Xidirnazar Olloqulov (yoki Allaqulov yoki Alloqulov) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisod fanlari doktori, professor, dissident. 2002-yilning mayidan 2004-yilning iyunigacha Termiz davlat universitetining rektori lavozimida faoliyat yuritgan.
Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. 2020-yilning mayida „Adabiyot“ gazetasi bosh muharriri Baxtiyor Karim bilan boʻlgan sal kam bir soatlik videointervyusida Islom Karimov va Shavkat Mirziyoyev siyosatini, Oʻzbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahvolni keskin tanqid qilib chiqishi bilan keng ommaga tanildi. Ushbu intervyusida U Oʻzbekistonni dunyodagi eng kambagʻal mamlakatlar sirasiga kirganini, mamlakat aholisining aksar qismi kambagʻallikda va qashshoqlikda yashab kelayotganini taʼkidlab, mamlakatda tub siyosiy va iqtisodiy-ijtimoiy oʻzgarishlar kerakligiga urgʻu berdi. Ushbu intervyu oʻzbekistonliklar orasida keng ommalashib, Xidirnazar Olloqulovning tarafdorlari paydo boʻldi. 2020-yilning 4-iyunida Xidirnazar Olloqulov navbatdagi intervyusida Oʻzbekistonda yangi siyosiy partiya — „Haqiqat va taraqqiyot“ sotsial-demokratik partiyasi yaratilishni boshlaganini eʼlon qildi. Shuningdek U 2021-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnashishi mumkinligini aytib oʻtdi.
Xidirnazar Olloqulov va mustaqil OAVlarga koʻra, rektorlik lavozimidan nohaq olingan va unga nisbatan sunʼiy ravishda jinoiy ish ochilgan. U Oʻzbekistondagi 14 ta sudda (shu jumladan, Oliy sudda) va Inson huquqlari boʻyicha BMT qoʻmitasida bu ishda yutib chiqqan va toʻliq oqlanib, aybsizligi isbotlangan.
Manbalar
Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:Surxondaryoda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Toshkentlik kishilar Turkum:Oʻzbekiston siyosatchilari Turkum:Oʻzbekistonlik iqtisodchilar Turkum:Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston dissidentlari Turkum:Oʻzbekiston olimlari Turkum:Oʻzbekiston faollari Turkum:Oʻzbekiston sotsial-demokratlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar