Proto-turk tili (prototurk tili, umumturkiy til)https://www.academia.edu/40814735/Babayarov_G_Ziyayev_Sh_Orhun_Enas%C3%A5y_bitikt%C3%A5shlari_tili_va_turkiy_tillarning_Proto_Turk_davri_2019 - qiyosiy tarixiy usul yordamida qayta tiklangan zamonaviy turkiy tillarning umumiy oʻtmishdoshi boʻlgan qadimgi turkiy etnoslar tilidir. Baholashlardan biri Praturk tilini bundan 2500 yil oldingi davr bilan bogʻlaydi .
Turkiy prototilni qayta tiklash baʼzi muammolarni, xususan, prototilda rotatsizm (r-lashuv) yoki zetatsizm (z-lashuv)ning ustunligi toʻgʻrisidagi masalani koʻndalang qoʻydi. Qadimgi turk runalari bilan yasalgan eng qadimgi yozma yodgorliklar qadimgi turkchasidayoq -z- va -r- mavjud boʻlganligini koʻrsatdi. Boshqa Oltoy tillari (moʻgʻul, tungus-manjur)da faqat -r- boʻlganligini koʻrsatdi. Turkiy prototilning baʼzi bir xususiyatlarini konservativ -r- tillari (zamonaviy chuvash tili) asosida, shuningdek, venger tilida bolgar elementlarini tahlil qilish orqali tiklash mumkin.
Tashqi qardoshligi Oltoy gipotezasi doirasida prototurk, moʻgʻul, pratungus-manjur, yapon va koreys tillari oltoy bobotilining avlodi deb hisoblanadi. Biroq, Oltoy gipotezasi ilmiy olamda umuman qabul qilinmaydi, unga qarshi tomonlari ham bor .
Ilk vatani A. Ronatash turkiy tillarning ilk vatanini gʻarbiy va markaziy Sibirga, shuningdek uning janubidagi hududlarida boʻlgan degan fikrni keltirib oʻtgan. Ilk yozma manbalar Miloddan oldingi soʻnggi mingyillikning oxirgi asrlariga tegishli «Xan shu» («Xan sulolasi tarixi») hamda «Shi Ji» («Tarixiy esdaliklar») kabi xitoy yilnomalarida atigi bir nechta eng qadimgi turkiy soʻzlar 匈奴 Syun-nu (Hun) saltanati (mil.av. III - mil. II asrlar)ga bogʻliq ravishda uchraydi. Ular yilnomalarda den-li, ku-tu, shan-yuy, ou-tu kabi soʻzlar boʻlib, bir qator tadqiqotchilar ularni «Tangri», «qut/quti», «yabgʻu», «oʻrda/oʻrdu» oʻlaroq tiklab, qadimgi turkcha negizga ega soʻzlar, deb qaraydilarhttps://www.academia.edu/40814735/Babayarov_G_Ziyayev_Sh_Orhun_Enas%C3%A5y_bitikt%C3%A5shlari_tili_va_turkiy_tillarning_Proto_Turk_davri_2019. Til xususiyatlari
Fonetika va fonologiyasi Birinchi boʻgʻin uchun quyidagi fonemalar toʻplami qayta tiklanadi : Tilning koʻtarilish darajasi Qator Old qatorOld boʻlmagan Yuqori i ü ɨ u Oʻrta ẹ ö ạ o Pastroq e a
Morfologiyasi
Sonlar Prototurk tilida sonlarning oʻnlik tizimidan foydalanilgan : Bulgʻor tili ajralgach Bulgʻor tili ajralguncha Oʻzbek tili (qiyoslash uchun) 1 *bir *bīr bir 2 *ėki *ėk(k)i ikki 3 *uč *üčə uch 4 *dȫrt *dȫrdə toʻrt 5 *bẹ̄š *bẹ̄łk(ə), *eʼt(ə)?О. А. Мудрак. Заметки о языке и культуре дунайских булгар besh 6 *altï *altu (*alto?) olti 7 *jẹt(t)i *jẹt(t)i, *ʒ'ēd(d)i (O.A. Mudrakka koʻra ) yetti 8 *sek(k)iz *se(k)k(i)ŕ sakkiz 9 *do(q)quz *do(q)q(u)ŕ, *do9uř (O. A. Mudrakka koʻra) toʻqqiz 10 *on *ōnə? oʻn 20 *jėgirmi *jėgirmi, *ʒ'ẹɣrəma (O.A. Mudrakka koʻra) yigirma 30 *ot(t)uz *o(t)t(u)ŕ oʻttiz 40 *qïrk *qïr(ï)qa qirq 50 *ellig *e(l)liɣ ellik 60 *altmïš *altmïł, *altməł oltmish 70 *jetmïš *jetmił, *jetməł yetmish 80 *sek(i)z ōn *sekŕōn(ə) sakson 90 *doq(u)z ōn *doqŕōn(ə) toʻqson 100 *jǖz *jǖŕ yuz 1000 *bïŋ *bïŋ ming
Leksikasi Prototurk tiliga quyidagi xitoy tilidan soʻzlash oʻzlashtirilgan:
*alačuk «kulba, chodir, kichkina uy» <qad. xit. 廬舍 (*la-ƛiaʔ); *ạltun «oltin» - *aːl «qizil, qirmizi» va qad. xit. 銅(*Łōŋ) «metal»; *gümüľ «kumush» <qad. xit. 金鐐 (*kəmliḗw); *dẹmür «temir» <qad. xit. 鐵物 (*diēt-mwyt) «temir buyum»; *bek «bek» <qad. xit. 伯 (pẹ̄k); *čerig «armiya» <qad. xit. 戰 (ćèn); *bitig «xat» <qad. xit. 筆 (pit); qad.uygʻ. küin «oʻrogʻliq xat», Dunay bulgʻorchasida küinig <qad. xit. 卷 (kwén); *bengü «abadiy» <qad. xit. 萬古 (manko); *čyn «chin, rost» <qad. xit. 貞 (ṭeŋ); *deng «teng» <kit.等; *dōn «kiyim» <qad. xit. tōn "qora toʻgʻri kiyim"; *kög «motiv» <qad. xit. 曲 (khok); *syr «rang, boʻyoq, lak» <qad. xit. 漆 (shit) yoki 刷 (ṣwat); *jinčü «marvarid» <真珠 (ćǝn-ćwa) «haqiqiy marvarid».
A. V. Dibo bu oʻzlashmalarni milodiy III asrda xitoy va turkiy lisoniy aloqalari deb hisoblaydi.
Yana qarang
Qadimgi turkiy tillar Qadimgi turkiy yozuvi
Izohlar
Havolalar
Turkum:Qadimgi tillar Turkum:Turkiy tillar