Davron Abdulpattaxovich Hidoyatov (1976-yilda tugʻilgan, Toshkent) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2021), Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi raisi (2014-2017).

Biografiyasi 1976-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1998-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2001-yilda Bank-moliya akademiyasini tugatganhttps://centrasia.org/person2.php?st=1538684660. 1996-2004 — Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida ishlagan. 2004-2005 — „Asia-Invest Bank“ (Moskva) boshqaruvi raisi. 2009-2012 — GM Uzbekistan kompaniyasining moliya boʻyicha ijrochi direktori. 2012-2014 — MAN Auto-Uzbekistan bosh direktori lavozimlarida ishlaganhttps://www.gazeta.uz/ru/2018/10/04/tashkent-hokimiyat/. 2014-2017 — Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raisihttps://news.rambler.ru/politics/36594933-za-plohuyu-rabotu-mirzieev-uvolil-predsedatelya-goskomkonkurentsii/. 2017-2018 — Chilonzor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi. 2018-2021 — Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosarihttps://uzreport.news/politics/davron-hidoyatov-naznachen-io-hokima-tashkentskoy-oblasti. 2021-2021 — Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchihttps://www.gazeta.uz/ru/2018/10/04/tashkent-hokimiyat/https://news.rambler.ru/world/46038627-v-uzbekistane-smenili-glavu-tashkentskoy-oblasti/. 2021—2023 — Chirchiq shahri hokimi. 2023-yil 18-martdan „Oʻzavtosanoat“ raisi oʻrinbosari.

Manbalar

Turkum:Oʻzbek iqtisodchilari