TEMSA Turkiyaning Adana shahrida joylashgan avtobus va yengil yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi. Kompaniya True Value Capital Partners tomonidan sotib olingan. Adanadagi Temsa zavodi yillik 11,5 ming ishlab chiqarish quvvatiga ega; 4000 avtobus va shaharlararo avtobuslar va 7500 engil yuk mashinalari.

TEMSA avtobuslarining baʼzilari 2007-yilda SCS Software tomonidan ishlab chiqarilgan Bus Driver (videooʻyin)ga kiritilgan.

Tarixi thumb|1994-2009-yillardagi kompaniya belgisi thumb|TEMSA Diamond Mannheim, Germaniyada thumb|Mannheim, Germaniyada TEMSA Safari HD TEMSA (Termomehanik sanoati ve savdosi aktsiyadorlik kompaniyasi) Global 1968-yilda Sabancı Holding kompaniyasi tomonidan qurilish sanoatiga poʻlat etkazib berish uchun tashkil etilgan. Avtobuslar ishlab chiqarilishi 1984-yilda Mitsubishi Motors bilan litsenziya asosida boshlangan. Xizmat avtobuslari 1987-yilda taqim etildi.

Mahsulotlar oʻz kuzoviga ega va Mitsubishi Fuso, MAN, DAF, Cummins va Caterpillar motorlarini, shuningdek, Yevropa emissiya standartlariga (Euro4, Euro5) mos keladigan qismlarni oʻz ichiga oladi.

2000-yildan beri Gʻarbiy Yevropa bozorlari uchun TEMSA MAN motorlari va yurish qismi oʻqlaridan va ZFtransmissiyasidan foydalangan holda avtobus modellar toʻplamini ishlab chiqdi. TEMSA mustaqil va moslashuvchan boʻlib, oʻz ishlab chiqarishlari bilan turli motorlarni ishga solib, individual ishlab chiqarishni boshladi. Belgiyada TEMSA Yevropa shoʻba korxonasi tashkil etildi, shuningdek, dunyoning 46 turli mamlakatlarida (Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va b.) Temsa Yevropa tomonidan boshqariladigan bir nechta vakolatxonalar tashkil etildi. Temsa Yevropada oʻz segmentida bozorning 7%ni qoʻlga kiritdi. Har yili ishlab chiqarilgan 1000 avtobuslaridan 75% eksport qilinadi.

Temsa AQShda uchta modellarini taqdim qilgan.http://www.metro-magazine.com/motorcoach/article/211804/temsa-vehicles-bring-smoother-quieter-rides-to-us-market TS 30, TS 35 va TS 45, shunga ko'ra 30, 35 va 45 fut uzunlikdagi avtobuslardir.

TEMSA AR-GE va Teknologik Markazi (Temsa Tadqiqot&Rivojlantirish Markazi) TEMSA Global filiali boʻlib, u yangi avtomobil ishlab chiqarish va texnologiyalarni ishlab chiqarish uchun masʼuldir. 2019-yil iyun oyida TEMSA Shveytsariyaning True Value Capital Partners kompaniyasi tomonidan sotib olingan.Temsa sold by Turkish-based parent company Metro 5-iyun 2019-yil

Mahsulot Liniyasi Product line as of May 2016 Temsa asosiy bozorlari Turk (ichki), Yevropa, Amerika va boshqalarga boʻlinadi. Temsa kompaniyasining mahalliy avtomobillarining aksariyati eksport bozorlarida mahalliy modellar nomlari bilan yoki o'zgartirilib sotiladi.

Ichki bozor (Turkiya)

Coach Maraton Safir Plus

Midi Coach Opalin Prestij SX Inter City LD SB Plus MD9 LE City Avenue LF Avenue LF CNG Avenue Electron Avenue EV MD9 ElektriCity Prestij City SX

Eksport bozorlari

Coach TS45 Maraton HD HD RHD HD C12 LD TS35 Midi Coach TS30 MD9 MD9 RHD MD7 Plus Prestij SX Inter City LD SB Plus MD9 LE City LF12 LF12 CNG Avenue Elektron LF EV MD9 ElectriCity

Yengil yuk mashinasi

Mitsubishi Fuso Canter (1988 - )

Galereya

Manbalar

Havolalar TEMSA Xalqaro veb-sayti Temsa Global Korporativ veb-sayti Temsa Safir Plus Avtobus

Turkum:Turkiya kompaniyalari