Shuhrat Shonazarovich Boboyev (1985-yil 3-dekabrda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik para dzyudochi, 90 kg gacha vazn toifasida ishtirok etadi. Sambo boʻyicha jahon chempionati medali sovrindori, 2016-yilgi Yozgi Paralimpiya oʻyinlarining bronza medali sovrindori va 2020- yilgi Yozgi Paralimpiya o'yinlari ishtirokchisi, Yozgi Para-Osiyo oʻyinlari va Osiyo chempionati gʻolibi va sovrindori, Islom birdamligi oʻyinlari gʻolibi, Jahon chempionati sovrindori.
Faoliyati 2010-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan sambo boʻyicha jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2014-yilda Inchxonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida finalda yaponiyalik dzyudochi Aramitsu Kitadzononi magʻlubiyatga uchratib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Koloradoda (AQSh) koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan jahon chempionatida u oʻz vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2015-yilda Seulda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasidagi Jahon oʻyinlarida dzyudo boʻyicha 90 kg vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi.
2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 90 kg gacha vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdihttps://www.paralimpicos.es/archived/web/2016RIOPV/deportes/judo/Rio_2016_PG_Judo_Results_Book_V1.1.pdf. 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan unga Jasorat medali berilgan.
2017-yilda Bokuda (Ozarbayjon) boʻlib oʻtgan Islom birdamlik oʻyinlarida parasportchilar oʻrtasida 90 kg boʻlgan vazn toifasida u finalda eronlik dzyudochi Muhammad Ali Shahanini magʻlub etib, oʻyinlarning oltin medalini qoʻlga kiritdi. Toshkentda dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Yu-Xan Lini magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida finalda eronlik dzyudochi Vohid Nuriga yutqazib, kumush medalni qoʻlga kiritgan edi. 2019-yili Atirauda (Qozogʻiston) dzyudo boʻyicha koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 90 kg boʻlgan vazn toifasida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida u oʻz vazn toifasida chorak finalda britaniyalik Elliot Styuartga yutqazdi. Takroriy bahsda u qozogʻistonlik dzyudochi Janbota Amanjolni magʻlub eta olmadi va musobaqani yakunladi.
Manbalar
Turkum:Jasorat medali sohiblari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-dzyudochilari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari