Elena Alexandra Apostoleanu (; 16-oktyabr 1986-yilda tugʻilgan) Inna taxallusi ostida tanilgan rumin qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. Mangaliada tugʻilib, Neptunda oʻsgan Inna Ovidius universitetida siyosatshunoslik boʻyicha tahsil olgan. Keyinchalik, rumin triosi boʻlmish Play & Win musiqiy guruhi bilan uchrashib, musiqada oʻz karyerasini davom ettiradi. 2008-yilda u „Alessandra“ taxallsuini oldi; keyinchalik, bu nomni „Inna“ga oʻzgartirdi. Uning „Hot“ (2008) nomli debyut singli umumjahon boʻylab tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozonib, Romaniya va Billboard Hot Dance Airplay chartlarida yuqori pogʻonalardan oʻrin oldi. Inna 2009-yilda ilk studiyaviy albomi — Hotni chiqardi hamda bu albom uchun oltin va platina sertifikatlarni oldi. Albomning „Amazing“ (2009) ashulasi xonandaning Ruminiyada musiqiy chartlarda birinchi oʻrinni band etgan ikkinchi singli boʻldi.

Inna 2011-yilda ikkinchi albomi boʻlmish I Am the Club Rockerni ommaga taqdim etib, albomdagi „Sun Is Up“ (2010) singli ortidan global miqyosda shuhrat qozondi. Hatto, ushbu ashula Eurodanceweb Awardga loyiq koʻrildi, buning ortidan Inna bu mukofotga sazovor boʻlgan ilk va yagona rumin qoʻshiqchisiga aylandi. 2011-yilga kelib, Inna eng yuqori haq toʻlanuvchi rumin va Sharqiy Yevropa artisti, deb eʼlon qilindi. Uning keyingi studiyaviy albomi sanalmish Party Never Ends (2013) ikki yil ketma-ket „Eng yaxshi albom“ nominatsiyasida Romanian Music Awardsga nomzod boʻldi hamda Meksika musiqiy chartlarida top oʻntalikka kirdi. Albomdagi Daddy Yankee bilan birgalikda ijro etilgan „More than Friends“ ashulasi hit qoʻshiq boʻldi. 2014-yilda Inna Atlantic Records bilan shartnoma imzoladi va J Balvin bilan birgalikda ijro etilgan „Cola Song“ qoʻshigʻini chiqardi. Ashula tijorat jihatdan muvaffaqiyat qozondi.

Innaning toʻrtinchi va oʻzining ismi bilan nomlangan albomi 2015-yilning oktyabrida chiqarildi. Undagi „Diggy Down“ ashulasi qoʻshiqchining Ruminiya musiqiy chartlarida birinchi oʻrinni band etgan uchinchi singli boʻldi. 2017-yildan boshlab, Inna Vocea României Junior isteʼdodlar shousida Andra va Marius Moga bilan birgalikda hakamlik qildi. Shu yili Nirvana nomli beshinchi albomini chiqardi. Albom Romaniya va Turkiya kabi Yevropa mamlakatlari xit-paradlarida yuqori oʻrinlarni egalladi. U 2018-yilda Roc Nation bilan shartnoma imzoladi hamda oltinchi studiyaviy albomi Yoni 2019-yilning mayida chiqardi. Yettinchi studiyaviy albomi — Heartbreakerni 2020-yilning noyabrida chiqardi.

Ilk uch studiyaviy albomi umumjahon boʻylab toʻrt million nusxada sotilgani ortidan Inna eng koʻp albomini sotgan artist boʻldi. U koʻplab yutuqlarga, jumladan Balkan Music Awards, European Border Breakers Award, MTV Europe Music Awards va Romanian Music Awardsga sazovor boʻlgan. Inna inson huquqlari faoli boʻlib, oiladagi zoʻravonlikka qarshi aksiyalarda qatnashadi, bolalar va LGBT huquqlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

thumb|200px|right|Inna Sopot Hit festivalida (2009-yil avgust) thumb|upright|right|170px|Inna Sickotoy va Elvana Gjata bilan birgalikda ijro etilgan „Papa“ ashulasi uchun video klip suratga olish jarayonida (2021)

Diskografiyasi Hot (2009) Hot Love Nights and days Fever Left Right Amazing Donʼt let the music die On & on Ladies Déjà vu (feat. Bob Taylor) I Am the Club Rocker (2011) Un momento (feat. Juan Magán) Club Rocker House is going on Endless Sun is up Wow Señorita Weʼre going in the club July No limit Put your hands up Moon girl Party Never Ends (2013) In your eyes (feat. Yandel) We like to party More than friends (feat. Daddy Yankee) Fall in love/lie Shining star Take me down to Mexico Famous Take it off Tonight J’adore Caliente Crazy sexy wild INNDIA OK Live your life Party never ends Inna (2015) Heart Drop Bamboreea (feat. J-Son) Bad Boys Too Sexy Bop Bop (feat. Eric Turner) Rendez Vous Yalla Walking on the Sun Fool Me Body and the Sun Salinas Skies Devil’s Paradise Diggy Down (feat. Marian Hill) Low Tell Me Diggy Down (Piano Extended) Sun Goes Up Summer in December (feat. Morandi) Body and the Sun (2013) Too Sexy Bop Bop (feat. Eric Turner) Rendez Vous Cola Song (feat. J Balvin) Yalla Walking on the Sun Fool Me Body and the Sun Salinas Skies Devil’s Paradise Diggy Down (feat. Marian Hill) Low Tell Me Diggy Down (Piano Deluxe) Sun Goes Up Take Me Higher Good Time (feat. Pitbull) Summer in December (feat. Morandi) Take Me Higher (Embody Remix) Nirvana (2017) Ruleta (feat. Erick) Gimme Gimme My Dreams Tropical Hands Up Nirvana Donʼt Mind Lights Dream About the Ocean Nota de plata (feat. The Motans) Cum ar fi? Tu si eu (feat. Carla's Dreams) Yo (2019) Ra Contigo Iguana Sí, mamá Sin ti Locura Fuego Tu manera La vida Gitana Te vas

Manbalar

Havolalar

Rasmiy sayti

Turkum:1986-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rumin qoʻshiqchilari Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:LGBT huquqlari faollari