thumb|400x400px|Shvetsiyada 100 ming aholi nisbatiga hisoblanganda jinoyatlar soni, 1975-2018. (diogramma) Shvetsiyada jinoyat Shvetsiya Jinoyat kodeksi (shvetcha: Brottsbalken), Shvetsiya normativ hujjatlari va boshqa qonunlari bilan belgilanadi. Shvetsiya jinoyatlarning oldini olish milliy kengashining maʼlumotlariga koʻra, Shvetsiyada qayd etilgan jinoyatlar soni 1950-yillardan boshlab oʻlchanib keladi. Ushbu jarayon urushdan keyingi davr boʻyicha boshqa Gʻarb mamlakatlari bilan mos ravishda olib boriladi.
Ular buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin, masalan, statistik maʼlumotlar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar va jinoyatlar haqida xabar berishda jamoatchilikning tayyorligini oshirish kabilar shular jumlasidandir.
Sud jarayonlari thumb|278x278px| Örebrodagi tuman sudi. Shvetsiyada jinoiy ishlarni tuman sudlari koʻrib chiqadi. Jinoyat sodir etilganda, rasmiylar sodir boʻlgan voqeani sinchiklab tekshiradilar. Ushbu jarayon dastlabki tergov, deya nomlanadi va uni politsiya xodimi yoki prokuror boshqaradi. Shvetsiya politsiyasi va prokuraturasi oʻzlariga maʼlum boʻlgan barcha jinoyatlarni roʻyxatga olishlari va jinoiy javobgarlikka tortishlari shart. Prokurorlar sud yoki politsiyaga qaram boʻlmagan va Adliya vazirligi tomonidan boshqarilmaydigan toʻliq mustaqil tashkilot — Shvetsiya Prokuraturasiga bilan birga xizmat olib boruvchi yuridik shaxslardir (vazirlikning har qanday aralashuvi konstitutsiyaga ziddir).
Prokuror jinoyat boʻyicha dastlabki tergovni xolisona olib borishi va unga rahbarlik qilishi, jinoiy javobgarlikka tortish masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilishi, jinoyat ishlari boʻyicha harakatlarni koʻrib chiqish uchun sudga kelishi shartdir. Gumon qilinuvchi shaxslar dastlabki tergov bosqichida ham, sud muhokamasi davomida ham jamoat himoyachisidan foydalanish huquqiga ega. Gumon qilinuvchi prokuror tomonidan toʻplangan materiallarni koʻzdan kechirish huquqiga ega va agar u zarur deb hisoblasa, politsiyadan qoʻshimcha tergov oʻtkazishni soʻrash huquqiga egadir. Ushbu choralarni amalga oshirish mumkinmi yoki yoʻqmi, buni amaldagi tergov boshligʻi hal qiladi.
Oʻta ogʻir boʻlmagan jinoyatlar boʻyicha, agar gumon qilinuvchi jinoyat sodir etganligini tan olsa va unga qanday jazo tayinlanishi aniq boʻlsa, prokuror yengillashtirilgan jazo tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqni eʼlon qilishi mumkin. Tugallanmagan dastlabki tergov prokurorning shaxsni jinoyat uchun jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisida qaror qabul qilishiga olib kelishi mumkin. Bu tuman sudida sud jarayoni boʻlishini anglatadi. Sudlangan shaxs, prokuror va jinoyatda jabrlanuvchi tuman sudining hukmi ustidan apellyatsiya sudiga shikoyat qilish huqiqga egadirlar.
Jinoiy sud tizimiga ishonch SCS 2013 soʻrovida qatnashgan oʻn nafar respondentdan olti nafari, umuman olganda, jinoiy adliya tizimiga yuqori darajada ishonchlari borligini taʼkidlashgan. Politsiya ham, xuddi shunday, yuqori darajadagi ishonchga egadir. Jinoyat qurbonlarining yarmidan koʻprogʻi (57 %) soʻrovda qatnashganlarning politsiyadagi tajribasi, umuman olganda, ijobiy ekanligini hamda deyarli, har yettitadan biri salbiy tajriba ekanligini bildirib oʻtishgan.
Korrupsiya Global indekslar natijalariga koʻra, Shvetsiyada korrupsiya darajasi juda past. Shvetsiyadagi huquqiy va institutsional baza korrupsiyaga qarshi kurashda samarali hisoblanadi. Davlat organlari esa yuqori darajadagi shaffoflik, halollik va javobgarlik bilan ajralib turadi.
Jinoyat statistikasi right|thumb|400x400px|Shvetsiyada 1976-yildan 2016-yilgacha boʻlgan oʻgʻirlik, jinsiy zoʻravonliklar, tovlamachilik va qotillik boʻyicha qayd etilgan jinoyatlar boʻyicha har 100 000 aholi nisbatiga solishtirish grafigi. Shvetsiya 1950-yilda milliy jinoyatlar statistikasini qayd qilishni boshlaydi. Jinoyatlarni qayd etish usuli 1960-yillarning oʻrtalariga (Shvetsiya politsiyasi jinoyatlar statistikasi uchun yangi tartib-qoidalarni joriy etgunga) qadar, asosan, oʻzgarishsiz qolib kelgan. Bu esa jinoyatning tarixiy oʻsishiga qisman tushuntirish sifatida taqdim etiladi. 1974-yilda Shvetsiya Jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi (shvetcha: Brottsförebyggande ràdet) rasmiy statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish va jinoyatchilik boʻyicha bilimlarni ulashish vazifasi yuklangan davlat organiga aylanadi. 1990-yillarning boshida jinoyatlar toʻgʻrisida xabar berishning yangicha tizimi joriy etiladi. Bu esa nazorat qilishning tezkor boʻlishini anglatardi. Ushbu qaror natijasi xabar qilingan jinoyatlar sonining qoʻshimcha oʻsishiga olib kelgan.
2017-yil yanvar oyida Löfven kabineti parlament aʼzosi Staffan Danielssonning jinoyatchining milliy yoki immigratsion kelib chiqishi boʻyicha BRÅ statistik maʼlumotlarini yangilash toʻgʻrisidagi iltimosini rad etadi.
Shvetsiya Jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi tomonidan 2013-yilda oʻtkazilgan Shvetsiyada Jinoyatchilik Soʻroviga (ShJS) koʻra, jinoyatga taʼsir qilish darajasi 2005-yildan 2013-yilgacha pasaygan. 2014-yildan beri Shvetsiya jinoyatchilikning oldini olish milliy kengashi hisobotlari, 2016-yilgi SCS maʼlumotlariga koʻra, ayrim toifadagi jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, baʼzi mulkiy jinoyatlar va jinsiy huquqbuzarliklarga duchor boʻlish koʻpayganligini qayd etiladi. Doʻq-poʻpisa, taʼqib, tajovuz va talonchilik ostida boʻlgan jinoyatlar 2018-yil davomida oʻsishda davom etadi. Jinsiy huquqbuzarliklar haqidagi xabarlarning koʻpayishi, qisman, ragʻbatlantirish kampaniyalari bilan bogʻliqdir. Shu boisdan, jinsiy zoʻravonlik jinoyatining huquqiy taʼrifini kengaytirgan qonunlarga kiritilgan oʻzgartirishlar bilan birgalikda hisobot berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Firibgarlik va mulkka yetkazilgan zarar (avtomobil oʻgʻirlashdan tashqari) koʻrsatkichlari 2014-2016-yillar davomida deyarli oʻzgarmas boʻlgan. Bu kabi jinoiy toifalar boʻyicha qayd etilgan jinoyatlar soni bir biridan farq qiladi. Xabar qilingan jinsiy huquqbuzarliklar soni 2016-yilgi ShJS dagi raqamlarni aniq aks ettiradi va avtomobil bilan bogʻliq zararlar/oʻgʻirliklar ham oʻrganilib chiqiladi. 2013-yilgacha sudlanganlar soni, aholi sonining oʻsishiga qaramay, 300 000 atrofida (2000-yillarda 110 000 dan 130 000 gacha boʻlgan) ham 1970-yildan beri pasayishda boʻlgan.
Xalqaro taqqoslash Rasmiy jinoyat statistik maʼlumotlariga (yaʼni, „jinoyat toʻgʻrisida hisobot“) asoslangan mamlakatlar oʻrtasidagi taqqoslash ehtiyotkor boʻlishni talab etadi. Chunki bunday statistika turli mamlakatlarda turlicha ishlab chiqailadi. Qayd etilgan jinoyatlar soniga huquqiy va moddiy omillar ham taʼsir koʻrsatadi. Masalan:
Shvetsiya zoʻravonlik jinoyatlari uchun keng qamrovli jinoyatlarni hisoblash tizimini qoʻllaydi. Yaʼni bir xil jinoyat bir necha marta qayd etilishi mumkin, masalan, turmush oʻrtogʻi tomonidan tajovvuzga uchrash yoki guruh boʻlib zoʻrlash holatlarida. Koʻpgina boshqa mamlakatlar hisoblashning cheklovchi usullaridan foydalanadilar. Shvetsiyada jinoyat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrib chiqilayotgan huquqbuzarlik haqida birinchi xabar berilganda yigʻiladi. Eʼlon qilingan jinoyatlar statistikasida ushbu tasnif, hattoki, keyingi tekshiruvlar hech qanday jinoyat sodir eilmaganligini koʻrsatganda ham, saqlab qolinadi. Shvetsiya politsiyasi va prokuraturasi oʻzlariga maʼlum boʻlgan barcha jinoyatlarni roʻyxatga olishlari va jinoiy javobgarlikka tortishlari shart. Bu huquqbuzarliklarni tasniflash protsessual kelishuv asosida kelishib olinadigan tizimlarga qaraganda jinoyatlarning tezkor ravishda roʻyxatga olinishiga olib keladi. Jinoyat haqida xabar berishga tayyorlik ham statistikaga taʼsir qiladi Yuqori darajadagi ishonch va jamoatchilik oldida yaxshi obroʻga ega boʻlgan politsiya kuchlari va sud tizimi obroʻsizlangan, qoʻrquv yoki ishonchsizlik uygʻotadigan politsiya kuchlariga qaraganda jinoyat haqida xabar berishga koʻproq moyil boʻladi.
Katta miqyosdagi jabrlanuvchilar oʻrtasidagi soʻrovlar maʼlum bir mamlakatda jinoyatchilik darajasining ishonchli koʻrsatkichi sifatida taqdim etilgan.
Jinoyat tendentsiyalari 2018-yilga kelib, uzoq vaqtdan beri zaif hududlarning oʻziga xos xususiyati boʻlgan toʻda zoʻravonliklari kengroq jamiyatga tarqala boshlaydi. Ushbu hududlarda kasalxona xodimlari tez yordam xonalarida qurolli toʻqnashuvlar haqida, maktab maʼmurlari esa qurolli tahdidlar tez-tez uchrashi haqida xabar berishardi.
2020-yildagi jinoyat statistikasi shuni koʻrsatdiki, oʻtgan olti yil ichida otishma va portlashlar bilan bogʻliq toʻda zoʻravonlik hodisalarida 12 kishi halok boʻlgan va 19 kishi yaralangan.
Yevropa Ittifoqining daromadlar va yashash sharoitlari statistikasi (EU-SILC) EU-SILC soʻroviga koʻra, Shvetsiya Yevropadagi eng yuqori darajada aholi yashaydigan hududda jinoyat, zoʻravonlik yoki vandalizm bilan bogʻliq muammolarga duch kelgan mamlakatlardan biri deya topiladi. Soʻrovda respondentlar oʻzlari yashaydigan hududda muammoga duch keladimi yoki yoʻqmi degan savol oʻrtaga tashlangan. 2017-yilda 13 % aholi oʻzlari yashayotgan joyda zoʻravonlik, jinoyatchilik yoki vandalizm bilan bogʻliq muammolarga duch kelganliklarini taʼkidlashgan. Boshqa shimoliy mamlakatlar — Norvegiya 4 %, Daniya 8 % va Finlandiya 6 % bilan eng past ulushga ega boʻlgan davlatlar qatoriga kirishadi.
Boshqa Yevropa mamlakatlaridagi tendensiya teskari ravishda Shvetsiyada 2010-2017-yillar oraligʻida 2 foizga oʻsish kuzatilgan boʻlsa, Yevropa Ittifoqida oʻrtacha koʻrsatkich 3 foizga pasaygan. Shvetsiya, Germaniya va Litvadan tashqari Yevropa Ittifoqining barcha mamlakatlarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan.
Yechimi muommali boʻlgan jinoyatlar hududning aholi zichligi bilan farqlanadi. Yevropa Ittifoqida yirik shaharlar qishloqqa qaraganda uch baravar koʻpdir. Shvetsiya maʼlumotlari aholi kam yashaydigan joylarda ham jinoyat koʻrsatkichlarini yuqori baholagan.
Shvetsiyada jinoyatchilik tadqiqotlari Shvetsiya Jinoyat Soʻrovi (ShJS) (shvetcha: Nationella trygghetsundersökningen) — bu Brå tashkiloti tomonidan 2005-yildan buyon jabrlanuvchilar oʻrtasida jinoyatdan qoʻrqish va aholining adliya tizimiga boʻlgan ishonchiga boʻlgan munosabatini yillik miqdori bilan oʻtkazadigan takroriy soʻrov boʻlib,15 000 ga yaqin respondentlarni oʻz ichiga qamrab oladi.
Shaxsga qarshi jinoyatlar ShJS 2013 maʼlumotlariga koʻra, shaxsga qarshi jinoyatlarga duchor boʻlish darajasi 2005-yildan beri biroz kamaygan (13,1 % dan 11,4 % ga). Ushbu toifadagi jinoyatlarga hujum, tahdid, jinsiy huquqbuzarlik, talonchilik, firibgarlik yoki tazyiq kiradi. ShJS 2016da huquqbuzarliklarga duchor boʻlish darajasi 2005-yilgacha boʻlgan darajaga koʻtarildi, soʻrovda qatnashganlarning 13,3 foizi yuqorida aytib oʻtilgan jinoyatlarning bir yoki bir nechta qurboni boʻlganliklarini bildirishgan.
Soʻrovda qatnashganlarning har toʻrtdan biri (26 %) 2015-yilda ushbu jinoyatlarni boshdan kechirgani haqida xabar bergan.
Hujum jinoyati Xabar qilingan hujumlar soni ortib borayotgan boʻlsa-da, jinoyat qurbonlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlar shuni koʻrsatadiki, oʻsishning katta qismi haqiqatda koʻproq jinoyatlar qayd etilganligi bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. 2013-yilgi ShJS maʼlumotlariga koʻra, tajovuz qurboni boʻlganini bildirganlarning nisbati asta-sekin kamaya boshlagan (2005-yildagi 2,7 foizdan 2012-yilda 1,9 foizgacha). Hujum qurboni boʻlishdan xavotirda boʻlganlar soni ham shu asnoda kamaygan deya bahonaladi (2006-yildagi 15 foizdan 2013-yilda 10 foizgacha). Bu koʻrsatkichlar tibbiy xizmatlar hujum yoki ogʻir zoʻravonlik jinoyati natijasida yaralangan bemorlarning oʻzgarmagan darajasi haqida xabar berish bilan qoʻllab-quvvatlanadi. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, politsiya notanishlar oʻrtasida hujum qilish haqidagi xabarlarni shaxsan oʻzi boshlashi ehtimoli koʻproq. Bu esa hujum bilan bogʻliq boʻlgan holatlarning koʻpayishiga yordam beradi.