Shokoladdagi salo ― oddiy yoki dudlangan choʻchqa yogʻi, shokolad va sariyogʻdan tayyorlanadigan konfet shaklidagi shokoladli desert. Aniq seziluvchi shoʻr-shirin taʼmga ega. Bundan tashqari, unga turli xil ziravorlar qoʻshish ham mumkin. Odatda, yegulik sharob yoki likyor bilan birga tortiq etiladi.
Tarqalishi Shirinlik Ukraina oshxonasiga xos yegulik hisoblanadi. Uning qachon paydo boʻlgani haqida aniq maʼlumotlar yoʻq, ammo 21-asrning boshlarida mashhurlikka erishgan va tez orada Ukrainada ommaviy madaniyat elementiga aylangan. „Shokoladdagi salo“ shirinligi chakana savdoda kamdan-kam uchraydi. U bilan bir xil nomga ega boʻlgan shokolad batonchalarida choʻchqa yogʻi oʻrniga qaymoq va murabbo ishlatiladi. Choʻchqa yogʻi va shokoladdan tayyorlanuvchi asl shirinliklar Ukrainada va xorijda, xususan Lvov, Kiev, Samara shaharlarida Ukraina milliy oshxonasi muassasalarida tayyorlanadi. Ukrainaga kelgan sayyohlar orasida „Shokoladdagi salo“ga boʻlgan talab katta. „Shokoladdagi salo“ shirinligi Fransiyada oʻtkazilgan Ukraina kunlarida ham taqdim etilgan. Shirinliklar, shuningdek, Lvov shahrida joylashgan dunyodagi yagona salo muzeyida koʻrgazmaga qoʻyilgan.
Tayyorlanishi Shirinlikni tayyorlash uchun klassik retseptda qora shokolad, oddiy yoki dudlangan choʻchqa yogʻi va sariyogʻdan foydalaniladi. Shuningdek, baʼzida yegulikka yoqimli hid va taʼm berish uchun ziravorlar: zanjabil, kardamon, chili qalampiri, qora murch, muskat yongʻogʻi qoʻshiladi.
Salo ingichka toʻrtburchak shaklida kesiladi. Shokolad sariyogʻ va ziravorlar bilan aralashtiriladi. Hosil boʻlgan aralashma qoliplarning yarmigacha solinadi, ustidan salo joylashtirilib, qolip aralashma bilan toʻldiriladi. Qoliplar muzlatgichga joylashtiriladi. 2-24 soatdan keyin shirinlik tayyor boʻladi.
Oʻxshash taomlar
Shokoladdagi bekon (AQSh) — qovurilgan bekonni shokolad qatlami bilan qoplab tayyorlanadigan yegulik.
Yana qarang
Shokoladdagi bekon Salo Shokolad Frityurdagi Mars batonchasi Snikersli salat
Manbalar
Havolalar Видео приготовления десерта «Сало в шоколаде» на телеканале Украина. Рецепт приготовления десерта. Turkum:Desertlar Turkum:Alifbo boʻyicha taomlar Turkum: Ukraina oshxona
Turkum: Pishiriqlar