Keles tumani — Turkiston viloyatining janubida joylashgan. Maydoni 3,4 ming km2 (viloyatning 2,6 %). 2018-yil 8-iyunda tashkil topgan. Aholisi 145,263 kishi (2022). Tumanning maʼmuriy markazi — Abay qishlogʻi.

Aholisi Tuman aholisi 2022-yilgi maʼlumot boʻyicha 145,263 kishini tashkil qildi. Aholisining oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 42,1 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi — 93 % tashkil qiladi, shuningdek oʻzbeklar, ruslar, tojiklar va boshqa millatlar ham istiqomat qilishadi.

Milliy tarkibi 2022-yil 1-yanvar oyidagi statistikaga koʻra tuman aholisi 145 263 kishi tashkil qildi. Tuman aholisining milliy tarkibi quyidagicha:

Qozoqlar — 134 411 kishi Oʻzbeklar — 7 731 kishi Turklar — 877 kishi Uygʻurlar — 408 kishi Ruslar — 299 kishi Kurdlar — 277 kishi Boshqalar — 1 260 kishi

Maʼmuriy boʻlinishi

№ Qishloq okruglar Markazi Qishloq soni Kentlar soni Qishloq okruglar boʻyicha aholi soni1. Abay Abay 1 17 7002. Aqtoʻbe Juantoʻbe 14 20 6183. Alpomish botir Leninjoʻli 2 46204. Boʻzay Boʻzay 4 21495. Birlesu 28 gvardiyachilar 4 38756. Birlik Birlik 7 51117. Birtilek Shirildaq 13 16 8308. Jambil Bekboʻta 5 32299. Juzimdi Juzimdik 4 349310. Qoʻchqorota Olgʻabas 13 15 85711. Oʻshaqti Oʻshaqti 13 12 18312. Ushqin Ushqin 3 5011 Barchasi: 12 83 110 686

Iqlimi Iqlimi keskin kontinental, qishi iliq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining yillik oʻrtacha harorati −3-9 °C, iyulda 24°-26 °C. Yogʻingarchilikning yillik miqdori gʻarbiy qismida 450 mm, sharqiy qismida 650 mm.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston tumanlari