Mirzayev Gʻofurjon Gʻaniyevich (1964-yil 21-aprel, Fargʻona viloyati) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2020-yildan). 2016-yildan 2022-yilgacha Sirdaryo viloyati hokimi. 2022-yil 22-noyabrdan 2026-yil 5-sentyabrga Oʻzbekiston Prezidentining maslahatchisi sifatida faoliyat yuritgan. 2026-yil 5-sentybardan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi.

Hayoti

Taʼlimi 1990-yilda Toshkent politexnika institutini muhandis-elektrik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2000-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) iqtisodchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Mehnat faoliyati Gʻofurjon Mirzayev 1990—1994-yillarda Bogʻdod don mahsulotlari kombinati sozlovchisi, avtomatika muhandisi, rais oʻrinbosari, 1994—1997-yillarda Bogʻdod tumani hokimining qurilish, sanoat, transport va aloqa masalalari boʻyicha oʻrinbosari, 1997—1998-yillarda „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporatsiyasi qurilish, yangi texnologiyalar va modernizasiya bosh boshqarmasi boshligʻi, 1998—2000-yillarda Don mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining Fargʻona aksiyadorlik uyushmasi raisi, 2000—2003-yillarda „Oʻzdonmahsulot“ davlat aksiyadorlik korporasiyasi qurilish, yangi texnologiyalar va modernizatsiya bosh boshqarmasi boshligʻi, 2003—2011-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-nazorat xizmati hududiy organlar bilan ishlash guruhi yetakchi inspektori, 2011-yilda qisqa muddat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati davlat hokimiyati hududiy organlari shoʻbasi yetakchi inspektori,

2011—2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy-kadrlar xizmati davlat hokimiyati hududiy organlari shoʻbasi bosh inspektori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2016-2022-yillarda Sirdaryo viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritdi.

2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati, aholi bilan muloqot va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha maslahatchisi etib tayinlandi.

2026-yil 5-sentyabrda Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi.

Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni (2019-yil).

Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2026-yil 22-avgust).

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston senatorlari Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari