„Save Your Tears“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning After Hours (2020) nomli toʻrtinchi studiyaviy albomining qoʻshigʻi. Albomning toʻrtinchi va soʻnggi singli sifatida 2020-yil 9-avgust kuni Niderlandiya zamonaviy radiosiga taqdim etildi. Qoʻshiq The Weeknd, Max Martin va Oskar Xolter tomonidan yozilgan va ishlab chiqarilgan. Belly va DaHeala ham ijodkorlar qatorida qayd etilgan.
Qoʻshma Shtatlarda solo versiyasi AQSh Billboard Hot 100 reytingida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. Amerikalik Ariana Grande bilan remiks 2021-yil 23-aprelda chiqarildi va qoʻshiq Hot 100 reytingida birinchi oʻringa chiqdi. Shuningdek, bu After Hoursni 2018-yilgi Drakening Scorpion albomidan keyin Hot 100’da bir albomdan uchta birinchi oʻrinni egallagan qoʻshiqqa ega albomga aylantirdi. Bu qoʻshiq RIAA tomonidan uch marta platina sertifikatini olgan.
„Save Your Tears“ 2021-yilgi eng koʻp sotilgan global singl boʻlib, Xalqaro fonografik sanoat federatsiyasi (IFPI) maʼlumotlariga koʻra, butun dunyo boʻylab 2,15 milliard strimlarga teng miqdorda daromad olgan. „Save Your Tears“ va uning Grande bilan birga remikslari 18 mamlakatda birinchi oʻrinni egalladi va 33 ta mamlakatda birinchi oʻntalikka kirdi. The Weekndning tugʻilgan mamlakati Kanadada, remiks Canadian Hot 100’da birinchi oʻrinni egalladi (qoʻshiq The Weeknd va Ariana Grande uchun oltinchi charttopper boʻldi). Remiks, shuningdek, Billboard Global 200’da birinchi oʻrinni egalladi.
Matn va kompoziitsiyasi Kobalt Music Group tomonidan Musicnotes’da chop etilgan varaqda C majordagi Allegro moderato tempo bilan daqiqasiga 118 zarbli qoʻshiq koʻrsatilgan.
Complex’dan Joyce Ng qoʻshiq ishlab chiqarishini „bir qator yorqin sintlar va mash’um kuylarga ega“ deb taʼrifladi. Qoʻshiqning soʻzlari yurakning parchalanishi haqida va The Weeknd kimningdir yuragini parchalaganini, avvalroq esa „unga nisbatan xuddi shu ish qilinganini“ aytadi.
Taqdirlanishi +"Save Your Tears" uchun mukofotlar va nominatsiyalarYilTashkilotNominatsiyaNatijaMan2021American Music AwardsFavorite Pop Song 2021MTV Millennial Awards BrazilInternational Collaboration 2021MTV Europe Music AwardsBest Collaboration 2021NRJ Music AwardsInternational Collaboration of the Year 2022Billboard Music AwardsTop Global 200 Song Top Global (Excl. US) Song Top Hot 100 Song Top Collaboration Top Streaming Song Top Radio Song
Tijoriy natijalar "Save Your Tears", albom 2020-yil 4-aprelda taqdim etilganida US Billboard Hot 100’da 41-oʻrinda chartga kirib keldi. Qoʻshiq toʻrtinchi oʻringacha chiqdi va albomning uchinchi top-5 likka kira olgan qoʻshigʻiga aylandi. 2021-yil 17-iyun kuni „Save Your Tears“ Qoʻshma Shtatlarda uch million nusxada sotilganligi uchun RIAA tomonidan 3 ta platina sertifikatiga sazovor boʻldi. 24-aprel kuni bu qoʻshiq Billboard Mainstream Top 40 chartida birinchi oʻrinni egalladi va 4 hafta davomida birinchi oʻrinda qoldi. 15-may kuni qoʻshiq Adult Pop Songs chartida birinchi oʻrinni egalladi va 5 hafta davomida birinchi oʻrinda boʻldi.
Kanadada „Save Your Tears“ oʻz albomi chiqarilganidan keyin Hot 100’ga 46-oʻrinda kirib keldi. Singl sifatida chiqarilgandan soʻng, u besh hafta davomida ikkinchi oʻrinni egalladi. Buyuk Britaniyada „Save Your Tears“ UK Singles Chartida 2-oʻringcha chiqdi. Avstraliyada „Save Your Tears“ ARIA Charts’da 3-oʻrinni egalladi.
Jahon miqyosida „Save Your Tears“ 2021-yilgi eng koʻp sotilgan singl boʻlib, Xalqaro fonografik sanoat federatsiyasi (IFPI) maʼlumotlariga koʻra, 2,15 milliard strim ekvivalentida foyda koʻrdi. Bu The Weekndning 2020-yilgi „Blinding Lights“dan keyin, ketma-ket ikkinchi marta bunday natijaga erishishi edi. „Save Your Tears“ 2022-yilning beshinchi eng koʻp sotilgan singli boʻlib, foyda 1,32 milliard strimga teng boʻldi. Trek 1,19 milliard strim bilan 2023-yilgi eng yaxshi sotilgan oʻn uchinchi singlga aylandi.
Musiqiy video "Save Your Tears"ning rasmiy musiqa videosi birinchi marta 2021-yil 4-yanvar kuni The Weeknd tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali eʼlon qilingan. Ertasi kuni esa chiqarilgan. „Prosthetic Renaissance Makeup-FX Studio“ dizayneri Mike Marino plastik jarrohlikka oʻxshash obrazni yaratdi. Jarayon The Weekndning oʻzgartirilgan yuzli umumiy haykalini shakllantirishdan boshlandi, soʻngra protez aʼzolar yaratilgan. Protezning toʻrtta asosiy qismlari yaratildi: har bir lab uchun bittadan, burun, qosh va peshona uchun bittadan, yonoq va iyak uchun bittadan. Ular Weekndning yuziga yopishtirilganidan soʻng, ular yuz bilan birlashib ketishi uchun makyaj ishlatilgan.
Cliqua tomonidan suratga olingan klipda The Weeknd oʻzining qizil kostyum-shimining olmos bilan bezatilgan turini kiygan. Gʻayrioddiy jarrohlik amaliyotini oʻtkazgani uchun yuzida koʻkarishlar, yaralar boʻlmaydi. U hashamatli tungi klubda, rasmiy kiyingan, yuzlariga niqob kiyib olgan odamlar oldida qoʻshiq kuylaydi, bu Stanley Kubrickning soʻnggi filmi – Eyes Wide Shutni eslatadi; ortidagi musiqiy guruh ham niqob kiyib olgan boʻladi. U harakatsiz, jim oʻtirgan insonlar qatoriga kirib, bir kishining shishadagi shampanini ichib yuboradi, qoʻlini boshqa bir kishining boshiga qoʻyadi, keyin u juda goʻzal va niqobsiz qizni koʻrib qolib, uni sahnaga olib chiqadi. Avvaliga ular quvonch bilan raqsga tushishadi, ammo tez orada kamera The Weeknd qurolni orqasida yashirayotganini koʻrsatadi. Chiroqlar oʻchadi va yana yoqilganda, The Weeknd qurolini qizning qoʻllaridan biriga qoʻyib, oʻzining boshiga yoʻnaltiradi. Ayol buni payqab, qichqiradi. Sahna The Weeknd oʻzining boshiga pistoletni tiragan holda yakunlanadi. Qoʻshiq tugagach, tepkini bosadi, ammo quroldan konfetti parchalari otiladi. Yigʻilganlar dastlab qoʻrquvdan, keyin esa hayratdan qarsak chalishadi.
Jonli ijro Qoʻshiqning birinchi jonli ijro etilishi 2020-yil 22-noyabr kuni American Music Awards’da boʻlib oʻtdi, u Los-Anjeles shahrining markazida „In Your Eyes“ning Kenny G bilan remiksi bilan birga ijro etildi. Chiqishda The Weeknd oʻzining After Hours albomi uchun yaratilgan hikoyasini davom ettirish uchun bintlangan holda koʻrinish bergan.
2020-yil avgust oyida qoʻshiq TikTok’dagi virtual konsert: The Weeknd Experienceʼda namoyish etilgan qoʻshiqlar orasida boʻlgan. Bu AR livestreamning yakuniy treki sifatida xizmat qildi. 2021-yil 7-fevral kuni „Save Your Tears“ Tampa shahridagi Raymond James stadionidagi Super Bowl LV halftime show davomida ijro etildi. 2021-yil 11-may kuni The Weeknd Brit Awards’da „Save Your Tears“ni kuyladi, u dengizchilar uslubidagi yomgʻir kiyimini kiyib, chala yoritilgan „quti“ ichida turar, toshqin va chaqmoq ovozlari ham eshitilar edi. Qoʻshiqning oxiriga kelib, u yomgʻir ostida kuylashni tugatish uchun „quti“dan chiqib keladi.
Xodimlar Billboard'dan olingan maʼlumotlar.
The Weeknd – vokal, ishlab chiqarish, dasturlash, klaviaturalar, bass, gitara, baraban Max Martin – ishlab chiqarish, dasturlash, klaviaturalar, bass, gitara, baraban Oscar Holter – ishlab chiqarish, dasturlash, klaviaturalar, bass, gitara, baraban Michael Ilbert – muhandislik Sam Holland – muhandislik Shin Kamiyama – muhandislik Cory Bice – muhandis yordamchisi Jeremy Lertola – muhandis yordamchisi Sean Klein – muhandis yordamchisi Serban Ghenea – miksing Jon Hanes – miksing muhandisi Dave Kutch – mastering Kevin Peterson – mastering
Ariana Grande remix – qoʻshimcha maʼlumotlar
Ariana Grande – vokal, ishlab chiqarish, vokal ishlab chiqarish, muhandislik
Chartlar
Haftalik chartlar + „Save Your Tears“ning haftalik chartlardagi oʻrniChart (2020)Eng yuqorioʻrin Rolling Stone Top 100 4 (IFPI) 19 (Monitor Latino) 9 (Brasil Hot 100) 90 (Monitor Latino) 17 (Eesti Tipp-40) 23 (Billboard) 15 (Monitor Latino) 9 (IFPI) 5 (IMI) 6 (Plötutíðindi) 1 (Media Forest) 1 (RISA) 5 (EHR) 1 (AGATA) 1 (RIM) 1 (Billboard) 1 (Polish Streaming Top 100) 56 (Monitor Latino) 7 (Airplay 100) 5 (Monitor Latino) 7 (Radiomonitor) 1 (RIAS) 1 (SloTop50) 1 (Monitor Latino) 8 (Record Report) 32 (Billboard Vietnam Hot 100) 11 (HRT) 1 Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika (IFPI) 19 (Billboard Japan) 5 (Monitor Latino) 2
Yil yakunlari boʻyicha chartlar + „Save Your Tears“ning 2020-yil yakunlari boʻyicha chartlardagi oʻrni Chart (2020) Oʻrin Niderlandiya (Dutch Top 40) 73
+ „Save Your Tears“ning 2021-yil yakunlari boʻyicha chartlardagi oʻrni Chart (2021) Oʻrin Argentina Airplay (Monitor Latino) 1 Avstraliya (ARIA) 8 Avstriya (Ö3 Austria Top 40) 6 Belgiya (Ultratop Flanders) 1 Belgiya (Ultratop Wallonia) 1 Boliviya (Monitor Latino) 10 Chili (Monitor Latino) 2 MDH (TopHit) 10 Kosta-Rika (Monitor Latino) 25 Xorvatiya (ARC Top 100) 1 Daniya (Tracklisten) 2 Ekvador (Monitor Latino) 25 Salvador (Monitor Latino) 25 Fransiya (SNEP) 6 Germaniya (Official German Charts) 5 Global Singles (IFPI) 1 Gonduras (Monitor Latino) 25 Vengriya (Rádiós Top 40) 3 Vengriya (Single Top 40) 13 Vengriya (Stream Top 40) 9 Irlandiya (IRMA) 5 Italiya (FIMI) 27 Meksika (AMPROFON) 1 Meksika (Monitor Latino) 2 Niderlandiya (Single Top 100) 18 Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ) 16 Norvegiya (VG-lista) 5 Panama (Monitor Latino) 12 Paragvay (Monitor Latino) 68 Polsha (ZPAV) 5 Portugaliya (AFP) 2 Puerto-Riko (Monitor Latino) 10 Rossiya Airplay (TopHit) 19 Ispaniya (PROMUSICAE) 30 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 5 Shveysariya (Schweizer Hitparade) 3 Birlashgan Qirollik Singles (OCC) 4 Urugvay (Monitor Latino) 6 AQSh Adult Contemporary (Billboard) 8 AQSh Adult Top 40 (Billboard) 3 AQSh Dance/Mix Show Airplay (Billboard) 11 AQSh Mainstream Top 40 (Billboard) 3 AQSh Rhythmic (Billboard) 35 Venesuela (Monitor Latino) 25
+"Save Your Tears"ning 2022-yil yakunlari boʻyicha chartlardagi oʻrni Chart (2022) Oʻrin Avstraliya (ARIA) 15 Avstriya (Ö3 Austria Top 40) 41 Belgiya (Ultratop 50 Flanders) 155 Belgiya (Ultratop 50 Wallonia) 165 Daniya (Tracklisten) 35 Fransiya (SNEP) 46 Germaniya (Official German Charts) 51 Global Singles (IFPI) 5 Vengriya (Stream Top 40) 99 Litva (AGATA) 61 Niderlandiya (Single Top 100) 82 Rossiya Airplay (TopHit) 174 Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ) 27 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 44 Shveysariya (Schweizer Hitparade) 21 Birlashgan Qirollik Singles (OCC) 37 Vyetnam (Vietnam Hot 100) 18
+"Save Your Tears"ning 2023-yil yakunlari boʻyicha chartlardagi oʻrni Chart (2023) Oʻrin Avstraliya (ARIA) 32 Daniya (Tracklisten) 86 Global Singles (IFPI) 13 Niderlandiya (Single Top 100) 84 Yangi Zelandiya (Recorded Music NZ) 42 Polsha (Polish Streaming Top 100) 65 Shveysariya (Schweizer Hitparade) 46 Birlashgan Qirollik Singles (OCC) 55
Sertifikatsiya
Chiqarilish tarixi +"Save Your Tears"ning chiqarilish tarixi va formatlariHududSanaFormat(lar)Leybl(lar)Niderlandiya2020-yil 9-avgustContemporary hit radioUniversalRelease date in Netherlands to contemporary hit radio:Fransiya2020-yil 9-oktabrItaliya2020-yil 6-noyabrAQSh2020-yil 24-noyabrRhythmic contemporary2021-yil 11-yanvarHot adult contemporary
Remikslar
OPN remix "Save Your Tears"ning birinchi rasmiy remiksini Oneohtrix Point Never (OPN) yaratdi va „After Hours“ning original deluxe nashriga va After Hours (Remixes) remiks EP ga kiritildi.
Ariana Grande remix
Ariana Grande bilan remiks chiqarilganidan soʻng, „Save Your Tears“ 2021-yil 8-may kungi Billboard Hot 100 reytingining yuqori qismini egalladi. Bundan tashqari, u Billboard Digital Song Sales chartining boshida boʻlib, Grandening sakkizinchi va The Weekndning oltinchi shunday singliga aylandi.
Mukofotlar +"Save Your Tears" uchun mukofotlar va nominatsiyalarYilTashkilotMukofotNatijaMan2021American Music AwardsFavorite Music Video 2021MTV Millennial AwardsGlobal Hit of the Year 2021MTV Video Music AwardsVideo of the Year 2021NRJ Music AwardsInternational Song of the Year 2021UK Music Video AwardsBest Live Video 2022ASCAP Pop Music AwardsWinning Songwriters & Publishers 2022Brit AwardsInternational Song of the Year 2022iHeartRadio Music AwardsBest Music Video 2022iHeartRadio Titanium AwardsBest Music Video