan ayriladi. Murod Nazarov 1987—1997-yillar oraligʻida oʻrta maktabda oʻqiydi. Oʻrta maktabni tugatgach, 1997—2001-yillarda Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutiga talabalikka qabul qilinadi va shu 2000-2001 yili bir vaqtning oʻzida Yaponiyaning TSUKUBA universitetida ham oʻqiydi. 2003-2005 yillar Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini magistraturasini ham tamomlaydi. U Kelgusida Samarqand viloyatida keng koʻlamli ish olib bormoqchi Sobit akasi bilanNazarov’ning boyligi qancha?savol-javob.com.

Shaxsiy hayoti Murod Nazarov oilali, 14 nafar farzandning otasi. Turmush oʻrtogʻi Umida Nazarova bilan 2002-yilda turmush qurgan va 3 qiz 2 oʻgʻil farzand koʻrgan. 2021-yilning soʻnggi kunlarida Nazarov Toshkent shahridagi,,Mehribonlik uyi" dan 9 nafar (2 oʻgʻil 7 qiz) bolani oʻz tarbiyasiga oldi. Nazarov hozirda 14 nafar farzandlarning baxtli otasi.Murod Nazarov Mehribonlik uyidan 9 nafar qiz asrab oldiqalampir.uz.

Faoliyati 2003—2013-yil „ISA NABI“ MCHJ taʼsischisi va bosh direktori. 2010—2015-yil „AVALON GROUP“ MCHJ taʼsischisi va direktori 2014 „Murad Buildings“ brendi taʼsischisi va mazkur brend ostida faoliyat olib boruvchi qator kompaniyalarning bosh maslahatchisi. 2015-yil „FRANCHISING INVEST“ MCHJ taʼsischisi va direktorifirm to build Central Asiaʼs tallest skyscraper. 2017-yil „MURAD BUILDINGS“ xususiy korxonasi taʼsischisi va direktori. 2019-yildan Toshkent shahar kengashi deputati.

Mukofotlar 2011-yil "Oʻzbekiston Mustaqilligiga 20 yil" esdalik nishoni. 2017-yil "Oʻzbekiston" koʻkrak nishoni. 2017-yil „Shuhrat“ medali. 2020-yil „Mehr-Saxovat“ koʻkrak nishoni.

Manbalar

Havolalar Murod Nazarov YouTube Murod Nazarov Facebook Murod Nazarov Instagram Murod Nazarov Telegram

Turkum:Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchilari