„Xayolim senda“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 1998-yil chiqarilgan. Guruh solisti Tohir Sodiqov yakkaxon chiqishlarida „Xayolim senda“ qoʻshigʻini tez-tez ijro etib turadi. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham Sodiqov yozgan.

„Xayolim senda“ qoʻshigʻi „Bolalar“ repertuaridagi eng keng tanilgan qoʻshiqlarning biridir. Guruh konsertlarini aynan shu qoʻshiq bilan yakunlash anʼanaga aylangan. Ashulani bir necha qoʻshiqchi, jumladan, Jasur Gʻoipov kaver qilgan.

„Xayolim senda“ qoʻshigʻida butun fikr-u xayoli suyukli yorida boʻlgan oshiq haqida kuylanadi. Qoʻshiq lya-major tonalligida yozilgan. Yakuniy naqarot esa bir ton yuqori, yaʼni si-major tonalligida.

Izohlar

Manbalar

Havolalar

Turkum:Bolalar guruhi qoʻshiqlari Turkum:1998-yil qoʻshiqlari Turkum:Oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar