Charlotte Emma Aitchison (; 2-avgust 1992-yilda tugʻilgan) Charli XCX () taxallusi ostida tanilgan ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisidir. Cambridgeda tugʻilib, Essexda oʻsgan Charli XCX 2008-yilda ashulalarini Myspace platformasida joylashtirishni boshlaydi, bu esa uning promouter tomonidan kashf etilishiga olib keldi. 2010-yilda u Asylum Records bilan shartnoma imzoladi hamda 2011- va 2012-yillarda koʻplab singllar va mixtapelar chiqardi.

2012-yilda Charli XCX shved musiqiy guruhi Icona Pop bilan birga ijro etgan „I Love It“ ashulasi ortidan xalqaro miqyosda shuhrat qozondi. Tarona Shimoliy Amerika va Yevropa musiqiy chartlarida yuqori oʻntalikka kirdi. Uning ilk studiyaviy albomi — True Romance 2013-yilda chiqarilib, musiqa tanqidchilari tomonidan ijobiy baholandi, biroq tijorat jihatdan muvaffaqiyatsiz boʻldi. 2014-yilda u amerikalik rapper Iggy Azalea bilan birga ijro etilgan „Fancy“ qoʻshigʻi umumjahon boʻylab ham tijorat, ham tanqidiy jihatdan muvaffaqiyat qozondi, hatto ikkita Grammy Awardga nomzod boʻldi. Shu yili, Charli XCX „Boom Clap“ nomli ashulani ommaga havola etdi. Ashula Billboard Hot 100 chartida top oʻntalikka kirdi va Charli XCXning Hot 100 charti top oʻntaligiga kirgan ilk solosi boʻldi. Ikkinchi studiyaviy albomi boʻlmish Sucker shu yil oxirida chiqarildi. Albomning „Break the Rules“ va „Doing It“ singllari hit ashulalar boʻldi.

2015-yilda Charli XCX PC Music studiyasi produserlari bilan ishlashni boshladi. Uchinchi albomi ustida ishlayotgan bir paytda, u Vroom Vroom (2016) mini-albomi, Number 1 Angel va Pop 2 (ikkalasi ham 2017-yilda chiqarilgan) mixtapelari hamda „After the Afterparty“, „Boys“ va „1999“ ashulalarini chiqardi. Uning uchinchi va toʻrtinchi studiyaviy albomlari — Charli (2019) va How I'm Feeling Now (2020) kengqamrovli maqtovlarga sazovor boʻldi; albomlardan ikkinchisi COVID-19 pandemiyasi lokdaunlari paytida olti hafta ichida yaratilgan. 2021-yilda Charli XCX Jax Jones va Joel Corry bilan birga „Out Out“ ashulasini ijro etdi. U ushbu ashula matni mualliflaridan biri hamdir. Xonandaning beshinchi albomi Crash 2022-yilning martida chiqarildi.

Oʻzining yakkaxon ijodidan tashqari, Charli XCX boshqa koʻplab xonandalarga qoʻshiqlari uchun qoʻshiqnavis oʻlaroq soʻzlar yozgan. Bular sirasiga Iggy Azalea ijrosidagi „Beg for It“ (2014), Selena Gomez ijrosidagi „Same Old Love“ (2015), Blondie ijrosidagi „Tonight“ (2017) va Shawn Mendes bilan Camila Cabello ijrosidagi „Señorita“ (2019) kabi ashulalar kiradi.

thumb|upright|right|Charli XCX 2013-yilda. thumb|upright=0.9|right|Charli XCX Detroida (2014) Diskografiyasi Studiyaviy albomlar 2008 : 14 2013 : True Romance 2015 : Sucker 2019 : Charli 2020 : How I'm Feeling Now 2022 : Crash 2024 : Brat

Mixtapelar 2012 : Heartbreaks and Earthquakes 2012 : Super Ultra 2017 : Number 1 Angel 2017 : Pop 2

Mini-albomlar 2012 : iTunes Festival: London 2012 2016 : Vroom Vroom Turnelar

2014 : Girl Power North America Tour 2015 : Sucker World Tour 2015 : Charli and Jack Do America Tour 2017 : Number 1 Angel Tour 2019 : Charli Tour 2022 : "CRASH" The Live Tour

2011 : The Ting Tings — Show Us Yours Tour 2012 : Azealia Banks — Mermaid Ball 2012 : Coldplay — Mylo Xyloto Tour 2013 : Ellie Goulding — The Halcyon Days Tour 2013 : Marina and the Diamonds — The Lonely Hearts Club Tour 2013 : Paramore — The Self-Titled Tour 2015 : Katy Perry — The Prismatic World Tour 2017 : Halsey — Hopeless Fountain Kingdom World Tour 2017 : Sia — Nostalgic For the Present Tour 2018 : Taylor Swift — Taylor Swiftʼs Reputation Stadium Tour Filmografiyasi

Yil Nom Rol Izohlar 2015 The F-Word and Me Oʻzi Hujjatli film Lost in the North Qisqa hajmli film The 1989 World Tour Live Konsert film 2016 The Angry Birds Movie Willow ovoz bergan 2018 Taylor Swift: Reputation Stadium Tour Oʻzi Konsert film 2019 UglyDolls Kitty ovoz bergan 2021 Alone Together Oʻzi Hujjatli film

Manbalar

Havolalar

Turkum:1992-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ingliz qoʻshiqchilari Turkum:Pop punk Turkum:Ingliz qoʻshiqnavislari Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar