thumb| Spagetti muzqaymoq Spagetti muzqaymoq () — vanilli muzqaymoqdan tayyorlangan nemis shirinligi boʻlib, muzqaymoq asosi maxsus pressdan oʻtkazilib, qulupnay sousi va oq shokolad qirindisi bilan bezatiladi. Koʻrinishidan pomidor sousi va parmesan bilan bezatilgan italyan spagettisini yodga soladi. Spagetti muzqaymoq 1969-yilda Germaniyada italyan oshxonasi, xususan italyan muzqaymoq-qahvahonalari rivojining choʻqqisida paydo boʻlgan. Spagetti uslubidagi muzqaymoq shirinligi tezda mashhurlikka erishdi.Kafeda bolalarga spagettili muzqaymoq berishganida, kichkintoylar uni sevimli shirinliklari oʻrniga haqiqiy spagetti keldi deb oʻylab koʻzlari yoshga toʻlganDie Welt: Kak Dario Fontanella morojenoe-spagetti izobryolStern: Chelovek, kotoriy pridumal morojenoe-spagetti. Hozirda Germaniyada spagettili muzqaymoq deyarli urfdan chiqib ulgurdi. U oʻz oʻrnini ekzotik taʼmga ega, olib ketishga qulay stakandagi muzqaymoq turlariga boʻshatib berdiStern: Skoro ne budet morojenogo-spagetti?. 2014-yilda spagettili muzqaymoq kutilmaganda Nyu-Yorkda mashhurlikka erishdiSüddeutsche Zeitung: Morojenoe-spagetti? Eat this!.
Ikki italyan muzqaymoq ishlab chiqaruvchisi bir vaqtning oʻzida retseptning muallifligini daʼvo qilishgan. Ularning hech biri ixtirosini oʻz vaqtida patentlamagan. Eng ishonarli manbalarga koʻra, spagettili muzqaymoq ixtirochisi Mannheimlik muzqaymoq ishlab chiqaruvchining 17 yoshli oʻgʻli Dario Fontanella boʻlib, u otasining kafesida xandon pistali, limonli va qulupnayli muzqaymoqdan italyan trikolorini yasash uchun shpetsle pressidan foydalangan. Lekin unda faqat tez eriydigan koʻp rangli lagʻmon shakli hosil boʻlgan. Keyin Dario pressnimuzlatgichda sovutish fikri paydo boʻladi, otasi spagetti bilan bogʻliq gʻoyani berdiDie Welt: Kak Dario Fontanella morojenoe-spagetti izobryolStern: Blyuda s istoriey: Poyavlenie znamenitoy klassiki, kak, naprimer, boloneze i salat „Tsezar“Frankfurter Allgemeine: Morojenoe jivyot prostotoyHeilbronner Stimme: Po sledam izobretateley morojenogo-spagetti i steklyannix kuxon morojenщikovSüddeutsche Zeitung: Stil jizni so slivkami. Boshqa versiyaga koʻra, yaxna desert spagetti gʻoyasi Neusslik italiyan muzqaymoqchi Eliano Rizzardinida doʻstining pitseriyasida paydo boʻlganRheinische Post: Izobreteno v Noyse: morojenoe-spagettiWestdeutsche Zeitung: A kto ego izobryol?.
Manbalar
Turkum: alifbo tartibida oziq-ovqat Turkum: nemis pishiriqlar Turkum: Germaniyada 1969-yilda paydo bo'lgan Turkum:Muzqaymoqlar