Tarmoq trafigi yoki Internet trafigi ( ― „harakat“, „yuk aylanmasi“), ― maʼlum vaqt davomida kompyuter tarmogʻi orqali uzatiladigan maʼlumotlar hajmi. Trafik miqdori paketlar, bitlar, baytlar va ulardan hosil boʻlgan kilobayt (KB), megabayt (MB) va boshqalar bilan oʻlchanadi.
Trafik quyidagilarga boʻlinadi:
Chiquvchi (tashqi tarmoqqa kiruvchi maʼlumotlar); Kiruvchi (tashqi tarmoqdan keladigan maʼlumotlar); Ichki (maʼlum bir tarmoq ichida, koʻpincha mahalliy); Tashqi (maʼlum bir tarmoqdan tashqari, koʻpincha — internet -trafik).
Tarmoq trafigini hisoblaydigan dasturlar: TMeter, BWMeter, NetWorx, DU Meter, NetTraffic, NetBalancer.
Internet-trafik manbalari Britaniyaning SimilarWeb kompaniyasi (2015-yil, aprel) tahlilchilarining hisobotiga koʻra, dunyodagi internet-trafikning eng katta hajmi brauzerdan saytlarga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtish (43,4%) hisobiga taʼminlanadi. Ulardan keyingi 27,8% ulush qidiruv tizimlari, boshqa resurslardan keladigan havolalar ulushi qoʻshimcha 21,13% ga teng boʻladi. Ijtimoiy tarmoqlarning ulushi nisbatan kichikroq boʻlib, bu 5,8% ni tashkil qiladi, elektron pochta va turli reklamalardan kelgan kliklar ulushi esa 1 % dan sal koʻproqqa teng keladi .
Mamlakatlar boʻyicha tarmoq trafigi Turli mamlakatlar aholisining Internet-trafik hosil qilishdagi ulushi bir-biridan sezilarli darajada farq qiladi. 2015-yilning aprel oyida SimilarWeb ekspertlari tomonidan eʼlon qilingan reytingga koʻra, AQSH (25,05 %), Buyuk Britaniya (5,51 %) va Rossiya Federatsiyasi (5,05 %) dunyodagi uchta eng yirik internet-trafik generatorlari hisoblanadi. Kuchli oʻntalikka Braziliya (4,4 %), Fransiya (3,9 %), Germaniya (3,5 %), Hindiston (3,4 %), Kanada (3,2 %), Yaponiya (2,6 %) va Turkiya 2,5 %) kiradi. Qayd etish joizki, bir qator global ommaviy internet-resurslardan foydalanishda cheklovlar boʻlgani tufayli XXRdagi internet-trafik koʻrsatkichlari hisobga olinmagan.
Yana qarang
Internet-trafik almashish nuqtasi
Manbalar