Roselar jangi ( — „Atirgullar jangi“) 1989-yilda katta ekranlarga chiqqan, Warren Adler qalamiga mansub shu nomdagi roman asosida suratga olingan qora komediya janridagi AQSh filmidir. Film, goʻyoki mukammal nikohga ega boʻlgan badavlat juftlik haqida hikoya qiladi. Ularning nikohi buzila boshlagach, ikkalasi ham moddiy boyliklarga davogar boʻlishib, buning yuzasida vujudga kelgan gʻazab, ajralish jangining markaziga aylanadi.
Filmda Michael Douglas, Kathleen Turner va Danny DeVitolar suratga tushishgan. Bu uch aktyor ilgari Romancing the Stone va uning davomi The Jewel of the Nile filmlarida birgalikda rol ijro etishgan. Filmga rejissorlik qilgan DeVito, produser James L. Brooks va aktyor Dan Castellaneta bilan Tbe Simpsons loyihasi tashqarisida ham ishlagan. Ochilish sarlavhasi ketma-ketligi Saul Bass va Elaine Makatura Bass tomonidan yaratilgan.
Romanda ham, filmda ham bu juftlikning familiyasi Rose () boʻlib, bu nom — Oʻrta asrlarning oxirlarida ingliz taxti uchun kurashgan York va Lancaster oʻrtasidagi janglarga kinoya qiladi.
Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Roselar jangi haqida 40 maqola yigʻilib, ulardan 85 foizi filmni ijobiy baholaydi.
Syujeti
Rollarda Michael Douglas — Oliver Rose Kathleen Turner — Barbara Rose Danny DeVito — Gavin D’Amato Marianne Sägebrecht — Susan Dan Castellaneta — Gavinning mijozi Sean Astin — 17 yoshli Josh Rose Trenton Teigen — 10 yoshli Josh Rose Heather Fairfield — 17 yoshli Carolyn Rose G.D. Spradlin — Harry Thurmont Peter Donat — Jason Larrabee David Wohl — doktor Gordon Shirley Mitchell — Dewitt xonim Peter Hansen — janob Marshall
Mukoforlari Mukofot Turkum Mavzu Natija BAFTA Eng yaxshi moslashtirilgan ssenariy Michael J. Leeson Berlin xalqaro film festivali Oltin ayiq Eng yaxshi rejissor Danny DeVito Oltin globus Eng yaxshi kinokartina — musiqiy yoki komediya James L. Brooks va Arnon Milchan Eng yaxshi aktyor — Musiqiy yoki komediya janridagi kinokartina Michael Douglas Eng yaxshi aktrisa — Musiqiy yoki komediya janridagi kinokartina Kathleen Turner
Manbalar
Havolalar
Turkum:1989-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH qora komediyalari Turkum:Danny DeVito filmlari