Bangu (; Danpigu () yoki pilor deb ham ataladi) — membranali urib chalinadigan kichik barabanlar turkumiga kiradigan Xitoy xalq musiqa asbobi.
Banguning doira shaklidagi tanasi odatda olti qism yogʻochdan yigʻiladi. Usti buzoq yoki choʻchqa terisi bilan qoplanadi. Uning diametri taxminan 250–300 , balandligi esa 95 atrofida boʻladi. U Xitoy anʼanaviy teatr sanʼati va opera sahnalarida keng qoʻllanadi. Odatda dirijyorning oʻzi chaladi, chunki u orkestr hamda raqqosalarga aniq ritm va urgʻu beradi. Banguni chalayotganda bambukdan yasalgan ikki dona ingichka tayoqcha ishlatiladi.
Manbalar
Adabiyotlar
Havolalar