Aleksandr Vladimirovich Svechnikov (tugʻ. 1998-yil 19-may, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik para yengil atletikachi, nayza uloqtirish boʻyicha ixtisoslashgan, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yiligi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining chempioni, Yengil atletika boʻyicha Jahon chempioni, Islom birdamlik oʻyinlari va Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari gʻolibi.

Hayoti Aleksandr 1998-yil 19-mayda Toshkentda tugʻilgan. U ikkita Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi boʻlgan katta singlisi Anastasiya Svechnikova singari nayza uloqtirish bilan shugʻullana boshladi. 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Aleksandrga Oʻzbekiston iftixori faxriy unvonini berdi.

Faoliyati 10 yoshida onasi Yelena Svechnikova rahbarligida Toshkentda sport bilan shugʻullana boshlagan.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u F13 toifasida nayza uloqtirish boʻyicha 65,69 metr natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritib, Olimpiya chempionihttps://www.paralympic.org/static/info/resLO2017/pdf/LO2017/AT/LO2017_AT_C73S_ATM710101.pdf.

2017-yilda Londonda (Birlashgan Qirollik) Yengil atletika boʻyicha oʻtkazilgan Jahon chempionatida u F13 toifasida nayza uloqtirishda 71,01 m natija bilan oltin medalni qoʻlga kiritib, yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Oʻsha yili Islom birdamlik oʻyinlarida ham nayzani 70 metrga uloqtirib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.

2018-yilda Xitoyda ochiq chempionatida 66,96 metr natija bilan gʻolib chiqdi. Oʻsha yili Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida nayza uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1998-yilda tugʻilganlar Turkum:19-mayda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston para-yengil atletikachilari Turkum:Paralimpiya oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik oltin medal sohiblari Turkum:Toshkentda tugʻilganlar