thumb|2015-yildan boshlab Lada Vesta ishlab chiqarila boshladi

Rossiyada avtomobil ishlab chiqarish 600 ming kishi yoki mamlakatning umumiy ishchi kuchining 1 % toʻgʻridan-toʻgʻri ish bilan taminlagan muhim sanoat hisoblanadi. 2018-yilda Rossiya 1 767 674 avtomobilini ishlab chiqardi, 2018-yilda avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar orasida 13-oʻrinni egalladi va jahon ishlab chiqarishining 1,8 foizini tashkil etdi. Asosiy mahalliy brendlar, yengil avtomobil ishlab chiqaruvchilari AvtoVAZ va GAZ, KamAZ esa ogʻir avtomobillarning yetakchi ishlab chiqaruvchisidir. Oʻn bir xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilari Rossiyada ishlab chiqarish quvvatlariga ega yoki oʻz zavodlarini qurishmoqda.

Tarixi

Erta tarixi right|thumb|Yakovlev & Freze (1896) right|thumb|Gatchinadagi Hippolyte Romanovning elektr avtobus ichi Rossiya imperiyasi mashinasozlikrivojida uzoq tarixga ega edi. XVIII asrda Ivan I. Polzunov dunyodagi birinchi ikki silindrli bugʻ dvigatelini yaratdiHill M. Polzunov`s Engine: Innovation in Eighteenth Century Russia // Icon: Journal of the International Committee for the History of Technology. Volume 8. 2002. P. 127 va Ivan P. Kulibin gʻildirak, tormoz, uzatish tranmissiyasi va podshipnik mexanizmiga ega boʻlgan mexanik dvigatelli avtomobilni yaratdiKelly M. A. Russian Motor Vehicles: The Czarist Period 1784 to 1917. Veloce Publishing Ltd. 2009. P. 8. Dunyodagi birinchi zanjirda yuruvchi transport vositasi 1877-yilda Fyodor A. Blinov tomonidan ixtiro etdiKelly (2009), p. 12. 1896-yilda Yakovlevskiy motor zavodi va Freze avtomobilsozlik ustaxonasi Rossiyada benzinli dvigateli — Yakovlev va Freze bilan birinchi avtomobilni ishlab chiqardiKelly (2009), p. 50ff.

Oʻn toʻqqizinchi va yigirmanchi asrlarning almashinuvi eng brinchi rus elektr avtomobilining ixtirosi bilan esda qoladi. 1899-yilda muhandis Hippolyte V. Romanov tomonidan „kukushka“ laqabli elektromobil yaratilgan edi. Romanov akkumulyator va elektr omnibusni ham qurdiKelly (2009), pp. 71-72. 1917-yilgi Oktyabr Inqilobidan oldingi yillarda, Rossiyada Russo-Balt, Puzyryov, Lessner va boshqa avtomobillarni ishlab chiqarar edi, 1907-yilda birinchi avto koʻrgazma boʻlib oʻtdi va xalqaro avtomobil poygasiga muvaffaqiyatli ishtirok etuvchi avtomobil ixlosmandlari bor edi. Russo-Balt avotomobili 1912-yildagi Monte Carlo Rallysida 9-oʻrinni oldi, Sankt-Peterburgdan kelgan haydovchi va haydovchi mexanik ekstremal qish sharoitida kelgan boʻlishiga qaramasdanScalextric Rally Champions. Vol. I: The interwar period. Altaya. 2008. pp. 20-24., San Sebastian Rallysida 2-oʻrinni egalladi va 1913-yilda Gʻarbiy Yevropa va Shimoliy Afrikada 15 ming km yoʻlni bosib oʻtdi. Mashina haydovchisi, Andrei P. Nagel, mahalliy avtomobil brendini nufuzini oshirganligi uchun shaxsan imperator Nicholas II tomonidan taqdirlandi .

1915-yilda Rossiyada 1,000 avtotransport vositalari ishlab chiqarilgan edi. Import qilingan transport vositalari ichki ishlab chiqarilganlaridan ancha koʻp boʻlgan, 1914-yilda taxminan 10 % avtomobillar mahalliy ishlab chiqarilgan edi.

1916-yilning fevralida, chor hukumati oltita avtomobil zavodlarini qurish uchun mablag ' ajratdi: Moskvada AMO, Fili qishlogʻida Russo-Balt, Mytishchida Davlat harbiy oʻzyurar transport vositalari (KZVS), Rybinskda Rossiya Renault, Nakhichevan-Donuda Aksai va Lebedevda Yaroslavl zavodlari. Oktyabr inqilobigacha bu zavodlarning birortasi qurib bitirilmagan edi.

Sobiq ittifoq davri right|thumb|1969-yilda AvtoVAZ yigʻish liniyasi 1917-yil oktyabr inqilobidan soʻng, „Russo-Balt“ 1918-yil 15-avgustda milliylashtirildi va yangi rahbariyat tomonidan Prombron deb oʻzgartirildi. U Russo-Balt avtomobillarini ishlab chiqarishni davom ettirdi va 8-oktyabr 1922 yangi modelini ishga chiqarishni boshladi, AMO esa Fiat 15 Ter yuk mashinalarini litsenziya asosida ishlab chiqara boshladi va AMO dizaynerlari jamoasi tomonidan FIAT bazasida zamonaviy AMO-F-15 yuk mashinasini ishlab chiqdi. 1924—1931-yillarda 6000-6500 dona F-15 yuk mashinalari qurildi .

1927-yilda Ilmiy Avtomobil & Motor Instituti (NAMI) muhandislari 1927-yildan 1931-yilgacha boʻlgan davrda Moskvadagi Spartak davlat avtomobil zavodi tomonidan kichik miqdorda ishlab chiqarilgan birinchi original sovet avtomobili NAMI-I ni yaratdilarKelly, (2009) p. 78-79. 1929-yilda avtomobillarga boʻlgan talabning tez oʻsishi sababli, Milliy Iqtisodiyot Oliy Sovet Ford Motor Company bilan hamkorlikda GAZni tashkil etdi. Bir yil oʻtgach, Moskvada ikkinchi avtomobil zavodi tashkil etilgan, ikkinchi jahon urushidan soʻng ulkan sovet avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan va Moskvitch nomi bilan mashhur boʻlgan.

1960-yillarning boshida Moskvitch 408 ishlab chiqarildi, u aholi orasida tarqalishi uchun moʻljallangan iqtisodiyoti avtomobil hisoblangan edi. MZMA, GAZ va ZAZ kabi boshqa ishlab chiqaruvchilar ommaviy bozorga moʻljallangan turli xil avtomobillarni taklif qilishdi. Sovet hukumati xalq avtomobilini ishlab chiqaradigan va shaxsiy transportga boʻlgan talabni qondirishga yordam beradigan yirik avtomobil ishlab chiqarish zavodini qurishga qaror qildi. Iqtisodiy sabablarga koʻra, mavjud, zamonaviy xorijiy model asosida avtomobil ishlab chiqarishga qaror qilindi. Bir nechta variantni koʻrib chiqqandan soʻng, Fiat 124 oddiy va mustahkam dizayni, ishlab chiqarish va taʼmirlashning soddaligi tufayli tanlangan.

Zavod faqat 4 yil (1966—1970) ichida kichik Volga Stavropolshahrida qurilgan boʻlib, u keyinchalik yarim milliondan ortiq aholili shaharga aylandi va Palmiro Tolyatti sharafiga Tolyatti deb oʻzgartirildi. Shu bilan birga, Izhevsk shahridagi Izhevsk mexanika zavodi hududia Mudofaa Vaziri tashabbusi bilan, Sovet Ittifoqida avtomobil ishlab chiqarishning umumiy hajmini oshirish maqsadida, Izhmash avtomobil zavodi tashkil etilgan. U zavodda Moskvitch va Moskvitch asosida Kombi hatchbacklari ishlab chiqarildi.Naberezhnye Chelnyda Yevropaning eng yirik ogʻir yuk mashinalari zavodi KaMAZ qurilgan va GAZ, ZIL, UralAZ, KrAZ, MAZ, BelAZ zavodlari boshqa turdagi yuk mashinalari ishlab chiqarishda davom etdi.

1980-yillarning boshida Sovet avtomobil sanoati turli bozor segmentlari uchun avtomobil ishlab chiqaradigan bir necha asosiy zavodlardan iborat edi. 1987-yil oxirida sanoat 2 million avtomobilni ishlab chiqardi va ichki talabning 45 foizini qondirdi .

Sovetdan keyingi oʻzgarishlar Erta 1990-yillarida, Rossiya avtomobil bozori import bojlari keskin pasayishi tufayli kengaydi, shuning uchun 1993-yilda xorijiy ishlab chiqarilgan import avtomobillar barcha savdoning 49 %ni tashkil etardi. Shu bilan birga, Rossiya avtomobil ishlab chiqaruvchilari bozor iqtisodiyotiga integratsiyalashgan va 1990-larda moliyaviy qoʻllab-quvvatlash kamayishi, iqtisodiy inqiroz, jinoiy faoliyatIreland A. D., Hoskisson R., Hitt M. Understanding Business Strategy: Concepts and Cases. Cengage Learning. 2005. P. 145Glazunov M. Business in Post-Communist Russia: Privatisation and the Limits of Transformation. Routledge. 2013. Pp. 80-82OʻNeal M. Democracy, Civic Culture and Small Business in Russiaʼs Regions: Social Processes in Comparative Historical Perspective. Routledge. 2015. P. 81 va ichki bozorda raqobatning kuchayishi tufayli darhol inqirozga yuz tutdi.

1990-larning boshida asosiy mahalliy ishlab chiqaruvchilar AvtoVAZ, AZLK, IzhAvto, GAZ va UAZ edi . Ulardan baʼzilari, AvtoVAZ kabi, boshqa kompaniyalar bilan (masalan, GM-AvtoVAZ) katta sarmoya kiritish va inqirozni bartaraf etish maqsadida hamkorlik qilishdi.

1993-yilga kelib, umumiy ishlab chiqarish 1990-yilga nisbatan 14 % ga kamaydi. 1990-yillarda Lada sotilishining pasayishi va Yevropa Ittifoqining emissiya talablari keskinlashishi Gʻarbiy Yevropaga eksportni 90-yillar oxirigacha tugatilishiga olib keldi. Lada Buyuk Britaniyada yuqori savdoga ega edi, 1980-yillarning oxirida savdo choʻqqisiga yetib, yiliga 30 mingdan ortiq avtomobil sotgan, keyingi bir necha yil davomida boshqa byudjet brendlar bilan raqobatlasha olmadi.

1996-yilda 850 mingta avtomobil sotilgan edi Talab oʻsishda davom etar ekan, mahalliy brendlar sifatsiz ishlab chiqarish orqali oʻz obroʻsiga putur etkazishda davom etdilar. 1996-yilgi hisob kitobga koʻra, yangi sotib olingan AvtoVAZ avtomobilini xavfsiz va qulay darajasiga olib chiqish uchun 1-2 ming AQSh dollari qiymatda taʼmirlash kerak edi .

1998-yilgi Rossiya moliyaviy inqirozi sanoatga taʼsir koʻrsatdi, chunki avtomobil ishlab chiqaruvchilari import narxining oshishi sababli import qilingan komponentlardan foydalanishni toʻxtatdilar. Shunga qaramay, keyingi yillarda sanoat tezda tiklandi.

1997-yilda avtomobil ishlab chiqarish 1996-yilga nisbatan 13,2 % ga oshdi va 981 mingtaga yetdi. AvtoVAZ va UAZ ishlab chiqarishni 8,8 va 52 foizga, Kamaz esa ikki barobarga oshirdi.

Rossiyada yuk mashinalarining umumiy ishlab chiqarilishi 7 foizga oʻsdi va 1997-yilda 148 mingta 2000-yilda 184 mingtaga yetdi . Avtomobillarning umumiy ishlab chiqarilishi 1993-yil 800 mingdan, 2000-yil 1mln 160ming donaga yetdiOverview of the Russian Automotive Sector // Kalicki J. H., Lawson E. K. Russian-Eurasian Renaissance? U.S. Trade and Investment in Russia and Eurasia. Stanford University Press. 2003. P. 219, tijorat avtomobillarini hisobga olmaganda 965 mingtaga (OICAmaʼlumotiga koʻra 969235 dona).

1990-yillar mobaynida dilerlik mablagʻlarining etishmasligi avtomobillarni naqd pulga sotib olish kerakligini anglatardi.

2000—2008-yillar thumb|2005-yildagi Lada Samara yigʻish liniyasi 2000-larning boshida Rossiya iqtisodiyoti tiklandi. Rossiya metallurgiya kompaniyalari, tashqi bozorlarda katta foyda olib, Rossiya avtomobil sohasida investitsiya qilish uchun harakat qildi. Sibir Alyuminiy dastlab Pavlovo Avtobus Zavodini sotib oldi va GAZga egalik qilish huquqini oshirdi. Shu bilan birga, Severstal UAZni oʻz nazoratiga oldi.

2001-yilda Ford Vsevolozhskzavodiga 150 mln AQSh dollari sarmoya kiritdi va Rossiyada oʻz yigʻish zavodini qurgan birinchi Gʻarb ishlab chiqaruvchisi boʻldi. Shu zavodda ishlab chiqarilgan Ford Focus qisqa vaqt ichida Rossiyada eng koʻp sotilgan xorijiy avtomobil boʻldi.

2003-yilda, Rus ishlab chiqaruvchilari, oʻz brendi ostida yoki xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda, ulushi hali ham avtomobillar ishlab chiqarishning 90 %dan ortigʻini tashkil etardi. Oltita asosiy avtomobil guruhlari AvtoVAZ, SOK Guruh, Kamaz, RusPromAvto, SeverstalAvto va AZLK edi. 2002-yilda xorijiy ishlab chiqaruvchilar tomonidan faqatgina 11 mingta avtomobil yigʻildi.

Makroiqtisodiy tendentsiyalar kuchli boʻlib, aholi daromadlarining oʻsishi talabning keskin oʻsishiga olib keldi va 2005-yil rus avtomobil bozorida jadal oʻsish kuzatildi. 2005-yilda 1 446 525 ta yangi avtomobili, jumladan, 832 200 ta rus modellari va 614 325 ta xorijiy modellar sotilgan.

2005-yilning birinchi choragida rus tarixida birinchi marta xorijiy avtomobillar mahalliy (shu jumladan, ikkinchi qoʻl import) dan oshdi. Xorijiy kompaniyalar Rossiyada ishlab chiqarishga katta sarmoya kiritdilar: Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan xorijiy avtomobillar soni 2005-yil 157179 tadan 2007-yil 456500 taga koʻtarildi . Raqobatchilarga qarshi turish uchun mahalliy brendlar Lada Kalina kabi zamonaviy modellarni ishlab chiqarishni boshladi.

Rossiya bozorining qiymati tez oʻsdi: 2005-yil 14 %, 2006-yil 36 %, 2007-yilda 67 % va 2008-yilda dunyoda eng tez oʻsayotgan avtomobil bozori boʻldi. Xorijiy kompaniyalar 2000-yillarda Rossiyaga oqib kela boshladilar, uni mahalliy ishlab chiqarish maydonchasi va eksport uchun qulay deb hisoblashdi. Rossiyaning ish kuchi, moddiy va energiya xarajatlari gʻarbiy Yevropaga qaraganda 1/6 dan kamroq edi.