Nasdaq-100-Amerika fond indeksi. Indeks kapitallashuv boʻyicha eng yirik 100 kompaniyani oʻz ichiga oladi, ularning aksiyalari NASDAQ fond birjasida sotiladi. Indeksga moliya sektoridagi kompaniyalar kiritilmagan.
Nasdaq 100 roʻyxatga olish qoidalariga ortiq javob bermaydigan kompaniyalar yiliga bir marta dekabr oyining uchinchi haftasida yangi firmalar bilan almashtiriladi.
Tarix Indeks tarixi 1985-yilda boshlanadi, shu vaqtda bir vaqtning oʻzida 2 ta yangi indeks joriy qilingan: NASDAQ-100 va NASDAQ Financial-100. Birinchi indeksga yuqori texnologiyali sanoat kompaniyalari, ikkinchisiga moliyaviy kompaniyalar kiritilgan. Indeks bazasi dastlab 250 punkni tashkil qilgan.
1998-yilda indeksga xorijiy kompaniyalar kiritildi. Dastlab, ularga qoʻyiladigan talablar qattiq edi, lekin 2002-yilda bu talablar yumshatildi.
2000-yildagi indeks tomonidan nuqta-com lar toʻlqini boʻyicha 4700 punktdan ortiq boʻlgan eng yuqori koʻrsatkichga erishildi.
2021-yil holatiga koʻra, NASDAQ 100 ning 57% qismini texnologik kompaniyalar tashkil qildi. Sanoatning keyingi yirik tarmogʻi - maishiy xizmatlar 21,99%. NASDAQ 100 ning 7,08% qismini sogʻliqni saqlash, isteʼmol tovarlari bilan shugʻullanadigan kompaniyalar NASDAQ 100 ning 6,14% va sanoat kompaniyalari 5,92% qismini tashkil qiladi.
NASDAQ-100 asosida sotiladigan vositalar NASDAQ fond birjasida QQQ belgisi ostida fond tuziladi, uning tuzilishi NASDAQ-100 indeksiga oʻxshaydi va uning dinamikasini yuqori aniqlikda takrorlaydi.
NASDAQ Composite indeksidan farqlari Nasdaq Composite indeksi NASDAQ fond birjasida roʻyxatga olingan barcha kompaniyalar aksiyalarini oʻz ichiga oladi (jami 3000 dan ortiq).
2021-yildagi oʻzgarishlar 21-iyulda Honeywell AstraZeneca ni sotib olgandan keyin Alexion Pharmaceuticals kompaniyasining oʻrnini egalladi. 26-avgustda Crowdstrike kompaniyasi Analog Devices tomonidan sotib olingan Maxim Integrated Products oʻrnini egalladi.
Manbalar
Turkum:Iqtisodiyot