Zabihillo Oʻrinboyev (30-mart 1995-yilda tugʻilgan) — Oʻzbekistonlik futbolchi. Navbahor klubi hujumchisi.
Futbolchilik faoliyati Zabihillo Oʻrinboyev Toshkentning „Bunyodkor“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional faoliyatini 2013-yilda aynan shu klubda boshlagan. Bugungi kunga qadar „Bunyodkor“ safida 10 dan ortiq oʻyin oʻtkazgan.
2011-yilda 17 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi yigʻiniga chaqirilgan va oʻsha yili terma jamoa bilan 2011-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etib, Oʻzbekiston terma jamoasi chorak finalga qadar yetib kelgan. Oʻrinboyev yoshlar terma jamoasi safida jami 30ta oʻyin oʻtkazib, 14ta gol urgan.
2013-yilda Oʻrinboev allaqachon Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan va oʻsha yili u terma jamoa bilan 2013-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan va Oʻzbekiston terma jamoasi ham chorak finalga chiqqan.
Klublar 2014-2016 yillarda „Bunyodkor“ klubida oʻynagan, 2016-yilda chempionat ikkinchi, qatorasiga ikki marta (2014 va 2015-yillar) Oʻzbekiston kubogida ikkinchi oʻrinni egallagan. 2017-yil Olmaliqning „AGMK“ va Toshkentning „Paxtakor“ klublarida harakat qildi.
Shundan soʻng u 2018—2019-yillarda „Metallurg Bekobod“da oʻynagan, keyin 2019-yilda Yaponiya J-ligasi vakili „Tokusima Bortis“ ga oʻtgan, ammo 2020-yilda birorta ham oʻyin oʻtkazmay Namanganning „Navbahor“ klubiga oʻtdi.
Terma jamoadagi faoliyati Milliy terma jamoadagi ilk debyut uchrashuvini 2018-yili oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 2ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.
Statistika Oʻzbekiston terma jamoasiYillarIshtGol201820Jami20
Yutuqlari
Oʻzbekiston chempioni: 2013-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2013-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 2014-yil Oʻzbekiston Superkubogi sohibi: 2014-yil Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempioni : 2018-yil
Manbalar
Havolalar
FIFA.com Zabikhillo Urinboev National-Football-Teams.com
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Bunyodkor klubi futbolchilari Turkum:Tokushima Vortis futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston 20 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari Turkum:Yaponiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Osiyo oʻyinlari 2018 futbolchilari