Fantastik toʻrtlik () 2005-yili katta ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi film boʻlib, film gʻoyasi Marvel Comics nashriyoti tomonidan tushirilgan shu nomli qahramonlar jamoasiga asoslangandir. Film rejissori — Tim Story. Constantin Film, Marvel Enterprises va 1492 Pictures studiyalari tomonidan ishlangan hamda 20th Century Fox tomonidan tarqatilgan. Bosh rollarda, Ioan Gruffudd, Jessica Alba, Chris Evans, Michael Chiklis, Julian McMahon va Kerry Washington.

Ushbu kartina shu paytgacha filmlashtirilgan ikkinchi Fantastik toʻrtlik haqidagi live-action filmdir. Bundan avvalgi film The Fantastic Four (Fantastik toʻrtlik), deb nomlanib, unga Roger Corman rejissorlik qilgan, ammo kinokartina ekran yuzini koʻrmadi. Fantastik toʻrtlik filmi premyerasi AQShda 2005-yil 8-iyulda boʻldi. Tanqidchilar tomonidan aralash baholandi, biroq tijoriy muvaffaqiyatga erishdi. Film sikveli Fantastik toʻrtlik: Kumush syorfer tajovuzi boʻlib, 2007-yilda chiqarildi.

Syujeti

Olim Reed Richards sobiq sinfdoshi Victor von Doomni oʻzining kosmik energiya bilan bogʻliq tajribalarini moliyalashtirishga rozi qiladi. Keyinchalik, von Doomning kosmik stansiyasida fazogir Ben Grimm, tadqiqotchi Sue Storm va uchuvchi Johnny Stormdan iborat ekipaj aʼzolari sirli kosmik boʻronga duchor boʻlishadi. Bu boʻron ularga super-kuchlarni ato etadi. Va ular, keyinchalik, "Fantastik toʻrtlik" deb nomlangan jamoa tuzishib, yovuzga aylangan von Doomga qarshi kurashishadi.

Rollarda Ioan Gruffudd — Reed Richards / Mr. Fantastik Jessica Alba — Sue Storm / Koʻrinmas ayol Chris Evans — Johnny Storm / Olov-odam Michael Chiklis — Ben Grimm / Tosh-odam Julian McMahon — Victor Von Doom / Doktor Doom Hamish Linklater — Leonard Kerry Washington — Alicia Masters Laurie Holden — Debbie McIlvane Kevin McNulty — Jimmy OʻHoolihan Maria Menounos — hamshira Michael Kopsa — Ned Cecil Stan Lee — Willie Lumpkin

Saundtrek

Manbalar

Havolalar

Fantastic Four Marvel.comda

Turkum:2005-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:Superqahramonlar haqidagi AQSh filmlari Turkum:20th Century Fox filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:Tim Story filmlari Turkum:Germaniya ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar