Avvakumovka — Rossiyaning Primorye oʻlkasidagi daryo. U Furmanovka (1972-yilgacha Tadagou) va Kazakovskaya (Sin-Kvandagou) daryolari qoʻshilishidan hosil boʻlib, janubi-sharqiy yoʻnalishda oqadi, faqat bir joyda janubga burilib, keyin esa toʻgʻrilanib, avvalgi yoʻnalishiga qaytadi, va shu yoʻnalishda oqib Yapon dengizining „Olga“ koʻrfaziga quyiladi.
1857-yilda rus koʻchmanchilari tomonidan Sankt-Olga koʻrfazini kashf etgan arximandrit Avvakum (Chestny) sharafiga nomlangan. Daryoning xitoycha nomi „Vay-Fudzin“ boʻlib, rus koʻchmanchilari bu nomdan foydalanmagan , bu Rossiya va Xitoy chegarasida joylashgan.
Tavsif Daryoning uzunligi — 67 km, drenaj havzasining maydoni — 3170 km², daryoning quyilish kengligi 770 m, Uning Vasilkovka daryosigacha qadar kengligi 20–25 m, chuqurligi 0,4–0,8 metrni tashkil etadi. 1937-1985-yillar oraligʻidagi kuzatuvlarga koʻra, Vetka qishlogʻi hududida oʻrtacha suv sarfi 16 m³/s ni tashkil qiladi.
Yoz mavsumida uzoq muddatli surunkali yomgʻirlar tufayli suv toshqinlari tez-tez sodir boʻladi. left|thumb|200x200px| Avvakumovka daryosining quyilishi va Olga koʻrfazi sunʼiy yoʻldosh fotosuratida. Vay-Fudzin vodiysining quyi oqimi tabiati juda chiroyli. Oʻng tomondagi qoyalar ajoyib shakllarga ega va odam, qasr, minoralar va boshqaga oʻxshaydi. Chap tomonda toshli tuproqlardan hosil boʻlgan baland ikkiqatli terrasalar choʻzilib, shimolda toqqa qoʻshilib ketadi. .
Avvakumovka daryosi tabiatni muhofaza qilish maqomiga ega, yozda sim, kuzda — keta baliqlari uvildiriq qoʻyish uchun suzib keladi. Kichik hajmdagi ichki yonuv dvigatellari bilan jihozlangan kichik qayiqlar harakatlanishi taqiqlanadi (faqat baliqchilik inspeksiyasining brakonyerlarni taqib qilishi istisno).
Asosiy irmoqlari (masofada)
7,8 km — Arzamazovka daryosi (chap) 9,2 km — Vasilkovka daryosi (oʻng) 32 km — Benevka daryosi (oʻng) 38 km — Forelnaya daryosi (oʻng) 49 km — Vigonka daryosi (chap) 56 km — Xarchenkovaya daryosi (chap)
Galereya
Manbalar
Adabiyot
Turkum:Rossiyadagi daryolar