thumb|right|200px|2020-yil 16-aprel holatiga koʻra „Tolibon“ qoʻl ostidagi hududlar oq rangda koʻrsatilgan

Tolibon yoki toliblar ( — oʻquvchilar, dars oluvchilar) — 1994-yilda Afgʻoniston pushtunlari tomonidan tuzilgan islomchi, radikal, diniy-siyosiy harbiylashgan harakat.

1996—2001-yillarda Afgʻonistonni („Afgʻoniston Islom Amirligi“) hamda 2004-yildan Pokistonning shimoliy qismidagi Vaziriston hududini boshqargan. 2001-yil Afgʻonistonga AQSh harbiylari kirib kelishi ortidan „Tolibon“ hokimiyatiga chek qoʻyilgandi. 2021-yil AQSh harbiylari Afgʻonistondan chiqib ketishi oqibatida keng koʻlamli hujumlar uyushtirgan va 2021-yil 15-avgustdan buyon Afgʻonistonni boshqarayotgan (Afgʻoniston islom amirligi) islomchilik harakati. Toliblar boshqaruvidagi Afgʻoniston islom amirligi (1996—2001) oʻz vaqtida Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni va Pokiston tomonidan rasman tan olingan Turanova Ye. Taliban v Afganistane: vozvraщenie k vlasti ili put v nikuda? Chast 1 // Mejdunarodnoe obozrenie: Vostok+Zapad, 26.05.2010 (kopiya) Turanova Ye. Taliban v Afganistane: vozvraщenie k vlasti ili put v nikuda? Chast 2 // Mejdunarodnoe obozrenie: Vostok+Zapad, 03.06.2010 (kopiya) Turanova Ye. Taliban v Afganistane: vozvraщenie k vlasti ili put v nikuda? (obe chasti) // Sankt-Peterburgskiy sentr izucheniya sovremennogo Blijnego Vostoka. 2003-yildan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashi tomonidan terroristik tashkilotlar roʻyxatiga kiritilgan.

2021-yil bahorda AQSh harbiy kuchlari Afgʻonistondan chiqarilishi eʼlon qilinganidan soʻng „Tolibon“ harakati birin-ketin hujumlar uyushtirib, Afgʻoniston hududlarini egallab bordi. Avgust oyida Afgʻoniston hududining katta qismi „Tolibon“ qoʻl ostida qoldi, 15-avgustda „Tolibon“ poytaxt Kobulni egalladi, prezident Ashraf Gʻani mamlakatdan qochishga majbur boʻldi. Shu kuni „Tolibon“ butun mamlakatni boshqarayotganini eʼlon qildi va avvalgi hukumat aʼzolarini taʼqib qilmasligini hamda hech kimni mamlakatdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qilmasligini aytdi.

Etimologiyasi „Tolibon“ ( [ṭālibān]) soʻzi pushtu tilidan oʻzbekchaga tarjima qilinganida „oʻquvchilar“ degan maʼnoni anglatib, u „tolib“ (oʻquvchi) soʻzining koʻplik shaklidir. Bu soʻz arabcha „tolib“ ( [ṭālib] — „oʻquvchi“, „talaba“) va forscha „on“ koʻplik qoʻshimchasini qoʻshish orqali yasalgan. Arabchada „tolibon“ soʻzi „oʻquvchilar“ emas, „ikkita oʻquvchi“ maʼnosini beradi. Shu sababli „Tolibon“ haqidagi maqolalarni arabchaga tarjima qilganda biroz tushunmovchilik yuz beradi. Ingliz tilida „Tolibon“ harakatining bir aʼzosi haqidagi gapda ham „tolib“ emas, „tolibon“ soʻzi ishlatiladi. Masalan, John Walker Lindh „amerikalik tolib“ emas, „amerikalik tolibon“ deb yoziladi. Pokistonning ingliz tilida chiqadigan gazetalarida „Tolibon“ning bir emas, bir nechta aʼzosi haqida gap ketayotgan boʻlsa „Tolibonlar“ () shaklida yoziladi.

Oʻzbek tilida esa „Tolibon“ harakatining bir aʼzosi „Tolibon“ jangarisi, „Tolibon“ harakati aʼzosi, „Tolibon“ vakili shaklida; birdan ortiq aʼzosi „Tolibon“ jangarilari, „Tolibon“ harakati aʼzolari, „Tolibon“ vakillari shaklida yoziladi, „Tolibon“ harakatining birdan ortiq aʼzosi aslo „Tolibonlar“ shaklida yozilmaydi.

Tarixi 200px|thumb|left|1996-yil qishda Afgʻoniston hududlarining turli guruhlarga tegishliligini koʻrsatuvchi xarita:Yashil — „Tolibon“;Koʻk — Ahmadshoh MasʼudPushti — Abdul Rashid DoʻstumSariq — Hezb-i Wahdat 1995-yil Birlashgan Arab Amirliklari tomonidan moliyalashtirilishi taxmin qilingan toliblar Afgʻonistonning Helmand viloyatini qoʻlga kiritadilar, Hikmatyor Gulbiddin askarlari ustidan gʻalaba qozonadilar ammo Ahmadshoh Masʼud diviziyasi tomonidan Kobul ostonasida toʻxtatiladilar. Ular Afgʻonistonning uchdan bir qismini (janubi-sharqini) boshqaradilar.

1996-yil 27-sentabrda toliblar Kobulni jangsiz egallaydilar va Afgʻoniston Islom Amirligiga asos soladilar. Oʻz qoʻl ostilaridagi yerlarda shariat qonunlarini joriy etadilar. „Tolibon“ tuzumiga qarshi Ahmadshoh Masʼud va Burhoniddin Rabboniy boshchiligidagi, asosan tojiklardan tarkib topgan Shimoliy ittifoq hamda Abdul Rashid Doʻstum boshchiligidagi oʻzbeklar qarshi chiqadilar. Terrorchi Usoma bin Lodinning yashirinishiga yordam berganliklari va Bomiyondagi Budda haykallarini portlatishganidan soʻng jahon hamjamiyati ularni terorchi sifatida taniy boshladi.

2001-yil 11-sentabrda AQShda sodir etilgan terrorchilikdan soʻng, AQSh Afgʻoniston Islom Amirligiga qarshi aksilterror harakatlarini boshlab yubordi va Shimoliy ittifoq harakati yordamida „Tolibon“ tuzumini agʻdardi. Toliblar togʻlarga va Pokistonning Vaziriston provinsiyasiga chekindilar va Hoji Umar boshchiligida qayta birlashdilar. 2000-yillardan boshlab Vaziriston „Tolibon“ harakatining markazi hisoblanadi.

2006-yil 14-fevralda „Tolibon“ Shimoliy Vaziriston hududini Pokistondan mustaqil deb, u yerda Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildilar. Keyinroq, Pokiston armiyasining qarshi kurashlariga qaramay, ular Janubiy Vaziristonni ham egallab, oʻz hududlarini kengaytirdilar.

2007-yil 17-dekabrda pokiston toliblari Tehrik-e Taliban Pakistan guruhi bilan qoʻshildilar. Tehrik-e Taliban Pakistanga vaziristonlik pushtunlardan Maxsud Baytulla boshliq boʻldiSerenko A. N. Taliban pered ugrozoy raspada // Informatsionniy portal „Afganistan.ru“, 20.12.2007.

2009-yil fevralda toliblar Pokistonning Svat vodiysida 30 nafar Pokiston politsiyasi va harbiylarini asirga oldilarV Pakistane talibi zaxvatili 30 politseyskix i soldat // Interfaks, 04.02.2009 va Pokiston hukumatidan Svat vodiysida shariat qonunlari oʻrnatilishini talab qildilar, hukumat bunga rozi boʻldi. Keyinroq toliblar Buner okrugini ham qoʻlga kiritdilar.

2013-yil 1-noyabrda harbiy dron tomonidan berilgan zarbadan soʻng Maxsud Baytulla vafot etgani haqida Pokiston maxsus xizmati vakili maʼlumot berdiAmerikanskiy bespilotnik unichtojil lidera pakistanskix talibov // Rossiyskaya gazeta, 01.11.2013.

„Islom jihodi ittifoqi“ islomchi guruhi amiri Horun abu Muhammadning soʻzlariga koʻra 2014-yil soʻngiga kelib, „Tolibon“ Afgʻonistonning qariyb 70 % hududini boshqargan, jumladan, Helmand, Qandahor, Paktiya, Oʻruzgon, Nuriston, Kunar, Badaxshon, Zobul, Gʻazni va bIntervyu s voennim amirom Ittixad islamskogo djixada // sodiqlar.info, 26.03.2014.

2014-yil 31-may kuni „Tolibon“ soʻnggi amerikalik asir Bowe Bergdahlni Guantanamoda saqlanayotgan va avval Amirlikda yuqori lavozimlarni egallagan 5 nafar maxbusga almashdiAfganistan: edinstvenniy voennoplenniy iz SShA osvobojden // Русская служба Би-би-си, 31.05.2014. Obmen vizval neodnoznachnuyu reaksiyu po vsemu miruBouman M. Zakonodateli trebuyut otvetov na voprosi ob osvobojdenii Bergdala // Голос Америки, 05.06.2014.

Germaniya Federativ Respublikasining sobiq stats sekretari Andreas von Bülow 2012-yil 13-yanvarda „Der Tagesspiegel“ nashriga bergan intervyusida „Tolibon“ harakati AQSh Markaziy Razvedka Boshqarmasi ishtirokida tuzilgani haqida gapirdi:

AQShning Afgʻonistonda SSSRga qarshi kurashish uchun 80-yilldarda tayyorlagan jangarilari, jumladan, toliblar haqida matbuotda ayrim iddaolar keltilgan ammo aytib oʻtish kerak-ki, 80-yillarda „Tolibon“ harakati hali mavjud emas edi.

2016-yil 21-mayda amerikalik harbiylar „Tolibon“ lideri Mansur Axtar boʻlgani taxmin qilingan avtomobilga dron yordamida raketa zarbasi berdi. 22-may kuni „Tolibon“ning yuqori lavozimdagi qoʻmondonlaridan biri mulla Abdul Rauf va Afgʻoniston bosh vaziri Abdulla Abdulla Mansur Axtarning oʻlganligi haqidagi xabarni tasdiqladilar. Raketa zarbasi Afgʻoniston va Pokiston chegara hududida amalga oshirilgan.

2017-yil avgustda „Tolibon“ AQSh prezidenti Donald Trumpga AQSh harbiylarini Afgʻonistondan olib chiqib ketish haqida maktub yoʻlladi.

2018-yil 9-iyunda „Tolibon“ va Afgʻoniston hukumati vaqtinchalik sulh eʼlon qildilar. Bu sulh 15-iyunga qadar davom etdi. 22-iyun tunida toliblar birinchi boʻlib Afgʻoniston harbiylariga qarata oʻq uzdilar.

2019-yil avgust oyida „Tolibon“ harakatining mulla Barodar Oxund boshchiligidagi delegatsiyasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati vakillari Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish maqsadida Toshkentda uchrashuv oʻtkazishdi. „Tolibon“ delegatsiyasining Oʻzbekistondagi safari 5 kun davom etgan, mulla Barodar boshliq guruh Samarqand va Buxoroga ham borgan. Ularni viloyat hokimlari tantanali ravishda kutib olgan.

2019-yil soʻngida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va „Tolibon“ harakati vakillari Rossiyada Afgʻoniston Islom Respublikasi hukumati bilan yarashuv doirasidagi uchrashuvlardan birini oʻtkazdi. 14 kishilik toliblar delegatsiyasiga mulla Barodar Oxund boshchilik qildi.

2021-yilning yozida Afgʻonistondan AQSh harbiylarining olib chiqilishi ortidan „Tolibon“ harakatining keng qamrovli hujumlari boshlandi. Oqibatda 2021-yilning 15-avgustida Afgʻonistonning deyarli butun hududida „Tolibon“ harakatining hukmronligi oʻrnatildi.

Qoʻl ostidagi hududlar thumb|200px|Tolibon Hirotda. 2001-yil „Tolibon“ qoʻlga kiritgan birinchi hudud Pokistonning Janubiy Vaziriston provinsiyasi edi. 2004-yil „Tolibon“ harakati u yerdan pokistonliklarni siqib chiqarib, oʻz hukmronligini oʻrnatgan edi. 2006-yil 14-fevralda „Tolibon“ rasman Vaziriston Islom Amirligi tuzilganini eʼlon qildi. Bu amirlik haligacha BMTga aʼzo birorta davlat tomonidan tan olinmagan va jahon hamjamiyati u yerlarni Pokiston hududi deb hisoblaydi.

2021-yil 15-avgustda Kobul qulagach „Tolibon“ Afgʻonistonning deyarli butun hududini qoʻlga kiritdi va oʻz hokimiyatini oʻrnatdi. Hozirgi kunda toliblar hokimiyati BMTga aʼzo biror davlat tomonidan toʻliq tan olinmagan, diplomatik aloqalar toʻlaqonli yoʻlga qoʻyilmagan.

Mafkurasi 300px|thumb|Bomiyon Buddalaridan biri „Tolibon“ tomonidan portlatilishidan oldin va keyin „Tolibon“ning rasmiy dini islomning ash'ariylik yoʻnalishidir. Unga koʻra bu mafkuraga qarshi chiquvchi har qanday kuch (vosita, inson) — adashgan va sazoyi qilinishi kerak. „Tolibon“ oʻz qoʻl ostidagi hududlarda shariat qonunlarini oʻrnatadi va amal qilinishini qatʼiy nazoratga oladi. Toliblar televideniye, musiqa va musiqiy asboblar, rassomlik sanʼati, alkogol, kompyuter va internet, shaxmat, oq rangli oyoq kiyim („Tolibon“ bayrogʻi oq rangda), jinsiy aloqaga oid ochiq mulohazalar va b. koʻplab narsalarni taqiqlaydilarAmy Waldman. A Nation Challenged: the Law; No TV, no Chess, No Kites: Talibanʼs Code, from A to Z. // New York Times, 22.11.2001. Erkaklar belgilangan uzunlikda soqol oʻstirishlari kerak. Ayollarga ishlash, erkak shifokor qabulida davolanish, jamoat joyida va begona erkaklarning oldida yuzlarini ochib yurish, erlari yoki erkak jinsli qarindoshlari hamrohligisiz jamoat joylarida yurish taqiqlanadi. Ayollarning taʼlim olishiga ham keskin qarshilik qilingan (2001-yilda toliblar qoʻl ostidagi hududlarda maktabga boradigan qizlar 1 % ni tashkil etgan).

2001-yil 26-fevralda mulla Umar mamlakatdagi barcha gʻayriislomiy yodgorliklarni yoʻq qilish toʻgʻrisida farmon chiqardi* Talibi razrushat pamyatniki „neislamskix“ religiy // Utro.ru, 27.02.2001 Reshenie talibov unichtojit statui Buddi neobratimo // Press-sentr, 01.03.2002 Talibi unichtojili statui Buddi v Bamiane // Лента.ру, 09.03.2001. Farmonga muvofiq, oʻsha yilning mart oyida Toliblar III va VI asrlarga oid Bomiyon qoyalariga oʻyib ishlangan ikki ulkan Budda haykalini portlatdilar. Bu esa „Tolibon“ning dunyo hamjamiyati tomonidan qoralanishiga sabab boʻldi* Tulskiy M. ООН против талибов // Nezavisimaya gazeta, 01.03.2011 Tulskiy M., Karabaagi O. Талибы разрушают буддийские памятники // Независимая газета, 14.03.2011. „Tolibon“ning bu harakatlari bir qator musulmon mamlakatlarida ham jamoatchilik tomonidan qoralangan* Musulmanskie strani osudili akt unichtojeniya talibami buddistskix pamyatnikov arxitekturi // RBK, 01.03.2002 Muftiy Yegipta prizval talibov otmenit reshenie ob unichtojenii pamyatnikov doislamskogo perioda v Afganistane // RBK, 01.03.2002.