Early Man () 2018-yili ekranlarga chiqarilgan hamda stop motion texnikasi yordamida ishlangan komedik janrdagi animatsion filmdir. Film rejissori Nick Park avval Wallace & Gromit franshizasiga ham rejissorlik qilgan. Ssenariy mualliflari Mark Burton va James Higginson. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Eddie Redmayne, Tom Hiddleston, Maisie Williams va Timothy Spall kirishadi. Film voqealari tosh davrida boʻlib oʻtib, yerlarini bronzadan foydalanadigan bosqinchilardan futbol matchida himoya qilishga majbur boʻlgan ibtidoiy qabila haqida hikoya qiladi. Film umumjahon premyerasi 2018-yil 20-yanvarda BFI Southbank kinoteatrida boʻldi.

Early Man filmi budjeti $50 million boʻlib, umumjahon boʻylab $54 million jamgʻardi. Soundtrack

Mukofotlari

2019 — „Annie“ mukofotiga nomzod 2018 — „British Independent Film Awards“ga erishdi — Eng yaxshi maxsus effektlar 2018 — „Yevropa kinoakademiyasi“ga nomzod — Eng yaxshi multfilm 2018 — „Hollywood Music in Media Awards“ga nomzod — Eng yaxshi tarona 2018 — „Halfway Award“ga nomzod — Eng yaxshi multfilm

Yana qarang Chicken Run Wallace and Gromit Wallace & Gromit: The Curse of the Were-Rabbit Flushed Away The Croods The Croods: A New Age

Manbalar

Havolalar

Turkum:2018-yil filmlari Turkum:2018-yil multfilmlari Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:Buyuk Britaniya animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Sarguzasht filmlar Turkum:Lionsgate filmlari Turkum:Buyuk Britaniya kinokomediyalari Turkum:Fransiya kinokomediyalari Turkum:2018-yil kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar