Islom Daminovich Aslanov (tugʻ. 16-oktyabr 1993-yil, Toshkent) — oʻzbek para-sportchisi, suzuvchi. 2019-yilda uch karra jahon chempioni. 2018-yilgi Paralimpiya oʻyinlarining uch karra chempioni. Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori.

Tarjimai hol Islom Aslanov 16-oktyabr 1993-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan.

Unvon va yutuqlari 2014-yilda Islom Janubiy Koreyaning Incheon shahrida boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida erkaklar oʻrtasida 4x100 metrga aralash estafeta bahslarida bronza medalini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u yana ikkita musobaqada qatnashdi: erkaklar oʻrtasida 50 metrga batterflyay va 100 metrga batterflyay suzish. Erkaklar oʻrtasida 4×100 m masofaga erkin usulda estafeta bahslarida u finalda 5-oʻrinni egalladi.

2018-yilda Islom Daminovich uchta oltin medalni, bir kumush medal va oʻtkazilgan 2018-yilda Paralimpiya oʻyinlarining bronza medalini qoʻlga kiritdi Jakartada(Indoneziy)).

2019-yilda u Buyuk Britaniyaning London shahrida boʻlib oʻtgan paralimpiya suzish boʻyicha jahon chempionatida erkaklar oʻrtasida 50 metrga erkin usulda S13 suzish boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u S13 100 metrga erkin usulda va S13 erkaklar oʻrtasida 100 metrga batterflyay usulida suzishda kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida Islom Aslanov S13 100 metrga batterflyay usulida suzish boʻyicha bronza medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Islom Aslanov “Jasorat” medali bilan taqdirlandi https://uza.uz/ru/posts/o-nagrazhdenii-gruppy-sportsmenov-i-trenerov-dobivshixsya-vysokix-rezultatov-na-hvi-letnix-paralimpiyskix-igrax-v-gorode-tokio_300696 .

Manbalar

Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1993-yilda tugʻilganlar Turkum:Jasorat medali sohiblari Turkum:Oʻzbekiston para-suzuvchilari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari