Margʻilon (boshqa nomlari Margilan, Marginon) — Oʻzbekiston shaharlaridan biri. Fargʻona viloyatida joylashgan. Aholisi 300.4 ming kishini tashkil etadi. Shaharda 30 dan ortiq millat va elatlar istiqomat qiladi. Jumladan, 91,9 % oʻzbeklar, 3,1 % ruslar, 1,4 % tatarlar. Shahar iqlimi — kontinental, qish yumshoq, yoz esa juda issiq keladi. Margʻilon shahrining turistik markazlari hozir Burhoniddin Margʻinoniy, Kaptarli mozor yoki Puri Siddiq majmuasi, Burhoniddin Margʻinoniy parki, "Yodgorlik" ipak fabrikasi, Margʻilon hunarmandlar markazi, "Margilan city" turistik markazlaridir.
Shaharda osmon oʻpar binolar kundan kunga koʻpaymoqda, xususan "Margilan city" mutlaqo Yangi Oʻzbekistonning rivojlangan massividir, shaharda eski uylar buzulib yangi osmon oʻpar binolar quruldi va qurulmoqda. Shahar iqtisodiyoti yiliga 12.1% ga oʻsdi. Oʻtgan yillarda bu koʻrsatgich 9.47%ni tashkil etgandi. Shaharda transport tizimi yaxshilanib bormoqda, shahar bugungi kunda eski qadimiy Margʻilon va rivojlangan Margʻilonni aks ettirmoqda. Shaharda koʻplab sanoat zonlari bor, ular: Ipakchilik, poyabzalchilik, oziq-ovqat, shirinliklar zonalari va hokazolar. Shahar hozirgi kunda Fargʻona vodiysi, qolaversa Markaziy Osiyo mintaqasida yashash uchun eng yaxshi manzilardan biri desak notoʻgʻri boʻlmaydi. Margʻilon qadimiy- Ipak shahri. Marg’ilon nafaqat atlasi bilan balki o’zining eski O’zbek qadiryatlarini saqlagan islom diniga chin dildan ko’ngil qo’ygan, odamlari esa bir birni doimo sizlaydigan, yoshi kichik-u kattani aka, opa deydigan insonlar shahridir. Shahar aholisi qadimdan O’zbek tilining eng rivojlangan pallasidagi shevada gaplashadi, bu o’z-o’zidan shaharni zamonaviy insonlar makoniga aylantiradi. Marg’ilon bu oddiy shahar emas meros, qadiryatlar poydevori bo’lgan, O’zbekistondan yetakchi maskandir.
Geografik joylashuvi Fargʻona vodiysining janubiy qismida, Olay tizmasi etagida joylashgan. Geografik kordinatlari: 40°28' 16 N Shimoliy kenglik, 71°43' 29 E Sharqiy uzunlikda. Dengizdan 487 metr balandlikda. Fargʻona shahridan 10–12 km shimolida, 475 m balandlikda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Margʻilon (4 km). Iyulning oʻrtacha temperaturasi 25—26°, yanvarniki —3,5°. Margʻilonning janubiy chekkasidan Janubiy Fargʻona kanali va shahar ichidan Margʻilonsoy oqib oʻtadi. Aholisi 183,2 ming kishi (2002; 1973-yilda 117 ming, 1939-yilda 46 ming, 1897-yilda 36 ming kishini tashkil etgan), asosan, oʻzbeklar (89,3%), shuningdek, rus, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Margʻilondan 3–4 km janubroqda joylashgan Yangi Margʻilon (sobiq Gorchakova) shaharchasi Margʻilon shahar Kengashiga qaraydi. 2007-yil YUNESKO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkaziladi. Hozir Margʻilon shahrining maydoni 4100 gektarni tashkil etadi. 54 ta mahalladan iborat. 2026-Yilda Margʻilonga 10-lab mahallalar qoʻshildi. Aholi jon boshiga shahar iqtisodiyoti 2026-yil 1-may holatiga koʼra 5900$ AQSH dollarini tashkil etdi bu esa umumiy 1872660$ AQSH dollarini tashkil etib shaharni yangi davrga olib chiqdi. Margʻilonga turli viloyatlardan koʻchib kelishlar koʻpaydi ular: Andijon viloyati, Namangan viloyati, Surxondaryo viloyati, Sirdaryo va Navoiy viloyatlari va boshqalar. Koʻchib kelganlar 43.078 kishini tashkil etdi. Margʻilon yana Oʻzbekistonning eng katta shaharlari qatoridadir. Margʻilonga 2026 yilning 2-choragida jamoat transportlari harakatini yaxshilash uchun aftobuslar olib kelinishi maqsad qilingan.
Tarixi Afsonalarga koʻra, Margʻilonga Iskandar Zulqarnayn tomonidan asos solingan. Aytishlaricha Zulqarnayn ovqatlangani toʻxtaganda, unga Murgʻ yaʼni tovuq va Non berilgan ekan va shundan Murgʻinon boʻlib shaharni nomi kelib chiqqan ekan. Lekin boshqa ishonchliroq maʼlumotlarga qaraganda Margʻilon Miloddan Keyingi IX asrda Buyuk Ipak yoʻli muhim shahrlardan boʻlgan. XV asrda yashab oʻtkan vatandoshimiz va Boburiylar imperiyasining asoschisi Bobur oʻzinig Boburnoma kitobida „koʻp yaxshi narsalarga boy shahar. Uning Shaftolilari va Anorlari ham koʻb yaxshidur“ deb yozgan. Va uning aytishicha „Samarqand ning va Toshkent ning eng koʻzga koʻringan bezori va urishqoqlari Margʻilonliklardir“. 1710—1876-yillarda Qo'qon xonligi davrida shahar Margʻilon bekligi markazi, xonlikning muhim strategik ahamiyatga molik kenti boʻlgan. Margʻilon Fargʻona vodiysining qadimiy shaharlaridan biridir. 1994-2004 yillarda Oʻzbekiston Arxeologiya instituti xodimlari shaharda ish olib borib, Margʻilon vohasida eramizdan avvalgi IV — III asrlardan boshlab sugʻorma dehqonchilik mavjudligini aniqladilar. Margʻilon Chor Rossiyasi hukmronligi davrida Turkiston guberniyasi takibidagi, Farg'ona viloyati, Margʻilon uezdi markazi boʻlgan. Shaharda hamma zamonlarda ham hunarmandchilik va savdogarlik yuksak darajada rivojlangani maʼlum. Shuningdek, Margʻilonni „Sunduqul orifiyn“ (Oriflar sandigʻi) deydilar. Bunga sabab esa bu shahardan juda koʻp olimu fuzalo, oriflarning chiqqanidir. Margʻilon savdogarlari Oʻrta Osiyo savdo-sotiq ishlarida muhim rol oʻynaganlar va Sovet ittifoqi davrida bu shaharni odamlarini qonun bilan chiqishmovchiliklari boʻlgan.
Margʻilon toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumotlar X asrga taalluqli. Oʻsha davrlarda shahar „Margʻinon“ deb atalgan va keyinchalik har ikki nomi ham ishlatilib kelingan. Margʻilon nomining kelib chiqishi haqida aniq bir maʼlumot yoʻq. Ayrim toponimistlar „margʻ“ — „maysazor“, „oʻtzor“dan deb taxmin qiladilar. Margʻilon „murgʻ“ va „yunon“ soʻzlaridan degan mahalliy toʻqima rivoyat ham bor. Ibratning „Tarixi Fargʻona“ qoʻlyozma asarida yozilishicha, shaharga 883-yilda asos solingan. Arxeologik topilmalar Margʻilon oʻrnida mil. boshlaridan aholi yashab kelayotganligini, X asrda u katta qishloq boʻlganligini, XI — XII-asrlarda esa shaharga aylanganligi tasdiqlamoqda. V. V. Bartold „Moʻgʻullar istilosi davrida Turkiston“ asarida Qoraxoniylar davrida ham Margʻilon viloyatning bosh shahri hisoblanganligini qayd etgan. „Boburnoma“da Margʻilon Fargʻonadagi 8 ta shahardan biri ekanligi, shaharning obodligi, shirin mevalari haqida soʻz yuritilib, uning „donai kalon“ deb ataluvchi anori va „subhoniy“ navli oʻrigi maqtaladi. Shaharning qad. qismida oʻtkazilgan arxeologik qazilmalar natijasida Margʻilonga bundan 2 ming yil avval asos solinganligi aniqlandi. Mahalliy maʼlumotlar boʻyicha shaharning 12 darvozasi boʻlgan. Buyuk ipak yoʻlida joylashgan Margʻilon aholisi qadimdan atlas toʻqish bilan shugʻullanib kelgan va shu tariqa uni jahonga mashhur qilgan. Margʻilonning shoyi matolari Misr, Eron va Yunoniston, Qashgʻar savdogarlari tomonidan koʻplab xarid qilingan. Shuningdek, Margʻilonda doʻppidoʻzlik, misgarlik rivojlangan, shaharda vaqt-vaqti bilan tanga ham zarb qilingan. Shahar turli davrlarda Temuriylar, Shayboniylar davlatlari, keyingi davrda Qoʻqon xonligi tarkibida boʻlgan. 1875-yilda rus qoʻshinlari tomonidan bosib olingan. Margʻilonda oq podsho maʼmurlari zulmiga qarshi qaratilgan, tarixda maʼlum boʻlgan „Poʻlatxon qoʻzgʻoloni“ (1873—76), mahalliy aholini Rossiyadagi front orti ishlariga zoʻrlab olib ketilishiga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (1916) boʻlib oʻtgan. Margʻilon 1876—1926-yillarda Fargʻona viloyatining uyezd shahri boʻlgan, soʻngra Fargʻona okrugi miqyosidagi shaharga aylantirilgan.
1927-yilda Margʻilonda birinchi pillakashlik fabrikasini qurishga kirishildi. Bundan tashqari, ikkita elektr stansiyasi, bosmaxona, mexanika ustaxonasi, non va limonad zavodlari bor edi. Keyinroq mexanizatsiyalashgan koʻnchilik zavodi, taxta tilish tsexi, poyabzal f-kasi foydalanishga topshirildi. Shoyi toʻqish artellari yiriklashtirildi, bir qancha yangi hunarmandchilik korxonalari ishga tushirildi. 1963-yilda badiiy gazlamalar ishlab chiqaruvchi hunarmandchilik artellari negizida „Atlas“ firmasi vujudga keldi (1976-yildan „Atlas“ ishlab chiqarish birlashmasi). Shaharda 20 ga yaqin sanoat, 8 avtotransport korxonalari, 17 qurilish tashkiloti bor (2002). „Turonshoyi“, A. Navoiy nomli ipak gazlamalar va mexanika, „Fargʻonasut“, yogʻochsozlik korxonalari mavjud. „Doʻstlik— Margʻilon“ qoʻshma korxonasi, 600 dan ortiq kichik va xususiy korxona, markaziy dehqon bozori, „Margʻilon“ mehmonxonasi, avtobuslar shohbekati, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Margʻilonda hunarmandchilik (ayniqsa, doʻppidoʻzlik, tandirchilik, misgarlik) rivojlangan. 34 umumiy taʼlim maktabi, „Istiqbol“ gimnaziyasi, milliy xunarmandchilik va aniq fanlar litseylari mavjud boʻlib, ularda 200 oʻquvchi taʼlim oladi. 2 musiqa, 2 kasb-hunar maktabi, qurilish, tijorat, hisob-kredit, tibbiyot va pedagogika kollejlari, maxsus maktab, mehribonlik uyi, „Shoyi“ korxonasiining ipakchilik instituti faoliyat koʻrsatmoqda.thumb|Margʻilon hunarmandlari ish jarayoni|left12 jamoat va bolalar kutubxonasi (168 ming kitob), 6 madaniyat uyi (jumladan, markaziy madaniyat uyi), Y. Oxunboboyev memorial muzeyi, madaniyat va sanʼat muzeyi, „Nurxon“ xalq teatri, madaniyat va istirohat bogʻi bor. „Al Hidoya“ xotira majmui mavjud. Shahar televideniyesi va radioeshittirishlari qoʻmitasi ishlab turibdi.
Margʻilon vodiydagi yirik shaharlar bilan avtomobil yoʻllari orqali bogʻlangan. „Margʻilon haqiqati“, „Turon shoyisi“ gazetalari chiqarilmoqda. Shaharda 1037 oʻringa moʻljallangan kasalxonalar, 2 tibbiyot sanitariya qismi, Salomatlik markazi, tez tibbiy yordam markazi va boshqa tibbiy muassasalarda 422 vrach, 1599 oʻrta tibbiy xodim xizmat qiladi. „Atlaschi“ va „Turon“ stadionlari, 33 sport zali, koʻplab voleybol, basketbol va futbol maydonlari, 3 bolalar va yoshlar sport maktabi bor. 56 ta jismoniy tarbiya jamoasida 43 ming nafardan ziyod yoshlar shugʻullanmoqda. Meʼmoriy yodgorliklardan Pir Siddiq majmui („Kaptarlik“, XVIII asr oʻrtalari), Xoʻja Magʻiz maqbarasi (XVIII asrning birinchi yarmi), Chokar, Toronbozor masjidlari (XX asr boshlari), Saidahmad Xoja Eshon madrasasi (XIX asr oxiri) va boshqa saqlanib qolgan. Margʻilonda buyuk alloma Burhoniddin Margʻinoniy yashab oʻtgan, shoira Uvaysiy (Jahon Otin) tugʻilgan va boshqa bir qancha mashhur kishilar ijod qilganlarOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. Margʻilon shahri ming yillardan beri oʻzining usta-hunarmandlari, olimu fuzalolari bilan dunyoga mashhurdir. thumb|"Al Hidoya" xotira majmuasi 2007-yil UNESCO qaroriga binoan shahrning 2000 yillik tantanalari oʻtkazildi. Qadimiy Xitoy yozma manbalarida Dovonda Lar gi shahri keltirilgan, Xitoy olimlari ilmiy ishlarida bu shahar Hozirgi Margʻilon shahriga togʻri keladi va bu shahar 2700-yil tarihga ega ekanligini isbotlaydi. Yana shaharda,Oʻzbekistondagi eng yirik shoyi ishlab chiqaradigan Yodgorlkik shoyi Korhonasi va Turon shoyisi Korhonalari joylashgan.Fargʻona vodiysi Shoyi toʻqish qachon kelganligi nomaʼlum, lekin eski zamonlardan maʼlumki Margʻilon bu sohada juda mashhur boʻlgan.
2019-yil Margʻilon shahrida oʻtkazilgan „Buyuk ipak yoʻli“ xalqaro folklor musiqa festivalining ochilish marosimida „Margʻilon qadim sanʼat darvozasi“ kitobi taqdim etidli.
Tarixiy va arxitektura yodgorliklari va asosiy joylar Burhoniddin Al-Margʻinoniy majmuasi Yangi barpo etilgan Burhoniddin Al-Margʻinoniy majmuasi, xalq tilida aytganda Margʻilon city aylanish uchun asosiy manzilgoh chunki bu ulugʻ maskanda: Otabek va Kumushning rasmiy uyi, Markaziy Osiyodagi eng katta olovli favvora, eng katta maqom teatri, oʻzbek milliy qoʻl ishlari va xizmat koʻrastiz zallari bor. Bu maskanga kirish mutlaqo tekin va tunu kun xalq xizmatidadir.
Yodgorlik ipak fabrikasi