Tarixi jahongusho (Jahon fotihi tarixi) — Markaziy Osiyoning moʻgʻullar istilosi davrini yorituvchi sanoqli tarixiy manbalardan biridir. Ushbu tarixiy asar Nasaviyning „Siyrati Sulton Jaloliddin“, Rashiduddinning „Jome at-tavorix“ kabi tarixiy kitoblar qatori qimmatli manba hisoblanadi hamda shu asar keyingi davrda yaratilgan tarixiy asarlarga birlamchi manba sifatida murojaat etilgan.

Asar tuzilishi Muallif ushbu asari orqali Markaziy Osiyo, Eron va Moʻgʻuliston va Xitoyning XIII asrdagi ijtimoiy-siyosiy tarixini aks ettirgan.

Asar sodda tilda bayon etilgan va uch jilddan iborat boʻlib, birinchi jild moʻgʻullarning qadimiy anʼanalari, Chingizxonning davlat tepasiga kelishi va istilochilik yurishlaridan to Kuyukxon davri (1246-1248)gacha kechgan voqealar, shuningdek, Joʻjixon, Chigʻatoy va avlodlarining aks ettirganТарихи жаҳонгушо (Жаҳон фотиҳи тарихи) / Алоуддин Атомалик Жувайний; масъул муҳаррирлар Ҳ. Болтабоев, М. Маҳмудов. — Т.: Mumtoz soʻz, 2015. — Б. 4.. Ikkinchi jild xorazmshohlar, gʻuriylar tarixi va Movarounnahr va Xurosondagi moʻgʻul hukmdorlari (1258-yilgacha) kechmishiiga bagʻishlangan. Uchinchi jildda mangʻitlar hukmronligi, 1256-1258-yillarda Hulokuxonning Eronni hamda ularning Bagʻdod xalifaligini zabt etishi, Ismoiliylar davlati tarixi batafsil bayon etilgan. Oʻrta Osiyo tarixi uchun asarning 1-2 qismlari alohida qimmatga ega.

Muallif uz asari xususida yozarkan, uning mavzu va materiali, nomlanishi hamda tarixiy obyekti haqida shunday deydi: "Movarounnahr, Turkiston, Mochin (Janubiy Xitoy) kabi Chingizxon va uning oʻgʻillari tomonidan zabt etilgan joylarning hammasi kitobimga mavzu boʻldi. Hikoya qilgan baʼzi voqealarni oʻz koʻzim bilan koʻrdim, baʼzilarini esa gaplari ishonchli boʻlgan kishilardan tingladim. Bir qismini esa toʻgʻri ekanligiga qatʼiy ishonch bilan qaralgan tarixiy manbalardan oldim. Vafodor va uzoqni koʻra oladigan doʻstlarimning talabini rad etib, ushbu kitobni yozmaslikning imkoni boʻlmadi. Haqiqiy, asl xabarlarga tayangan holda qalamga olingan bu asar „Tarixi Jaxongushoi Juvayniy“ deb nomlandi".

Ushbu tarix asari tilga olgan oʻsha davr voqealari toʻgʻrisida bir nechta kitoblarga yozilganToshev N. Juvayniy va uning „Tarixi jaxongusho“ asari // Sharqshunoslik. 1995. 6-son. B.60-67; Xorazmshoh Jaloliddin Manguberdi (davri, madaniy hayot, manbalar). T.: Fan, 1999..

Nashrlari thumb|left|Sulton noma olmoqda Asarning forscha nashri uch jilddan iborat boʻlib, uning birinchi jildi Muhammad binni Abdulvahhob Qazviniyning “Maxsus muqaddima”si bilan ochiladi. Muqaddima soʻngida mazkur asarning 7 ta qoʻlyozma nusxasi va ularning tavsiflari berilganتأریخ جهان‌گشاي جویني. عطاملک علأالدین بن بهاالدین محمد بن شمس‌الدین محمد جویني. جلد 2.

Asarning inglizcha nashri bevosita Jon Endryu Boyl tomonidan forscha nashridan tarjimani amalga oshirganAta-Malik Juvaini. The History of the World-Conqueror. Translated from the Persian by John Andrew Boyle. Cambridge, 1958..

Manbaning ruscha tarjima nashri ham mavjud. Lekin uning nomi biroz oʻzgartirilgan holda chiqarilganАта-Мелик Джувейни. Чингисхан. История завоевателя мира. М.: Магистр-пресс, 2004..

Muallifning ushbu asari bevosita Markaziy Osiyo tarixi bilan bogʻiq qismlari joy olgan birinchi va ikkinchi jildlari turk tilidanAlaaddin Ata Melik Cüveyni.Târih-i Cihan Güşa. Çevirmen: Prof. Dr. Mürsel Öztürk. Ankara: Kültür Bakanlığı, 1998. Nazarbek Rahim tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinganТарихи жаҳонгушо (Жаҳон фотиҳи тарихи) / Алоуддин Атомалик Жувайний; масъул муҳаррирлар Ҳ. Болтабоев, М. Маҳмудов. — Т.: Mumtoz soʻz, 2015. — 504 б.. Turkcha tarjimada aniq ifodasini topmagan oʻrinlar forscha matn asosida tartibga solindi. Sheʼrlar matnda arab va fors tillarida berilgani uchun tarjimada uning nasriy bayonini berish bilan cheklanildi. Sahifa ostidagi izohlar, asosan, tarjimon Mursal Oʻzturkka tegishli boʻlib, ularning havola raqamlari saqlandi. Tarjimon asarni asliyatdan emas, balki vositachi til (turk tili)dan tarjima qilgani uchun uni Tehron nashri bilan solishtirib chiqqan.

Manbalar

Turkum:2015-yil kitoblari