thumb|right|"Xitoy" soʻzi () anʼanaviy va soddalashtirilgan koʻrinishlarda

Iyerogliflarni soddalashtirish () — Xitoy Xalq Respublikasida, keyinroq boshqa davlatlarda ham yozuvning yangi normalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish jarayonidir. Islohotlar doirasida ancha murakkab koʻrinishdagi 2235 ta iyeroglifning koʻrinishi oʻzgartirilgan.

Tarixi Iyeroglifik yozuvni soddalashtirish XX asr boshlarida taklif qilingan, murakkab yozuv Xitoyning iqtisodiy qoloqligiga sabab qilib koʻrsatilgan , aslida soddalashtirilgan iyerogliflardan avval ham, asosan tez yozishda foydalanilgan. Soddalashtirilgan belgilarni qonuniylashtirishga urinishlarning birinchi bosqichi — 1851—1864-yillar oraligʻida Taypinlar qoʻzgʻoloni (1850-1865) davrida boshlangan. Shu davrda xalq orasida tarqalgan soddalashtirilgan iyerogliflardan muhr, hujjatlar va kitob chop etishda ham foydalanilgan. Bundan tashqari iyerogliflarni soddalashtirishning koʻplab variantlari yaratilgan. Ularning barchasi ham iyerogliflarning „olti kategoriyasi“ga mos kelmagan. Bu soddalashtirilgan iyerogliflarning koʻpi „Xitoy iyerogliflarini soddalashtirish dasturi“ga kirgan. 1930 — 1940-yillar yapon okkupatsiyasi davrida yapon iyerogliflarini soddalashtirsh bilan birga parallel ravishda iyerogliflarni soddalashtirish tizimli dasturi boshlangan. Soddalashtirilgan iyerogliflar Xitoyda deyiladi.

XXRda iyerogliflarni soddalashtirish boʻyicha rasmiy taklif () 1956-yil eʼlon qilingan . Bu roʻyxatdagi soddalashtirilgan iyerogliflar qisman yapon sindzitayi bilan muvofiq edi, Xitoy hukumati uning oʻrniga ancha kengaytirilgan roʻyxatni taqdim etdi. Soddalashtirilgan iyerogliflarning maqomi 1964-yil eʼlon qilingan „Soddalashtirilgan iyerogliflarning umumiy jadvali“ () orqali rasmiylashtirildi. Unda 2238 ta iyeroglifning soddarogʻi bilan oʻzgartirilgan roʻyxati bor edi.

1975-yil tahrirlashning ikkinchi bosqichi tayyorlandi (), unga koʻra yana 248 ta iyeroglif soddalashtirilgan va yana 605 tasi boʻyicha fikr-mulohazalar soʻralganSecond Stage Simplifications 第二次汉字简化方案(草案). 1977-yildan „Jenmin jibao“ kabi nufuzli gazetalar ikkinchi bosqichda soddalashtirilgan iyerogliflardan foydalana boshlaganlar. Lekin yuzaga kelgan tushunmovchiliklar oqibatida hukumat avval maktablarni va nashriyotlarni yangi soddalashtirishdan foydalanmaslikka chaqirishga majbur qilgan. 1986-yil 24-iyundan ikkinchi bosqichdagi soddalashtirish butunlay bekor qilingan. Yana qayta 1964-yilgi standart qabul qilingan lekin ikkinchi bosqichda soddalashtirilgan uchta iyeroglif istisnoviy holda saqlab qolingan . Shu alfozda 2235 ta soddalashtirish qolgan. Oʻsha yilning 10-oktabrida bundan keyingi soddalashtirishlar juda ehtiyotkorlik bilan oʻtkazilishi eʼlon qilingan:s:zh:简化字总表.

1969-yilda Singapur xalq taʼlimi vazirligi 502 ta oʻrniga 498 ta soddalashtirilgan iyeroglifni qabul qildi (ayrim anʼanaviy iyerogliflar qoʻshib yuborilgandi). 1974-yilda 2287 ta iyeroglifni soddalashtirish boʻyicha tahrirlashning yangi bosqichi boshlandi. 1976-yilda yana ayrim oʻzgarishlarga qoʻl urildi. 1993-yil esa 1986-yilgi Xitoy tahrirlari qabul qilindi.

Malayziya 1981-yildan Xitoy amalga oshirgan oʻzgarishlarni qabul qildi. Tayvan, Makao va Gonkong hozir ham anʼanaviy iyerogliflardan foydalanadi. Xitoy (kandzi) iyerogliflaridan foydalanuvchi Yaponiya ham 1946-yilda ayrim iyerogliflarning yozilishini soddalashtirdi (soddalashtirish jarayoni 1930-yillardan boshlangan). Kandzidagi barcha tahrirlar ham Xitoy tahrirlari bilan mos kelavermaydi.

Koreya Respublikasida xancha nomi bilan yuritilgan Xitoy iyerogliflari xangil alifbosidan toʻliq chiqarib tashlangan. Shu sababli u yerda soddalashtirish amalga oshirilmadi. Koreya Xalq Demokratik Respublikasida esa rasman Xitoy iyerogliflaridan foydalanilmaydi.

Soddalashtirish tamoyillari 1952-yil Xitoy yozuvni tahrirlash tadqiqotlar qoʻmitasi iyerogliflarni soddalashtirishning asosiy tamoyili sifatida Lun Yuyning „rivojlantiramiz lekin oʻylab topmaymiz“, gapini iqtibos qilib olganlar.(). Izlanishlar natijasida soddalashtirishning quyidagi tamoyillari ishlab chiqildi: Udumlarga va oddiylikka amal qilish Standartlashtirish Iyerogliflarning turli yozilish variantlarini yoʻqotish Fonetik jihatlarga eʼtibor qaratish Imkon qadar ideogramm jihatlarni saqlab qolish Barqarorlik Amaliy jihatdan qulaylik Imkon qadar badiiylik Qoʻshimcha tarzda iyerogliflarning barqaror, xalqchil soddalashtirishlari va kamroq chiziqlarga ega boʻlgan koʻrinishlaridan foydalaniladi. Imkon qadar iyerogliflarning anʼanaviy koʻrinishlarini (elementlarini) saqlab qolishga boʻlgan urinishlarga qaramay, (asosan soddalashtirishning ikkinchi bosqichida) koʻplab yangi formalar yaratildi. Soddalashtirish usullari thumb|Koʻplab „soddalashtirilgan“ iyerogliflar (masalan: 猕, mi, 猕猴 mihou, „makaka“ soʻzida ishlatiladi) oʻtmishda standart iyeroglif varianti shaklida mavjud boʻlgan (獼). (Morrison lugʻati, ilk nashri tm. 1820-yillar) Iyerogliflar bir nechta usullar bilan soddalashtirilgan: Koʻp ishlatiladigan iyerogliflarning murakkab qismlarini oddiyroq shaklga almashtirish: → ; → ; → va hokazo. Fonetik tarkibiy qismlarini (komponentlarini) oʻzgartirish: → ; → ; → va hokazo. Tarkibiy qismlardan (komponentlardan) voz kechish: → ; → ; → va hokazo. Qiya (kursiv) kalligrafik yozilish shakllaridan foydalanish (): → ; → ; → va hokazo. Ancha sodda shaklga ega boʻlgan qadimiy iyerogliflardan foydalanish: → ; → ; → va hokazo. Belgi-belgi yangi kombinatsiyalarini yaratish: → ; → ; → va hokazo. Belgi-fonetik qism yangi kombinatsiyalarini yaratish: → ; → ; → va hokazo. Iyeroglifni xuddi shu yoki oʻxshash tovushni ifodalaydigan boshqa iyeroglif bilan almashtirish: → ; → ; → va hokazo. Bir nechta iyerogliflarni qoʻshıb, oddiyroq yoziladigan shaklga keltirish: va → ; va → va hokazo. Iyerogliflarda koʻp uchraydigan tarkibiy qismni (komponentni) soddalashtirish: → ; → ; → va hokazo (bu qoidada ikkita istisno bor — asosiy belgisi „darvoza“ () boʻlgan „ochish“: → va „yopish“ → , iyerogliflari toʻligʻicha bu komponentdan ozod qilinadi).

Bir nechta anʼanaviy iyerogliflar mavjud soddarogʻi bilan almashtirilganda, klassik matnlarni soddalashtirilgan iyerogliflar bilan yozish va oʻqishda chalkashliklar kelib chiqishi mumkin. Tizimli soddalashtirish sababli ayrim hollarda soddalashtirilgan iyeroglifning yozilishi anʼanaviy iyeroglifdan koʻra murakkabroq boʻlishi mumkin. Masalan, avval qoʻllangan variant oʻrniga qabul qilingan. Iyeroglifning chap qismidagi uch chiziqdan iborat „qoʻl“ belgisi () toʻrt chiziqli „daraxt“ belgisi () bilan almashtirilgan. Oʻzgarmay qolgan iyerogliflar — masalan, „工欲善其事,必先利其器“, merosiy () deb ataladi. Bu iyerogliflarni anʼanaviy ham, soddalashtirilgan ham deb boʻlmaydi. Soddalashtirilgan va merosiy iyerogliflardan tashkil topgan yozuv „Soddalashtirilgan Xitoy yozuvi“ nomini olgan ().

Misollar Anʼanaviy, xitoycha va yaponcha soddalashtirilgan iyerogliflarning ayrimlarini solishtirishAnʼanaviyXitoyda soddalashtirilganYaponiyada soddalashtirilganTarjimaXitoyda soddalashtirilgan, Yaponiyada soddalashtirilmagan elektr toki sotib olmoq ochmoq sharq arava, avtomobil qizil, ol (rang) Mu (rad etmoq) qush issiq vaqt til, nutq Yaponiyada soddalashtirilgan, Xitoyda soddalashtirilmagan Budda xizmat yaxshi fazilat koutou, birovga sigʻinish qora muz quyon hasad Xitoyda va Yaponiyada turlicha koʻrinishlarda soddalashtirilgan eshitmoq sertifikat, isbot ajdar sotmoq <center> <center> <center>toshbaqa yosh, yil sanʼat urush, jang yopmoq temir, metall xarita, rasm guruh burmoq keng yomon, yovuz serob miya turli-tuman bosim, siqmoq tovuq narx shodlik, quvnoqlik havo, ruh zal, ofis Xitoy va Yaponiyada bir xil soddalashtirilgan ovoz, tovush oʻqitmoq, oʻrgatmoq tana nuqta mushuk hasharot eski, qadimiy kutib olmoq 10 000 oʻgʻri xazina yurt meditsina

Qarang Xitoy yozuvi An’anaviy Xitoy iyerogliflari Xitoy iyerogliflarining evolutsion bosqichlari Sindzitay — yaponcha soddalashtirish Xyogaydzi — yapon yozuvida soddalashtirilmay qolgan belgilar

Manbalar

*