Pishloqli sous — asosan, qattiq pishloq yoki eritilgan pishloqdan tayyorlangan sous. Baʼzan quritilgan pishloq yoki pishloq kukuni ishlatiladiCeligueta Torres, Isabel; Ispen, Richard Ipsen1; Kjær Beck,Tove (2008). „Rheology and Functionality of Cheese Powders“. Annual Transactions of The Nordic Rheology Society. Vol. 16. Retrieved 4 November 2021.. Sousning koʻplab turi bor va turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. Savdoga tayyor pishloq souslari ham suyuq, ham quruq variantlarda ishlab chiqariladi.
Pishloqli sous uchun har xil pishloqlar ishlatiladi. Sous tayyorlash uchun pishloq maydalanadi, suyuq yoki pastasimon ingrediyentlar bilan aralashtiriladi va qizitiladi. Bu eritilgan sariyogʻ, ru, smetana, qaymoq, sut, bulyon boʻlishi mumkin. Shuningdek, beshamelSous beshamel s sirom, mayonez, ketchup kabi boshqa souslar ham boʻlishi mumkinSous sirniy. Sousni quyuqroq qilish uchun kraxmal, un yoki tuxum sarigʻi qoʻshiladi. Pishloqli sousning umumiy tarkibiy qismi tuz, qora va qizil qalampir, zira singari ziravorlar va dorivorlardir. Shuningdek, ukrop, petrushka, kashnich, sarimsoq kabi xushboʻy oshkoʻklar.
Pishloqli sous parranda goʻshti, qoʻziqorin, makaron, toblama ovqatlar uchun tayyorlanadi. Baliq, dengiz mahsulotlari, sabzavotlar, issiq va sovuq yeguliklar, gazaklar uchun ham tayyorlanadi.
Turlari
Alfredo sousi — amerikalik Fetuchini Alfredo sousi Havorang pishloqdan xushxoʻrlashtirgich Karuzo sousi — Janubiy Amerika sousi Chedder sousi Chili kon keso — eritilgan pishloq, chili qalampiri, pomidor va ziravorlardan tayyorlangan amerikacha sous-dip. Qisqichbaqa sousi Morne sousi — fransuzcha beshamel asosidagi sous Pishloqli nachos — Amerika eritilgan pishloqli sousi Almadrok — Oʻrta asr Kataloniya oshxonasining sarimsoq-pishloqli sousi
Foydalanish Pishloqli sous bilan tayyorlanadigan va isteʼmol qilinadigan taomlar:
Kartoshka fri Chizsteyk Fondu Lokshen mit kaese Pishloqli makaron Nachos Tetratsini Pishloqli Uels qovurma nonlari
Manbalar
Boshqa manbalar
Parovarka. Samie zdorovie resepti / Levasheva Ye. Multivarka dlya malishey. 1000 luchshix reseptov Fransuzskiy sirniy sous
Turkum:Souslar Turkum:Oziq-ovqat