Christina María Aguilera (; 1980-yil 18-dekabrda tugʻilgan) amerikalik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis, aktrisa va teleboshlovchidir. „Voice of a Generation“ („Avlod ovozi“) deb nom olgan Aguilera 1990-yillarning oxirida teen popni qayta jonlantirishga masʼul boʻlgan artistlardan biri oʻlaroq eʼtirof etildi. Aguilera oʻzining vokal qobiliyatidan jinsiy aloqa, feminizm va oiladagi zoʻravonlik kabi mavzularni muhokama qilish uchun foydalandi. U, shuningdek, tez-tez oʻz imidjini qayta kashf etdi, oʻzining behayo va noanʼanaviy koʻrinishi ortidan tanildi. Uning ashulalari ommaviy axborot vositalarida xush qarshilandi va koʻplab bahslarga sabab boʻldi.

New York shahrida tugʻilib, Pennsylvaniada ulgʻaygan Aguilera faoliyatini ilk bor bolalar aktrisasi oʻlaroq boshladi va 1990-yillarda koʻplab teledasturlarda koʻrinish berdi. 1999-yilda RCA Records studiyasi bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, u aktrisalikdan pop musiqaga oʻtdi va shu yili oʻzining ismi bilan nomlangan albomini chiqardi. Albomdagi uch ashula — „Genie in a Bottle“, „What a Girl Wants“ va „Come On Over Baby (All I Want Is You)“ Billboard Hot 100da birinchi raqamni egallashdi, hatto buning ortidan Aguilera bubblegum pop artisti sifatida tanildi. Aguilera 2002-yilda karyerasini oʻzgartiruvchi albom — Strippedni chiqardi; albomdagi „Dirrty“ ashulasi uchun tasvirga olingan musiqiy video Aguileraning seksualligini kashf etilishi borasida koʻplab bahslarga yoʻl ochdi va bu uni oʻsmirlar idoli imidjini yoʻqotishiga olib keldi. Shunday boʻlsa-da, albomning „Beautiful“, „Fighter“ va „Canʼt Hold Us Down“ singllari koʻplab mamlakatlar musiqiy chartlarida yuqori oʻntalikdan oʻrin oldi hamda Aguilera 2003-yilning eng muvaffaqiyatli ayol artisti oʻlaroq qayd etildi.

thumb|upright|Aguilera ashula ijro etmoqda (Sanremo musiqiy festivali, 2006). Diskografiyasi

Christina Aguilera (1999) Mi Reflejo (2000) My Kind of Christmas (2000) Stripped (2002) Back to Basics (2006) Bionic (2010) Lotus (2012) Liberation (2018) Filmografiyasi 2010: Burlesque 2017: The Emoji Movie 2018: Zoe Turnelari Christina Aguilera in Concert (2000—2001) Justified & Stripped Tour (2003) (Justin Timberlake bilan) The Stripped Tour (2003) Back to Basics Tour (2006—2007) Liberation Tour (2018) The X Tour (2019)

Manbalar

Havolalar

Turkum:1980-yilda tugʻilganlar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik aktrisalar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Amerikalik ovoz aktrisalari Turkum:Amerikalik ayol modellar Turkum:Amerikalik ayol filantroplar Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Amerikalik televideniye aktrisalari Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:Amerikalik ayol qoʻshiqnavislar Turkum:Amerikalik bola qoʻshiqchilar Turkum:Amerikalik ayol pop-qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha musiqachilar