thumb|Frankfurt yashil SOS thumb|Mevsimsel sotuvda Frankfurt yashil SOS uchun bir qator oʻtlar bilan oʻralgan thumb|Frankfurt yashil sosu haykali

Frankfurt yashil sousi ( — nemis oshxonasining yashil souslaridan biri. U smetanaga yetti xil yangi sarxil oʻtlardan tayyorlanadi. Frankfurt yashil sousi sarsabil (asparagus), mol goʻshti va baliq taomlari bilan birga beriladi. Bundan tashqari, dumaloq qilib qaynatilgan tuxum hamda qaytanilgan kartoshka bilan dasturxonga tortiluvchi yashil sousli mavsumiy bahor taomi ham shunday ataladi. Frankfurt- un-Maynning 2016-yildan Yevropa Ittifoqi geografik koʻrsatkichi bilan himoyalangan pazandachilik oʻziga xosligi va milliy taomifrankfurt.de: Zelyoniy sousPredstavitelstvo Yevropeyskoy komissii v Germanii: Zelyoniy sous zaщiщyon na territorii YeS. Frankfurtda har yili anʼanaviy Yashil sous festivali oʻtkaziladi va shaharga yettita yashil issiqxona koʻrinishidagi perspex yodgorligi oʻrnatilgan.

Frankfurt yashil sousining kelib chiqishi aniq maʼlum emas. Ajoyin, ammo asossiz rivoyatga koʻra, Frankfurt yashil sousi J. W. GoetheDie Welt: Frankfurtskiy zelyoniy sousning sevimli taomi boʻlgan va uning onasi Katarina Elizabet Gyotegruene-sosse-festival.de: Legenda o gyotevskom lyubimom blyude tomonidan ixtiro qilingan. Frankfurt yashil sousining retsepti ilk bor 1860-yilda Vilgelmina Ruhrig tomonidan nashr qilingan oshpazlik kitobida eʼlon qilingan. Frankfurtda noommabop boʻlgan yana bir fikrga koʻra, yashil sousni shaharga fransuz gugenotlari olib kelganeffilee.de: Frankfurtskiy zelyoniy sous .

Frankfurt yashil sousini tayyorlash mavsumi Buyuk Payshanba kuni boshlanadi va kuzgacha davom etadibhw.de: Frankfurtskiy zelyoniy sous — veщ poleznaya. Frankfurt yashil sousining umum qabul qilingan yagona retsepti yoʻq, ammo unga qoʻshiladigan masalliqlar Frankfurtning Oberrad tumanida yetishtiriladigan kamidaworldsoffood.de: Retsept: Frankfurtskiy zelyoniy sous yettita oʻtni oʻz ichiga olishi kerak. Bular: bodring oʻt, kervil, kress-salat, petrushka, kichik burnet, otquloq va sibulet piyozi. Bu oʻtlar sogʻliq uchun foydali deb hisoblanadi. Masalan, hodan melanxoliyani davolaydi, kervil metabolizm, moddalar almashinuvini faollashtiradi, otquloq tanani tozalaydi, petrushka uni temir bilan taʼminlaydi. Frankfurt yashil sousi uchun oʻtlar faqat qoʻl bilan tebranuvchi pichoq yordamida maydalanadi, smetanadan tashqari, sousga qaymoq, xantal, tuz, murch va sirka, baʼzan yerqalampir (horseradish) qoʻshiladi. Frankfurt oʻtlar toʻplami yashil sariyogʻ tayyorlash uchun ham mos keladiessen-und-trinken.de: Zelyonoe maslo s travami.

Manbalar

Adabiyotlar

Markina L. G. FRANKFURTER GRÜNSAUCE FRANKFURTSKIY ZYeLYoNIY SOUS // Kultura Germanii: lingvostranovedcheskiy slovar / pod obщey redaksiey prof. N. V. Muravlyovoy. — M.: AST, 2006. — S. 278. — 1181 s. — 3000 ekz. — ISBN 5-17-038383-5.

Erhard Gorys. Frankfurter Sauce // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 158. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.

Havolalar

essen-und-trinken.de: Retsept ) Frankfurt yashil sousi retseptlari Arxivnaya kopiya )