Artuklu bekligi yoki Artuklular — Mardin, Harput va Hasankeyf hududlarida 1102-1409-yillar orasida hukm surgan ogʻuz turkman bekligi.
Artuklular 1102-yilda janubiy va sharqiy Onadoʻlida tashkil etilgan turk bekligi. Beklik oʻz nomini asoschisi Sökmen Beyning otasi Artuk Beydan olgan. 1086-yili Quddusni egallagan Artuk bey oʻsha yili shu yerda vafot etgan. Keyinchalik Artuklular uchta qismga boʻlinib: Hasankeyf, Mardin va Harputdan boshqarilgan.
Hasankeyfdagi Artuklu bekligiga Artuk Beyning oʻgʻli Sökmen Bey asos solgan boʻlib, markazi dastlab Hasankeyf, soʻngra Diyorbakir boʻlgan. Ushbu beklik 1231-yilda Ayyubiylar davlati tomonidan bosib olingan.
Mardindagi Artuklu bekligining asoschisi İlgazi Beydir. Vaqti-vaqti bilan moʻgʻullar va Koʻniya sultonligiga vassal boʻlgan. 1409-yilda Qora qoʻyunlilar davlati tomonidan bosib olingan.
Harput Artuklu bekligining asoschisi Mardin Artuklularidan Melik İmameddin Ebubekirdir. Ushbu beklik 1224-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Alouddin kayqubod tarafidan bosib olingan.
Artuklulardan qolgan tarixiy obidalardan biri Malabadi koʻprigi boʻlib, u hozirgacha saqlanib qolingan. Malabadi koʻprigi 1147-yilda qurilgan. Tarix 1071-yilda Manzikert jangida Vizantiya imperiyasi magʻlubiyatga uchragandan soʻng, koʻplab turkman qabilalari Vizantiya hududidan tortib olingan yerlar Onadoʻliga koʻchib oʻrnasha boshlaganlar. Alp-Arslon sarkardalari Vizantiya yerlarini bosib olib, mustaqil yoki yarim mustaqil bebliklarni tuzdilar.
Aynan oʻsha vaqtda Onadoʻliga Oʻrta Osiyodan koʻchib borgan oʻgʻuzlarning koʻplab qabilalari singari, duger qabilasi ham joylashdi. Ushbu qabila boshligʻi Artuk Bey boʻlib, Alp-Arslonga xizmat qilgan va Manzikert jangida Vizantiya qoʻshinini yengishda katta hissa qoʻshgan. Qabila qayerdan kelganligini aniq aniqlashning iloji yoʻq, ammo Artukning ajdodlari Qoraqum gʻarbidagi Shexrimon degan shaharda yashagan degan tahminlar mavjud.
Sökmen Bey va İlgazi Bey saljuqiylarga Onadoʻlida yangi hududlarni egallashda yordam berishgan va Hasankeyf, Mardin va Diyorbakirga joylashganlar. Mardin beki Sökmen Bey 1104-yilda Harran jangida xristianlarni magʻlub etdi. İlgazi Bey Mardinda Sökmen Beyning oʻrnini egalladi va 1118-yilda qozi İbnü'l-Aşşabning istagi bilan Halapni egalladi. 1119-yilda Ager Sanguinis jangida xristian davlati Antakya knyazligi İlgazi Bey tarafidan magʻlub etildi.
1121-yilda İlgazi Bey 15,000-20,000 atrofida askarlari bilan Gruziya ustiga hujum boshladi, ammo bu jum muvafaqqiyatsiz yakunlandi. İlgazi Bey 1122-yilda vafot etdi. Keyin beklik taxtiga jiyani Belek Gazi oʻtirdi. Belek Gazi vafotidan soʻng Artuklu bekligi Mardin, Harput va Hasankeyf hududlariga boʻlib, boshqarildi.
Harput bekligi 1224-yilda Koʻniya sultonligi sultoni Alouddin kayqubod tarafidan bosib olindi. Hasankeyf bekligi 1231-yilda Ayyubiylar davlati tomonidan ishgʻol etildi. Mardin bekligi esa yillar davomida Ayyubiylar davlati, Koʻniya sultonligi, Hulokuiylar davlati, Temuriylar imperiyasiga vassal boʻlib, oʻz mustaqilligini maʼlum darajada saqlab qoldi. 1409-yilga kelib beklik Qora qoʻyunlilar davlati tomonidan butunlay tugatildi. Artuklu bekligi beklari thumb|right|Diyorbakir shahar devorlari thumb|right|Mansur Nasreddin Artuk Arslanning bronza dirhami thumb|right|Tasviriy meʼmoriy asar. Turk va islom sanʼati muzeyi, Istanbul Hasankeyf beklari
Müineddevle Sökmen Bey (1098-1104) İbrahim (1104-1109) Rükneddin Davud (1109-1144) Ebulharis Fahreddin Karaaslan (1144-1167) Nureddin Muhammed (1167-1185) Mesud Kutbeddin (1185-1200) Salih Nasreddin Mahmud (1200-1222) Mesud Rükneddin Mevdud (1222-1231)
Harput beklari
İmadeddin Ebubekir (1185-1203) Nizameddin Ebubekir (1203-1223) Nizameddin İbrahim (1223-1224) Şemsüddevle Süleyman (1224) İzzeddin Ahmed (1224-1234)Öztuna, Yılmaz, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara (1996), s.43
Mardin beklari
Necmeddin İlgazi (1104-1122) Hüsameddin Timurtaş (1122-1154) Necmeddin Alpı (1154-1176) Kutbeddin İlgazi (1176-1184) Hüsameddin Yavlak Yörükaslan (1184-1201) Mansur Nasreddin Artuk Arslan (1201-1239) Said Necmeddin Gazi (1239-1260) Muzaffer Ebulfeth Fahreddin Karaaslan (1260-1292) Semseddin Davud (1292-1294) Mansur Necmeddin Gazi (1294-1312) Adil İmadeddin Ali Alpı (1312) Salih Şemseddin (1312-1363) Mansur Ahmed (1363-1367) Salih Mahmud (1367) Muzaffer Davud (1367-1376) Zahir Mecdeddin İsa (1376-1407) Salih Şihabeddin Ahmed (1407-1409)
Halep beklari
İlgazi Bey (1117-1121) Eburebi Bedriddevle Süleyman (1121-1123) Belek Gazi (1123-1124) Timurtaş (1124)* İzzeddin Ahmed (1224-1234)Öztuna, Yılmaz, "Devletler ve Hanedanlar" Cilt:2, Kültür Bakanlığı Yayınları, Ankara (1996), s.43-44
Rasmlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Onadoʻli bekliklari