„Tom & Jerry“ (boshqa nomi „Tom & Jerry: The Movie“) — real aktyorlar ijrosi va kompyuterli multiplikatsiyani oʻzida mujassamlashtirgan kinokomediya. Tom va Jerry personajlari asosida yaratilgan. 2021-yilda ekranga chiqqan. Filmga Tim Story rejissyorlik qilgan, ssenariyni esa Kevin Costello yozgan. Bosh rollarni Chloë Grace Moretz, Michael Peña, Colin Jost, Rob Delaney, Ken Jeong va boshqalar ijro etgan.

Kartina AQSHda 2021-yil 26-fevralda prokatga chiqarilgan. Tanqidchilar tomonidan salbiy baholangan. Butun jahon boʻylab 136 million dollar ishlab topgan.

Rotten Tomatoes saytida „Tom & Jerry“ haqida 130 ta maqola yigʻilib, ulardan 29 foizi multfilmni ijobiy baholagan.

Ovoz berganlar Insonlar Chloë Grace Moretz — Kayla Forester () Michael Peña — Terrance () Rob Delaney — mister Henry Dubros () Colin Jost — Dwayne Ken Jeong — Jackie Pallavi Sharda — Preeta Jordan Bolger — Cameron Patsy Ferran — Joy

Ovoz berganlar Spike Brandt — mushuk Tom Tony Cervone — sichqoncha Jerry Bobby Cannavale — buldog Spike Nicky Jam — ButchNicky Jam reveló qué personaje interpretará en Tom y Jerry, la película (in Spanish) Jeff Bergman — Droopy Kaiji Tang — yoʻlbars Kaiji Tang, André Sogliuzzo

Manbalar

Havolalar

Turkum:Tom va Jerry Turkum:2021-yil filmlari Turkum:2021-yil multfilmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Warner Bros. filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Tom va Jerry filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:Fillar haqidagi animatsion filmlar Turkum:Tim Story filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:2021-yil kinokomediyalari