Butunjahon suv-botqoqlar kuni () ― har yili 2-fevralda butun sayyorada nishonlanadigan xalqaro kundir.

Tarix Butunjahon suv-botqoqlar kuni 1997-yildan beri butun dunyoda nishonlanadi.

Bu kunni nishonlash sanasi tasodifan tanlanmagan: aynan shu kuni, 1971-yil 2-fevralda Eronning Ramsar shahrida (Mozandaron viloyati) „Suv-botqoq yerlar toʻgʻrisidagi konventsiya“ () imzolangan edi. Ushbu hujjat „Ramsar konventsiyasi“nomi bilan mashhur. „Suv-botqoq yerlari toʻgʻrisidagi Konventsiya“ xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq yerlarini (asosan, suv qushlarining yashash joylari) himoya qilish uchun imzolandi.

2006-yil 18-yanvar holatiga koʻra ushbu Konvensiyaning ishtirokchilari 150 ta davlat boʻlgan. Ramsar konvensiyasiga qoʻshilish shartlaridan biri, unga qoʻshilishni istagan mamlakat hududida kamida bitta „Ramsar hududi“ ni yaratishdir. Shunday qilib, Rossiya Federatsiyasida „Ramsar uchastkalari“ federatsiyaning 21 ta sub’ekti hududidagi 35 ta suv-botqoq yerlarini oʻz ichiga oladi, ularning umumiy maydoni oʻn million gektardan ortiq.

Ushbu xalqaro kun tashkilotchilari turli tadbirlarni oʻtkazib, turli mamlakatlar jamoatchiligi va rahbariyatining eʼtiborini suv qushlarining yashash joylariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish va yer sayyorasi ekotizimidagi suv-botqoq yerlarining ahamiyatiga qaratishni maqsad qilib qoʻyganVsemirniy den vodno-bolotnix ugodiy — 2-fevralya. Istoriya i osobennosti prazdnika v proekte Kalendar Prazdnikov 2010.

Yana qarang Jahon suv kuni Jahon okeanlar kuni Jahon dengiz kuni Jahon atrof-muhit kuni Suv-botqoq yerlar Manbalar

Havolalar «Всемирный день водно-болотных угодий» в «Календаре праздников» 2 февраля - Всемирный день водно-болотных угодий (Беларусь) Turkum:Ramsar konventsiyasi Turkum:Suv resurslari Turkum:Botqoqlar Turkum:Ekologik bayramlar Turkum:Xalqaro kunlar Turkum:Dam olish kunlari 2-fevral